February 2, 2025

Darkness 11-qism 🩶

Jungkookning jahli shu qadar o‘zgacha edi. Uning ko‘zlari qonga to‘lgan, yuragi esa faqat bitta narsa uchun urayotgan edi: YNni qaytarish. U odamlarini to‘plab mototsiklidan tushdi. Namjoonni hashamatli uyiga bostirib kirishdan oldin ularning har biri qurollarini tekshirib olishdi.

Jk: Hech kimni tirik qoldirmang. Har bir burchakni tekshiring. Uni topmagunimizcha bu joyni tark etmaymiz.

Bu so‘zlar bilan Jungkookning odamlari darvozaga bostirib kirishdi. Namjoonning qo‘riqchilari qarshilik ko‘rsatishga ulgurmay o‘q yegancha yiqilishdi. Ovoz o‘chirgich taqilgan to‘pponchalar atrofni jimjit saqlardi, faqat tanalar birin-ketin yerga qulardi.

Jungkook uyning markaziy zaliga kirdi va ko‘rsatkich barmog‘ini silkib buyruq berdi:

Jk: Har bir xona, har bir yashirin burchak tintuv qilinsin. Namjoon ham, YN ham topilishi kerak!

Odamlar uy ichida tarqalishdi. Bir guruhi yerto‘lani tekshirishga tushdi, boshqalari esa yotoqxonalar va yashirin xonalarni. Jungkook esa zinadan yuqoriga ko‘tarilib, katta eshikli yotoqxonaga kirdi. Ichkarida qimmatbaho mebellar, devorlarga osilgan san’at asarlari bor edi. Lekin Jungkookga bu narsalarning ahamiyati yo‘q edi. U faqat bitta narsani qidirdi: YN. Jungkook yana atrofni kuzatarkan YN bilan Namjooning to'yida tushgan rasmlari osilganini ko'rdi. YNni oq libosda boshqasini yonida turgani unga juda alam qildi. Ham alam ham jahl hislari Jungkookda mujassam bo'ldi. Jungkook yana xonalarga kirdi.

Biroq xona bo‘m-bo‘sh edi. Jungkook lablarini tishlab, g‘azab bilan bir stulni tepib yubordi. "Qayerda u?" Odamlari joy-joyidan o‘tib, xonalarni tekshirayotganini eshitib turardi. Nihoyat, ularning biri shoshilib kelib, Jungkookning oldida to‘xtadi.

“Janob, bu yerda hech kim yo‘q… YN ham, Namjoon ham. Go‘yo oldindan tayyorlangandek, uy bo‘m-bo‘sh.”

Jungkookning yuragi tez urib ketdi.

Jk: Nahotki kechikdim?

U mushtini mahkam tugib, ichidagi jahldan titray boshladi.

Jk: Namjoon qayerga olib ketdi YNni? U hali tirikmi?

Bu savollar uni aqldan ozdirayotgandi.

Jungkookning jag‘lari qattiq qisilgan, qo‘llari esa musht bo‘lib tugilgan edi. Bu uy – Namjoon va YNning to‘yi o‘tgan joy – unga jirkanch tuyulardi. Hozir bu joyni faqat bir narsa qilishni xohlayotgandi: yo‘q qilish.

U atrofga qattiq nigoh tashlab odamlarini bir nuqtaga to‘pladi.

Jk: Shunday qilingki bu uy yonib lavaga aylansin. Hatto kuli ham qolmasin. Barchasini yo'q qiling.

Odamlari unga so‘zsiz bo‘ysundi. Kimdir benzin olib keldi, kimdir esa allaqachon uy ichiga o‘t qo‘yayotgan edi. Tabiiyki, bir necha daqiqa ichida olov butun uyni qamrab oldi.

Jungkook esa uy yonayotgani tomoshasini xotirjam kuzatardi. Olov uning nigohida g‘azabi aks etayotgan alangaga o‘xshardi.

Yong‘in tobora avj olarkan, u shunchaki mototsiklini yoqib, boshqa manzilga qarab harakat qildi. Orqasida esa yonayotgan o‘t va kulga aylanayotgan xotiralar qoldi.

