February 8, 2025

Darkness 12-qism 🩶

YN xayol surib atrofni kuzatar ekan, birdan Jungkookning iliq qo‘li beliga tegdi. Bu kutilmagan teginish uni hayollaridan chalg‘itdi.

U beixtiyor orqaga burildi. Jungkook esa unga yaqin turgan holda yengil kulimsirab tikilib turardi.

Jungkook (yumshoq ovozda): Boshqa kiyim kerak dedik-ku, shunday emasmi?

YN uning nigohidan qochishga urindi lekin yuragi yana shiddat bilan urayotganini his qildi. Jungkook asta oldinga egilib, qahva dog‘lari tushgan kiyimiga qaradi.

Jungkook: Bu garderobimdagi eng kichik o'lchamdagi kiyimim. Hozircha shuni kiyib turing. Men boshqa kiyimlar buyurtirdim.

U hech qanday bezovtalik sezmay bemalol ohangda gapirardi. Ammo YN uning nigohidagi yashirin qiziqishni his qildi. U lablarini tishlab bir qadam orqaga chekindi.

YN: Yangi kiyimlar shart emas. Kiyimlarimni yuvib quritib olsam bo'ladi.

Jungkook unga yaqinroq turib yelkasini yengil silkitdi.

Jungkook (ko‘z qisib): Yaxshi lekin xohlasangiz men yordam bera olaman.

YN uni gapidan hayratlandi lekin hech narsa demadi. Shunchaki ko'ylakni Jungkookni qo'lidan oldi. YN Jungkookning ko‘ylagini qo‘liga oldi-da hammom tomon yo‘l oldi. U eshikni yopib ko‘zguga qaradi. O‘zini oldindan biroz noqulay his qilayotgan bo‘lsa-da hozir ko‘ylagini iflos holda qoldirishdan ko‘ra, yechib olish to‘g‘riroq bo‘lib tuyuldi.

Suvning shovqini butun xona bo‘ylab tarqaldi. Jungkook esa o‘sha shovqinni eshitarkan beixtiyor xayolga cho‘mib ketdi. YNning hozir qanday turishini, uning nozik harakatlarini tasavvur qilib yubordi. Ammo birdan o‘zini bosishga harakat qilib chuqur nafas oldi va boshini sarak-sarak qildi.

Jungkook (o‘ziga o‘zi): bu nima ahvol?!

U o‘zini boshqa narsa bilan chalg‘itmoqchi bo‘lib, qo‘llarini sochlari orasidan o‘tkazdi. Yana bir bor chuqur nafas olib, divanga tashlandi. Biroq suv shovqini butunlay jimjitlikni buzib xayollarini yana tarqatuvchi bir melodiyaga aylanib borayotgandi...

Jungkook sabrini sinovdan o‘tkazayotgan shovqinni eshitmaslik uchun televizorni yoqdi. Lekin bu ham yordam bermadi. U beixtiyor hammom eshigiga qarab qo‘yardi. O‘sha tomondan chiqayotgan har qanday tovush uni o‘ziga tortardi.

Bir muddat o‘tgach, hammom eshigi asta ochildi. YN ho‘l sochlari yelkasiga yoyilgan holda, Jungkookning ko‘ylagini kiyib oldiga chiqdi. Ko‘ylak unga ancha kattaroq kelgani sabab, YNning nozik qomati yanada mayin ko‘rinardi.

Jungkook nigohlarini pastga tushirib, o‘zini xotirjam tutishga harakat qildi. Lekin bu juda mushkul edi. YN esa unga beg‘am qarab turardi, go‘yo hech qanday muammo yo‘qdek.

Jungkook hech narsa demadi, shunchaki bir lahza uni kuzatdi. So‘ng, yuziga kulgi yugurtirib, o‘rnidan turdi.

Jungkook: Mayli, keling uzur so'rash maqsadida sizni mototsiklda shaharni aylantirib kelaman

Jungkook YNga yaqinroq keldi.

Jungkook: Men sizni mototsiklda aylantirishim kerak. Axir bugun bunchalik omadsiz boshlangan bo‘lsa ham, kechasi yaxshi yakunlanishi kerak-ku, shunday emasmi?

