May 7, 2025

Babysitter 2

1-QISM

Koʻzimga tushgan quyosh nuridanmi yo har tong boʻladigan shovqindanmi choʻchib uygʻonaman. Chuqur chuqur nafas yutar ekanman shishgan qornimni ehtiyotlab yotoq boshiga suyanaman. Ayni dam menga keskin harakat mumkin emas. Shu sababdan sekingina qoʻzgʻalaman. Meni uygʻotgan shovqin ovozi endi yaqqol eshitila boshlaydi va yotoqxona eshigi ochilib boʻyi ancha choʻzilib qolgan toychogʻim kirib keladi. Mening uygʻonganimga guvoh boʻlib tezlikda lekin ehtiyotkorlikni yoʻqotmay bagʻrimga singib kiradi.

-Yana urushdingizmi?, - deyman uning sochlaridan silab

-Uning oʻzi menga baqiryapdi Fiosh

Oʻgʻlim bilan yashayotganimga bir yildan oshayotgan boʻlsada meni hamon erkalab "Fiosh" deydi. Otasi bilan ham shu borada koʻp tortishib qolishadi.
Endi menga tanish erkak ovozi eshigimiz oldida jarang sochadi.

-Hoy yaramas, - erim asabiylik bilan lablarini hoʻllab gapiradi, - erta tongdagi harhashangni deb onangni ham uxlatmayapsan. Qanaqa takasaltang bolw boʻlding a?

-Tae iltimos azizim, - deyman yalingan nigohda tikilib

-Iltimos dema menga azizam, iltimos dema, - deb qoʻllarini beliga tiraydi.

-Siz ham uni azizam demang unda, - deb quchogʻimga qattiqroq singan holda dadasidan qochadi.

Uning gaplaridan labimda jilmayish uygʻonadi.

-Hoy sen kichik betgachopar, - deb bizga yaqinlashgan erimdan Taeonni himoya qilib qattiqroq quchaman. Mening quchogʻimni har qanday joydan havfsiz deb bilgan bolam yana yoqimtoygina gapiradi.

-Fiosh aslida meniki edi, - deb bir yutunadi va gapida davom etadi, - Siz uni menga qaytarish sharti bilan olgandingiz. Lekin vaʼdangizda turmadingiz. Siz yomon dadasiz.

Qovoq uyib olgan Taehyung va qaysarlikda undan qolishmaydigan Taeonning qiliqlaridan kulib yuboraman. Kulishimni ikki tomon ham salbiy qabul qilishi tabiiy.

- Seningcha biz oʻyin tushib beryapmizmi? , - deydi erim yotoqqa yaqinlashib.

-Ha, sen nega kulyapsan? , - deydi oʻgʻlim ham

-Men senga uni ona deb ayt deya necha bor uqtirgandim? , - erim oʻgʻlimga yov qarash qiladi.
- Men uni baribir ona demayman. Chunki u doʻstim.

Men esa hamon telbadek oʻzimni kulgudan tiyolmayman.

-Senga qolsa faqat kulasan, - Tae oʻrnidan turib eshikka yuradi va chiqish oldidan gapiradi, - nonushtangiz tayyor deyish yodimdan koʻtarilibdi anavi tirrancha sabab, - erim chiqib ketar ekan Taeonga araz nigohida qarab xonani tark etadi.

- Xoʻsh, - deyman jilmayib, - nonushta qilamizmi?

- Dadam tayyorlaganini yemayman. Men undan hafaman, - deb qovoq uygan bolakay menga chiroyli nigohda qaraydi, - Fiosh, sen oʻzing menga butterburot tayyorlab ber iltimos, - qoʻlchalarini jipslashtirib yalingan oʻgʻlimni loʻppi yuzlaridan oʻpaman

-Kelishdik, qani yuraqol

Yotoq ustidan sakrab tushgan Taeon mening imillab oʻrnimdan qoʻzgʻalayotganimga qarab gapiradi.

-U qachon chiqadi? , - yuzidagi jahlni yashirmay, - men u kelsa ukam demayman.

-Nega? , - nihoyat oʻrnimdan turib Taeonning qoʻlidan tutgan holda yotoqxonani bizsiz qoldiramiz.

-Chunki u seni qiynayapdi. Har kuni bazoʻr yurasan. Kechalari uxlolmaysan, - oʻgʻlim qovoq uyib shishgan qornimga qoʻlchasini musht qilib koʻrsatib qoʻyadi , - Kelsa oʻzim uni tazrini beraman.