Jungkook YNni dardida shu ishlar bilan band ekan buyoqda Namjoon xotirjam o'ziga tegishli kasalxonada YNga bo'tqa ichirish bilan band edi

Namjoon YNning yonida stulga yonboshlagancha unga boqib turardi. U qo‘lidagi bo‘tqani qoshiq bilan aralashtirib qo‘ydi va muloyim ohangda gapira boshladi:

Rm: Hayotim, seni qanchalik yaxshi ko‘rib, qizg‘onishimni bilasan, shundaymi? Lekin o‘sha kuni yonimdan qochib ketib, boshqaning qo‘yniga borganingni o‘zi hazm bo‘lmayapti.

U bo‘tqani stolga qo‘ydi va sekin YNning qulog‘iga yaqinlashdi. Keyin jag‘idan qattiq ushladi. Bu YNga ancha og‘riq berayotgan edi lekin u qarshilik ko‘rsatishga ham ojiz edi.

Rm: Eng qizig‘i nimada bilasanmi? Men sening tuzalishingni istamayroq turibman. Mana shunday oyoq-qo‘llaringni ishlata olmay, menga butkul muhtoj bo‘lib, uyimda faqat shiftga qarab yotsang... Bu g‘oya menga juda yoqib ketyapti. Seni ortiq rashk qilishim ham kerak emas. Seni o‘zim kiyintiraman, o‘zim yuvintiraman, o‘zim ovqatlantiraman.

Namjoonning nigohi g‘ayritabiiy yaltirab turardi. U YNning titrab ketayotganini ko‘rib lablarini qiyshaytirib kuldi.

Namjoon YNning jag‘ini qattiqroq siqdi va yuzini unga yaqinlashtirdi. Ko‘zlari g‘azab va telbalik aralash yaltirab turardi.

Rm: Endi faqat meniki bo‘lasan, YN. Faqat meniki.

U buni shunchalik ishonch bilan aytdiki, go‘yo bu haqiqat allaqachon qaror topgandek. Keyin esa kutilmaganda telbalarcha qahqaha otib kulib yubordi. Bu kulgu xonani titratib yuborgandek tuyuldi.

Uning kulgusi qo‘rqinchli edi. U quvonayotgani yo‘q, u g‘azabdan, ichidagi eng qora niyatlaridan zavqlanayotgandek edi.

Rm: Fikrga qarang! Seni ortiq rashk qilishim shart emas. Seni hech kim mendan tortib ololmaydi. Meni aslo alday olmaysan. Menga hiylalar qilolmaysan.Hammasi men xohlaganimdek davom etadi. Sen butkul menga bog‘liq bo‘lasan.

U qo‘lidagi qoshiqni yana oldi va bo‘tqani YNning labiga yaqinlashtirdi.

Rm: Yegin, azizam. Seni kuchsiz ammo tirik holatda sevaman.

YN bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek zo‘rg‘a nafas olayotgan edi. U hozir qimirlay olmasa ham ich-ichidan bunday hayotga rozi bo‘lmasligini bilardi. Namjoon esa uning ko‘zlariga sinchkovlik bilan boqib, qoniqish bilan jilmaydi.

Namjoonning yuzidan telbalik o‘qilib turardi. YN esa qo‘rquv ichida bir necha bor bosh chayqadi, ammo bu Namjoonni yanada jahl otiga mindirdi.

Rm: Men senga buni ye dedim, a?!

YN lablarini qattiq qisdi ammo Namjoon bunday itoatsizlikka toqat qilmasdi. U shafqatsizlarcha qoshiqni YNning og‘ziga tiqa boshladi. Bo‘tqa YNni tomog‘iga tiqilib nafas olishini qiyinlashtirdi. YN ko‘zlarini katta ochib chayqaldi, ammo tanasi unga itoat etmasdi.

Rm: Axir men seni yaxshi ko‘raman YN! Men sen uchun eng yaxshilarini istayman. Nega bunchalik qarshilik qilasan, a?

Bo‘tqa tomog‘iga tiqilib qolayotganidan YNning ko‘zlaridan yosh sizib chiqdi. Nafas olishi og‘irlashdi. Uning butun vujudini qo‘rquv qamrab oldi. Namjoon esa bo‘yin egmaganligi uchun undan yanada battarroq zavq olayotgandek edi.