YN bu taklifni kutmagandi. Lekin ich-ichidan bunga rozi bo‘lib ulgurgandi. Chunki u mototsiklda yurishni uzoq yillar orzu qilgan ammo bunga hech qachon jur’at etmagan edi. Jungkook esa unga imkoniyat berayotgan edi…

YN va Jungkook sevgisi aynan shunday boshlangandi. Jungkook xakkerlik va shunga o'xshash noqonuniy yo'llar orqali katta pul topardi lekin bundan YNni xabari yo'q edi. Jungkook hamma pullarini YNni uchratmaguncha shunchaki bank hisobida yig'ardi. Lekin YN hayotida paydo bo'lgach Jungkookda ham orzular paydo bo'la boshladi.

Jungkook uchun hayot oldingidek emasdi. YN paydo bo‘lgach, uning dunyosi o‘zgardi. Ilgari faqat pulllarini shunchaki bank hisobida yiqqan bo'lsa endi u YNning orzularini ro‘yobga chiqarishni istardi. YN dabdabali hayotga qiziqishini hech qachon yashirmasdi. U qasrdek uy, hashamatli avtomobillar va dunyodagi eng chiroyli taqinchoqlarga ega bo‘lishni xohlardi.

Jungkook uni chin dildan sevardi. Ammo YNga bularni halol yo‘l bilan olib bera olmasligini yaxshi bilardi. Shu sabab, u xavfliroq ishlarni qilishga tayyor edi. Avvallari faqat xakkerlik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endi katta pullarni aylantiradigan noqonuniy sxemalarga ham qo‘l urdi.

Kunlar o‘tib, u endi nafaqat pul yuvish bilan, balki yirik noqonuniy kelishuvlar bilan ham shug‘ullana boshladi. O‘ziga yangi sheriklar topdi, ular orqali harakat qildi. U har doim YNning ko‘zlariga qaraganida, o‘zini oq yo‘lda ketayotgandek his qilardi. Chunki u shunchaki biror narsaga qiziqib emas, balki sevgan ayoli uchun harakat qilayotgan edi.

Jungkook yashirincha juda ko'p boylikka ega edi. Lekin YN uni oddiy yigit deb o'ylardi. Jungkook endigina YN xohlagan qasrni sotib olib YNga sovg'a qilaman degan paytida katta muammo bo'lib qamoqqa tushib qoladi.

YN shiftga tikilgancha o‘z xotiralari girdobida aylanardi.

O‘sha paytda hammasi boshqacha edi. Hayot shunchalik beg‘ubor va orzular bilan to‘la edi. YN o‘sha paytlarda faqat sevgi va hayajon haqida o‘ylardi. U Jungkook bilan ilk uchrashuvlarini, mototsikl ovozini, beparvo kulgilarini esladi. Lekin bilmagan bir narsasi bor edi — Jungkook yashirin pullar va noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanar, katta xavf ostida yashardi. U qanchalar chiroyli va mukammal bo‘lmasin, YN uning asl yuzini hali tanimagan edi.

Lekin qismat uni faqat Jungkook bilan bog‘lab qo‘ymagandi. Namjoon.

Bu ismni eslaganida yuragi g‘ash bo‘ldi. O‘zi ham bilmay, qanday qilib bu inson hayotiga kirib kelganini o‘yladi. Ularning taqdiri qanday qilib o‘zaro kesishdi? Nega u bugun shunday qismat bilan yuzlashishi kerak? Namjoon hamisha o‘zini qattiqqo‘l, sovuqqon va mukammal nazorat ostidagi odam sifatida ko‘rsatardi. Lekin uning ichida nimalar bor edi?

YNning hayoti go‘yo yo‘ldan chiqib ketdi. O‘tmishining har bir parchasi uning hozirgi ahvoliga yetaklab kelganini tushunib yetayotgandi. Lekin endi bularning ortga yo‘li yo‘q edi.

Namjoon YNni birinchi marta ko‘rgan kunini aniq eslardi. Bu tasodif emas edi.

U doimo vaziyatni nazorat qilardi, hamma narsani oldindan bilardi lekin YN uni rejasiz harakat qilishga majbur qilgan yagona odam bo‘ldi.

O‘sha kuni Namjoon odatdagidek katta shisha derazali restoranda muhim uchrashuv o‘tkazayotgan edi. Oppoq ko‘ylagi, bilagida qimmat soati va oldida joylashgan hujjatlar... U doimgidek sovuqqon va o‘ziga ishongan edi. Ammo o‘sha lahzada hammasi o‘zgardi.

