Still with you 21-qism🎀
Eujin Taehyungni ko'rgach uni yoniga borib qo'lidan ushlab yig'lay boshladi
E: aka.....meni kechiring. Bularni sizga ayta olmadim. Chunki u meni o'ldiraman deb tahdid qildi. Shu uyga ko'chib kelganimizdan beri menga tegajog'lik qilib keladi. Agar kimgadir aytsam sizni ham meni ham o'ldirishini aytib qo'rqitardi. U hatto meni majburlab zo'rlagan. Homilador bo'lganimdan keyin bolani oldirasan deb turib oldi. Qarshilik qilganimda meni o'ldirishga urindi keyin bolani oldirishga majbur bo'ldim. Aslida bu uyga oilamizni olib kelganidan maqsad mendan doimiy ravishda foydalanish ekanligini aytdi. Sizni ham nimadirlar qilib o'ziga avrab olgan akajon😭
Eujin shu darajada rolga kirishib yig'lab o'zining hikoyasini aytib berarkan, ko'z yoshlari va gaplaridan xuddi u nochorlardek ko'rinardi. Hatto bunga Jungkookni o'zi ishonib qolishiga oz qoldi
Jk: s-s-sen nimalar deyapsan?!?!?!
Jk: unga ishonma Taehyung, gaplarining birortasi ham rost emas
Taehyung shu darajada g'azablanganidan kelib Jungkookga qattiq musht tushurdi. Jungkookning hozirgi eng katta qo'rquvi Taehyung Eujinni hiylasiga ilinib qolmasligi edi
*E: nihoyat rejam ish bergan ko'rinadi. Lanati Jungkook sendan mana shunday qastimni olaman*
Jk: T-t-taehyung meni eshit.....
Th: seni yetarlicha eshtib bo'ldim. Shu darajada ham axmoq bo'lamanmiya hamma gaplaringga laqmadek ishonib senga suyanib o'tiribman. Odamni asl basharasini barbir bilib bo'lmas ekanda
Taehyung Jungkookdan shu darajada g'azablanardiki hatto shu yerning o'zida uni nimadir qilib qo'yishi mumkin edi. Lekin u o'zini bosib singlisini qo'lini ushlab olib keta boshladi Jungkook esa tinmay unga qarshilik qilardi
Jk: ketma Taehyung meni eshtib ko'r axir. Hammasini noto'g'ri tushunding. Aslida singling......
Th: singlimni boshiga shuncha ishlarni solib yana uyalmastan hamma aybni uni bo'yniga ilyabsanmi. Yo'qol ko'zimdan iltimos Jungkook!!
Taehyung singlisini olib ketib qoldi Jungkook qancha harakat qilmasin befoyda ketdi. Jungkookni boshi qotib qoldi. O'zini oqlash aqalli sababi ham yo'q edi. U yerga o'tirgancha qattiq o'ylanib qoldi
Taehyung esa Eujinni quchoqlab kechirim so'radi. Uyga kirgach ota onasiga tayyorlanishlarini ortiq bu yerda yashamasliklarini aytib chiqdi. Kim oilasi ko'chish uchun tayyorlanardi. Taehyung esa yuklarni olib ketish uchun maxsus yuk moshinasini chaqirdi. Bogumga telefon qilib vaqtinchalik uni uyida yashab turishni so'radi. Bogum ham jon deb bunga rozi bo'ldi
oradan bir soatcha vaqt o'tgach Jungkook o'ziga kelib olib so'ngra xonasi derazasidan qaraganini biladi Taehyung ota onasi bilan ko'chib ketayotganini ko'rdi va shokka tushdi chunki u bu darajagacha keladi Deb o'ylamagan edi
Jungkook oyog'ini qo'lga olgancha shoshilib chiqib Taehyungni to'xtatdi
Jk: sen bilan gaplashib olmagunimcha hech qayerga ketmaysan!!!
Jk: sen bizni noto'g'ri tushunding. Qiz bolaga ayb to'nkash niyatida emasman lekin sen singlingni aslida qanday ekanligini bilmaysan. Men qo'limni uchini ham tekkizmaganman unga. Eshityabsanmi? Shuncha gapni o'zini oqlab meni qoralab o'rtamizdagi munosabatlarimizni buzish edi aslida uni niyati. Uyimga kelganidan beri menga sevgi izhor qiladi. Shunchaki Seni singling bo'lgani uchun unga hech qanday qarshi chora ko'rmadim. Iltimos ishon menga
Th: bo'ldimi? hammasi shumi? gaping tugadimi?
Th: gaping tugagan bo'lsa yo'limdan qoch. Sen bilan o'rtamizda hammasi tugadi. Qaytib umuman meni bezovta qilma. Ortiq yuzingni ko'rishni istamayman. Hammasi shu joyda tugadi!!
Jungkookning ko'zlari yoshga to'lib ichida dunyolar qulayotganini his qilib joyida jim qotdi. Lekin ko'z yoshlarini tashqariga chiqishiga imkon bermadi. Taehyung esa emotsiyasiz shu gaplarni aytdida munosabatlarni uzgan holda butunlayiga Jungkookni tark etdi
Jungkook Taeni so'zlaridan unga umuman ishonmaganini va ishonishni istamaganini allaqachon sezib ulgurgan edi
Taehyung allaqachon boshqa ishga joylashgan edi. Jungkook har kuni uni yoniga borardi. Lekin Taehyung undan uzoq muddat qochib yurdi
Yoongi nega birdan ular ayrilganini sababini hech ham bila olmadi chunki Jungkook unga hech narsani aytmasdi. Har kuni siqilganidan barga borib bo'kkunicha ichardi va uyga Yoongi uni olib kelardi
Jungkook faqat ichkilik ichardi ertasi kuni tongda tinmay qayt qilardi. Hatto ishtahasi ham yo'qolgandi
Jungkook hatto kompaniya bilan ham ishi bo'lmay tashlab qo'ydi. Kompaniya ishlari bo'yicha hozircha Jungwon shug'ullanayotgandi
Yoongi ularni yarashtirish uchun Jimin bilan reja tuzishdi. Qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi lekin Taehyungda xohish yo'q edi
Taehyung har kuni har soat har daqiqa Jungkook bilan o'tqizgan xotiralarini eslab uni judayam qumsardi uni sog'inardi lekin qilgan ishini o'ylab sevgidan ko'ra ko'proq nafrat uni yuragini egallab oldi
Eujin esa hech narsa bo'lmagandek baxtli yurardi. Bu yoqda Jungkook va Taehyungni ahvolini umuman o'ylamadi. Ular ko'chishganidan beri Taehyung biror marta kulgani yo'q. Hech narsaga qiziqishi qolmagandi