Biroq YN birdan yo‘tala boshladi. Namjoon esa unga istehzo bilan tikildi va qoshiqni stolga tashlab lablarini burdi.

Rm: Bo‘g‘ilishingni istamayman. Yashash uchun ovqatlanishing kerak, azizam.

U YNning yonidan turib, stol ustidagi ho‘l salfetkadan oldi va uning lablaridan bo‘tqani asta artdi.

Rm: O‘zing yeganingda yaxshiroq bo‘lar edi.

dedi-da, sochiqni stolga tashlab, xonadan chiqib ketdi.

YN og‘ir nafas olar ekan, ko‘zlaridan yosh to‘xtamasdi. U bilardi – bu shunchaki boshlanishi edi.

Namjoon palatadan chiqishi bilan oldidan hovliqib kelayotgan Taehyungni ko‘rib hayron bo‘ldi. Taehyungning yuzida tashvish aralash jiddiylik aks etardi.

— Hyung! — ovozi dag‘-dag‘ titradi Taehyungning. — Sening uying… Yonib kul bo‘layapti!

Namjoonning yuragi bir lahzaga urishdan to'xtadi. U Taehyungning ko‘zlariga ishonqiramay tikildi.

Rm: Nima deding?!

Th: Hamma narsa yonib ketayapti! Gangster degan mafiya boshlig'i odamlarini boshlab borib hamma narsani vayron qilmoqda!

Namjoonning mushtlari qisilgancha titray boshladi.

Rm: Gangster?! U kim ekan? Bu o'sha meni rafiqamga ko'z olaytirgan lanatimi?!?!?

Unga uyining yonish yonmasligini aslida ahamiyati yo'q. Shunchaki bu uy unga YN bilan ajoyib xotiralarini eslatib turardi. YN bilan eng baxtli lahzalarini. Endi esa hammasi yo‘q bo‘layotgan edi. Ammo undan ham battari… bu Jungkookning unga ochiq urush e’lon qilganidan darak edi.

Rm: Qayerdasan lanati gangster!!! Menga yuzingni ko'rsat!! Kettik Taehyung! Yoongini ham chaqir. U endi biz bilan. U bizga yordam berdi. Shunday ekan qochib yurmastan bizga qo'shilsin.

Th: Lekin qayerga?

Namjoon ko‘zlarini qisdi.

Rm: Uni yo‘q qilishga.

YN shiftga tikilgancha o‘z hayotini yodga oldi. Hozirgi ayanchli kunlari qachondir boshlangani aniq edi. Balki hammasi bolaligidayoq boshlangan, u hayotning shafqatsiz tomonlarini o‘sha paytdayoq ko‘rgan edi…

Ota-onasi ajrashgan kunni yaxshi eslardi. O‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgan edi. U divanda o‘tirib, ota-onasining janjalini eshitib turgandi. Onasi yig‘lab otasiga qichqirar, otasi esa unga baqirib javob qaytarardi. Keyin birdan jimlik cho‘kdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach otasi chamadonini ko‘tarib chiqib ketdi. Onasi esa o‘tirgan joyida qotib qolgandi.

Shundan keyin hammasi o‘zgardi.

Oradan 2 oy ham o'tmay YN otasi boshqa bir ayol bilan turmush qurdi lekin YN haqida umuman o‘ylamadi. Qizi qanday yashayotgani, nima yeb, nima ichayotgani unga qiziq emasdi. YN hamon otasi bir kun kelib uni bag‘riga bosib, "kechir" deb aytishini kutardi… Lekin bu kutish befoyda edi.

Oradan ikki yil o‘tgach, onasi ham boshqa erkakka turmushga chiqdi. O‘shandan keyin YN o‘z uyida ham begona bo‘lib qoldi. O‘gay otasi unga mehr bermas, aksincha, onasi bilan yolg‘iz qolish uchun uni yo‘qdek ko‘rardi. YNga tinmay zulm qilardi. Uni urardi. YN butunlay yolg‘iz qolgandi.

Hozirgi ahvoli o‘sha vaqtga juda o‘xshardi. U yana yolg‘iz edi. U yana hech kimga kerak emas edi. Faqat bitta farqi bor edi—hozir hech bo'lmaganda o'zini o'zi eplay oladi.