Namjoon oldidagi hujjatlarga ko‘z yugurtirarkan, buyurtma qilgan qahvasining hanuz kelmaganini sezdi. Ko‘zlarini qisib, atrofga qaradi. Bu joy odatda shunchalik sust ishlarmidi?

Jahli chiqib, stul suyanchig‘iga suyanarkan, ofitsantni chaqirdi:

Rm: Qahvam qayerda?

Shu payt nozik, lekin ishonchli ovoz eshitildi:

YN: Kechirasiz, janob. Hozir olib boraman.

Namjoon asta boshini ko‘tardi va... ko‘zlari YN bilan to‘qnashdi.

Namjoon yoniga kelayotgan afitsant qizga jahl qilishni xohlagandi lekin qarshisida farishtadek qiz turardi. Oq ko‘ylak, qora yubka, chiroyli terib o‘rilgan sochlar. Ammo eng qiziq tomoni, uning ko‘zlaridagi qandaydir isyon. Bu qiz xuddi bu joyga tegishli emasdek edi. Qiz afitsantlik qilish uchun juda juda chiroyli va bejirim edi.

YN stolga qahva qo‘yarkan, beixtiyor tabassum qildi:

YN: Qahvangiz, janob. Siz uchun shaxsan men tayyorladim.

Namjoon unga qiziqib qaradi:

Rm: Demak, maxsus qahva?

YN bosh irg‘adi.

YN: Ha, lekin ehtiyot bo‘ling. Uning ichida…

Namjoon nigohini qahvadan uzmay, savol nazari bilan unga qaradi.

Rm: Nima bor?

YN past ovozda, sirli iljayib pichirladi:

YN: … o‘zim yoqtirmagan mijozlarga alohida “syurpriz” bor.

Namjoon kulib yubordi.

Rm: Xavotir olmasam ham bo‘ladimi?

YN kulib yelka qisdi:

YN: Bilmadim. Ta’bimga yoqdingizmi yoki yo‘q — buni faqat siz tatib ko‘rgach bilasiz.

Namjoon qahvani bir qultum ichib, YNga tikildi.

Rm: Juda qiziq. Endi menga yoqganmisan yoki yo‘q, buni faqat men bilaman.

YN kulib yubordi.

YN: Demak, hozircha men ham sir ichida qoldim.

Namjoon unga qiziqib qararkan, YNning hazilkashligi va bemalol gapirishi unga yoqib tushgandi. U atrofida ko‘pchilik hurmat bilan gapiradigan, kamtar, jiddiy odamlarga o‘rgangan edi. Ammo bu qiz… U bilan suhbat yengil, lekin qandaydir jozibali edi.

— Xo‘sh, — dedi Namjoon qahvasidan yana bir qultum olib, — agar menga yoqmagan bo‘lsang, endi nima bo‘ladi?

YN yelka qisdi.

YN: Balki yana bir necha stakan qahva buyurtma qilish kerakdir. Balki, men sizga yoqib qolgunimcha.

Namjoon ichida kuldi. Bu qiz oddiy ofitsant emas. U faqat ishini bajarayotgan emasdi — u suhbatni nazorat qilar, qoidalarni o‘zi belgilardi. Bu esa Namjoonni yanada qiziqtirardi.

Rm: Qiziq taklif. Balki men aynan shuning uchun har kuni shu restoranga kelarman…

YN uning ko‘zlariga qarab, jilmaydi.

— Unda men sizga eng yaxshi qahvani tayyorlayman, janob. Lekin ehtiyot bo‘ling… ayrim lazzatlar o'ziga juda o'rgatib qo'yishi mumkin.

Namjoon ichida "Shunchaki qahvami?" deb o‘yladi. Chunki u bu qizga endi oddiy qahva uchun emas, balki boshqa sabab bilan kelishini sezgandi.

Ularning birinchi uchrashuvi mana shunday bo'lgandi. Lekin u paytda allaqachon YNda Jungkook bilan sevgi munosabatlari bor edi.

Namjoon YN bilan o‘sha birinchi uchrashuvdan keyin, xayoliga faqat o‘sha qiz kelardi. Uning tabassumi, ohangdor ovozi, beg‘am hazillari—hammasi juda yoqimli edi.

Ammo qidiruv natijalari unga yoqmaydigan faktni ochib berdi. YNning yigit bor edi.