Ko‘z oldiga yana Namjoon keldi. Uning qo‘rqinchli nigohlari, qahrli kulgisi… Keyin Jungkook… U-chi? U YNga Chaewon bilan xiyonat qildimi?

YN lablarini qattiq tishladi. Yo‘q, u yana bolaligidagi kabi ojiz bo‘lib qolmaydi. Hech kim uni boshqara olmaydi. YN o'tmishini yodga olib ko'z yoshlarini tiyolmadi.

Onasi ham asta sekin YNni chetga chiqarishni boshladi. YNni onasi yangi topgan eri bilan shu qadar baxtli ediki undan boshqasi ko'ziga ko'rinmay qoldi. YN ham katta bo'lgani sari hamma narsani tushunib o'ziga o'zi g'amxo'rlik qilishni boshladi. Boshida YN ofitsant bo'lib ishlay boshladi. Boshida hammasi yaxshi ketayotgandi. Oradan ozmuncha vaqt o'tib kafe egasi YNni xonasiga chaqirdi va uni yoqtirib qolganini u bilan uchrashishni xohlayotganini aytdi. YN esa unga hech qanday javob qaytarmadi buni o'ylab ko'rishini aytdi. YN uyiga avtobusda ketarkan o'zini otasi onasini kambag'al hayotiga nazar soldi. YN ular kabi bo'lib qolishni istamasdi. O'yladi......Kafe egasi kelishgan, chiroyli, boy yigit. Agar u bilan uchrashsa bemalol undan pul undirishi va ishlamay mazza qilib yashashi mumkin. YNni ayyor bo'lib pulga o'ch bo'lishining hammasi shundan boshlangandi....

YN o'tmishini eslarkan Jungkook bilan qanday tanishgan paytlari esiga tushdi. YN mototsikl minadigan yigitlarga judayam qiziqardi. Unga mototsiklda yigiti bilan birga sayr qilish orzu edi.
Mototsikl minadigan yigitlar YN uchun erkinlik va sarguzasht timsoli edi.

O‘sha kun YN uchun oddiy kunlardan biri edi. U qahva olib, ko‘cha bo‘ylab yurarkan, ko‘ngli allanechuk bo‘shliqni his qildi. Yuragi shunchaki hayajon izlayotganday edi.

YN endigina qahvaxonadan chiqqanida yonidan Jungkook mototsiklda shlemida o'tib ketdi. Jungkookni yuzi shlem sabab ko'rinmadi lekin mototsikl unga shu darajada yarashgan edi. YN undan ko'zini uzmay qarab qoldi. Jungkook esa uni payqamadi. YN uni ancha uzoqlashguniga qadar kuzatib turdi. Shu ularning birinchi uchrashuvi edi hatto Jungkook buni bilmagan bo'lsa ham.

Oradan ancha vaqt o'tdi. YN har doimgidek o‘zining sevimli qahvaxonasida o‘tirar, shirin ta’mdan bahra olar ekan, tinchgina shisha ortidan ko‘chani kuzatardi. U bugun hech qanday maxsus narsani kutmayotgandi, ammo hayot unga kutilmagan uchrashuvni taqdim etishga shay edi.

Ko‘chaning osudaligini motor gumburlashi buzdi. O‘sha yuragini g‘alati hislar bilan to‘ldiradigan mototsikl ovozi yana eshitildi. YN bexos unga qarab qoldi. Qora charm kurtka, qo‘llaridagi qo‘lqoplar va shlem ostida sirli yigit. Bu safar u uzoqlashmadi. Mototsikl qahvaxona yonida to‘xtadi. Yigit asta shlemini yecharkan, YN ko‘zlarini undan uzolmay qoldi.

Jungkook yuzidagi beparvo ifoda bilan ichkariga kirdi. Uning harakati tabiiy va ishonchli edi, xuddi bu dunyoda hech narsa uni bezovta qilolmaydigandek. YN yuragi shiddat bilan ura boshladi. Bu yigitda qandaydir sehr bor edi, unga qarashning o‘zi YNni aqldan ozdirayotgandi.

U imkoniyatni boy bermaslikka qaror qildi. Qahvasini qo‘liga oldi-da, o‘zini ishonchli ko‘rsatishga harakat qilib Jungkook tomon yurdi. Jungkook aynan shu payt buyurtmasini olib ortiga burilgan edi. YN yetib kelgan payt u sezmay qoldi va tasodifan uni turtib yubordi.