Namjoon shundoq ham yuragida g‘alati tuyg‘ular kechayotganini his qilgan lekin bu yangilik hammasini tubdan o‘zgartirdi. U bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek his qildi. G‘azab, hafsalasi pir bo‘lish, rashk barchasi bir-biriga qo‘shildi.

U bir necha soniya qotib qoldi. Jungkook… Kim u? Namjoon izlanishni davom ettirdi. Ijtimoiy tarmoqlar, odamlar bilan suhbat, kerakli joylarga qo‘ng‘iroqlar—ular haqida hamma narsani bilmoqchi edi.

Natijalar esa uni hayratda qoldirdi. Jungkook haqiqatan ham oddiy yigitga o‘xshardi. Biror katta biznesi yoki yuqori mavqei yo‘q. Lekin Namjoon bu qizni bunday oddiy yigit bilan tasavvur qila olmasdi. U nimasi bilan YNni o‘ziga bog‘lagan?

Namjoon qizdan kechish o'rniga uni yigitini yo'q qilish payiga tushadi

Namjoon YNni bir necha hafta davomida kuzatdi. Uning harakatlarini, odatlarini, hatto o‘zi yoqtiradigan narsalarni ham o‘rganib chiqdi. U shunchaki qizni orzu qilish bilan cheklanmoqchi emasdi—YN unga tegishli bo‘lishi kerak edi.

O‘z niyatini amalga oshirish uchun eng yaxshi yo‘l bu uni yonida ushlash edi. Shu sabab Namjoon YNga kutilmaganda qimmatli taklif bilan chiqdi.

Rm: YN, men senga kompaniyamda yuqori lavozim taklif qilmoqchiman. Albatta, bu hozirgi ishingdan ancha farq qiladi lekin men sendan ko‘ra ishonchliroq odamni topa olmayman.

Bu YN uchun juda katta imkoniyat edi lekin nega aynan unga?

YN: Men bu sohadan yiroqman-ku, Namjoon…

Rm: Hech qisi yo‘q, men senga hamma narsani o‘rgataman. Ishonchim komil, sen bu lavozimga loyiqsan.

Namjoon ochiqchasiga ko‘rsatmasa ham, u bu qadam orqali YNning hayotiga chuqurroq kirib borayotganini yaxshi bilardi. Endi u qizning har bir qadami haqida xabardor bo‘ladi.

Lekin Jungkook bu orada YN uchun qasr tayyorlayotgan edi. U qasr sotib olgan va YNga ajoyib sovg‘a berish niyatida edi.

Namjoon esa o‘z rejasini allaqachon boshlagan edi. Jungkookni yo‘q qilish va YNni butunlay o‘ziga qaratish. Buning uchun u eng ishonchli qotillaridan birini yolladi. Maqsad oddiy edi. Jungkook sovg‘a qilish uchun qasrga kelgan kuni u butunlay yo‘q qilinishi kerak.

Qotil Jungkookga hujum qilganida, Jungkook shafqatsizlarcha kurashdi. Natijada o‘ldirildi lekin bu Jungkook emas, balki o‘zining o‘lim hukmini imzolagan qotil edi.

Jungkook entikkancha yerda turgan jasadga qarab qo‘llarini siqdi. Uning ko‘zlarida na qo‘rquv, na hayrat bor edi. Faqat g‘azab va qasos istagi.

Lekin shu payt politsiya kelib qoldi.

Hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi. Qotilning jasadi, Jungkookning qonli qo‘llari—bu manzara uni qotil sifatida ko‘rsatish uchun yetarlicha dalil edi.

Jungkookni hibsga olishdi.

YN o'z xotiralarini eslab shunchaki jimgina yotardi. Namjoon esa Taehyung va Yoongini olib yonayotgan uyiga bordi. Uyni ko'rgan Namjooning g'azabi xuddi shu uydek alangalanib yonayotgandi. Jungkook esa odamlarini jo'natgach o'zi ortga qaytdi. Chunki bilardiki Namjoon uyini yonayotganini eshitsa albatta keladi. Jungkook kelganida Namjoon Yoongi bilan turardi. Jungkook mototsiklidan tushdi.

Jk: NAMJOON!?!?! MENI YNNIM QANI? UNI QAYERGA YASHIRDING

Rm: s...sssssen?!?!?!