Hammasi bir zumda sodir bo‘ldi. YNning qo‘lidagi issiq qahva to‘kildi, oyoqlari sirg‘alib, u polga yiqildi. Ko‘kragiga qahva sachradi, atrofdagilar bir lahza hayratda qotib qolishdi.

Jungkook yuzidagi xotirjam ifoda bir zumda yo‘qoldi. U YNning oldiga tiz cho‘kib jiddiy ohangda so‘radi:

Jk: Hammasi joyidami?

YN ko‘kragini achishtirayotgan issiqlikka qaramay, ko‘zlarini unga tikdi. Bu tasodifmi yoki taqdirning o‘ziga xos hazilimidi, bilmasdi. Ammo shunisi aniq edi YN taqdir o'yinlariga qarshi kurasha oladigan kuchli qiz.

YN Jungkookni etiborini o'ziga tortish maqsadida go'yoki qahva to'kilgandek ko'ylagini ko'krak qismidagi tugmalarini asta yechdi. Tugmalar yechilgandan keyin YNni ko'kraklari Jungkookga yaqqol ko'rinardi. YNga yordam berish uchun egilgan Jungkookning ko'zlari beixtiyor uni ko'kraklariga tushdi va bir on tanasi muzlagandek bo'ldi.

Jungkook tezda o'zini o'nglab xayollarini yig'ishtirib oldida sekin YNni o‘rnidan turishiga yordam berdi.

Jk: Ehtiyot bo‘lish kerak, go‘zalim. Endi kiyimingiz ham qahvaga belanib bo‘ldi.

YN kiyimining old qismi qahva rangiga bulg'anib bo'lgandi. Jungkook esa unga tikilib turardi, ko‘zlarida yengil qiziqish ko‘rindi.

Jk: Yangi kiyim kerak bo‘ladi. Yana yuvinib olishingiz ham kerak. Yuring sizni uyimga olib boraman. Axir bu meni aybim bilan bo'ldi.

YN dastlab ikkilanib qoldi. U Jungkookning shunchalik bemalol taklif qilayotganidan hayron edi. Ammo bir tarafdan, bu yigit bilan yana ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlardi.

YN: Bilmadim… Bu noqulay bo‘lmaydimi?

Jungkook kulib kalitlarini silkitib qo‘ydi.

Jk: Men bilan sayr qilish hech qachon noqulay va zerikarli bo'lmaydi!

U mototsiklini ishga tushirdi. YN unga tikilib qoldi. Uning harakati, ovozi, hattoki jilmayishi ham jozibador edi. Bir necha soniyadan so‘ng, YN sekin unga yaqinlashdi va mototsiklga mindi.

Jungkook shlemni YNning boshiga kiydirib qo‘ydi-da, orqaga o‘g‘rilib, "Belimdan mahkam ushlang." deb shivirladi.

YN yuragi shiddat bilan urayotganini his qilib, qo‘llarini Jungkookning beliga mahkam o‘radi. Mototsikl shiddat bilan oldinga qarab harakatlana boshladi…

Jungkook YN uchun hali uni sevgilisi bo'lmasada orzusiga erishgandi. Yani mototsiklda yigiti bilan sayr qilish. Jungkook mototsiklni shu darajada mahorat bilan haydardiki chiqqan odamni qaytib tushgisi kelmay qoladi. Nihoyat 15 daqiqalik yo'ldan so'ng ular Jungkookning uyiga yetib kelishdi

Jungkook YNni kichik bir kvartirasiga taklif qildi. Uy top tozza lekin juda kichik va eskiroq edi.

YN: Bu yerda o'zingiz yashaysizmi?

Jk: ha. Mana shu meni kulbam. Bir o'zim yashayman. Bemalol ichkariga kiravering.

YN uyga qarab Jungkook unchalik ham boy emasligini anglagandi. YN uyga kirganidan keyin Jungkook eshikni qulfladi

YN bu uyda Jungkook bilan nimalar sodir bo'lishi mumkinligi haqida biroz xayol surib qoldi.....

Uni xayollarini orqasiga tekkan qo'llar buzib yubordi.........