Uning gaplaridan kulib oshxonaga yaqinlashaman. Bizning kelayotganimizni koʻrgan erim iltifot ila stulni tortib meni ehtiyotlab oʻtirishimga koʻmaklashadi.

-Ehtiyot boʻl azizam , - deb nihoglarini stulni ochish uchun tortayotgan ammo boʻyi pastligi sabab uddalay olmayotgan Taeonga qaratib ensa qotiradi. Bir urinishda uni koʻtarib olar ekan oyoqlarida stol va stulning oʻrtasiga masofa kiritgan Taehyung uni stolga joylashtiradi.

-Oʻzim ham eplolardim, - qovoq uyadi Taeon

-Mmm, ishonchim komil emas, - erim boʻynidagi fartukni togʻirlab gapiradi, - qachon katta boʻlasan sen bola? Otang kabi koʻrkam zabardast boʻlmaysanmi?

U oshxona ustunidan likopcha toʻla kashalarni stolga qoʻyar ekan egilgan payti fartugidan siqib qulogʻiga shivirlayman, - Tae, azizim iltimos uni boshqa koyimang, shusizham koʻp urushdingiz

Unga jovdiragan nigohda tikilaman

-

-U judayam erka boʻlib ketyapti. Kimdir tanbeh berishi kerak-ku , - shivirladi erim ham

-Hali kichik, iltimos, - deyman fartugini siqimlab

Bizni yuzimiz bir biriga tegar darajada shivirlashayotganimizdan Taeonning jahli chiqa boshladi

- Hoy Fiosh sen men tomonmisan yo dadam tomonmisan? , - qoʻlidagi qoshiqchani stol ustiga uradi, - agar men tomon boʻlsang dadamga gapirma

- Hoʻp hoʻp Taecham siz nima desangiz shu , deyman kulib


Taeonni maktab kuni boʻlganligi uchun tayyorlayman. Aslida ogʻiroyoqligimning soʻnggi ikki oyligida bu yumushlarni Taehyung oʻz zimmasiga olgan edi. Ammo ota - bolaning ziddiyatlari sabab har kuni toʻpalon boʻlmasligi uchun Taeonning maktabiga tayyorlashni yana oʻz zimmamga yukladim. Oʻgʻlimning xonasidan chiqib yotoqxonamizga borganimda oyna qarshisida boʻyinbogʻini bogʻlay olmay xunob boʻlayotgan erimga duch kelaman va unga yaqilashib boʻyinbogʻni qoʻlidan olib boʻyniga oʻrayman

- Qiynalmayapsanmi? , - deydi boʻgʻiq ovozida ham yumshoqlik bilan , - ahvoli qalay? , - qornimga qoʻlini qoʻyadi.

Savoliga rad maʼnosida bosh silkib boʻyinbogʻni tekis va chiroyli chiqishi uchun oyoq uchlarimga tayanaman. Harakatimni payqagan erim homiladorlik sabab yoʻqolib ketay degan belimdan metin qoʻllarini oʻtkazib meni oʻziga tayaydi

- Biz yaxshimiz havotirga oʻrin yoʻq, - ishimni davom ettiraman, - Tae azizim iltimos Taeon bilan tortishmang. Axir allaqachon 35 yoshni qoralagansiz.

- Uninh yonini olma, - deb yuzimda oʻtkir koʻzlarini yugurtiradi erim , - 35 yoshni qoralagan boʻlsam ham hamon oʻsha zalvorli Kim Taehyungman. Xohlasang isbotlashim mumkin

U shilqimlikni boshlaganida undan uzoqlashaman

- Yaaa Tae tegajogʻlik ham evi bilan, namuncha shilqimsiz?

-Men begonani emas oʻz ayolimni quchyapman maylimi? - u gapira turib yana yaqin keladi, men esa undan qochaman

- Yoʻq mayli emas, axir oʻzingiz soʻz bergandingiz ikkinchi nusxangiz chiqquniga qadar tinch qoʻyaman deb, endi yaqin kelmang, yo men ham Taeon kabi arazlayman.

Xonadan chiqish uchun ortimga yuraman va shu on ehtiyotsizlik sabab qoqilib ketaman ammo metin qoʻllar meni yiqilishimga qoʻymaydi.

-Yoo Xudo, qachon dovdirliging qoladi? -tanbeh beradi Tae, - bu ketishda mittivoyimni senga ishonib topshirish qiyinlashadiku

- Dovdir emasman. Siz sabab shunday boʻldi, - endi men ham qovoq uyaman, - unda kichkintoyingizni kotibangizni qorniga olib borib bering. U ehtiyotlab dovdirlanmay katta qilib tugʻib beradi.

Taehyung Danielning yangi oilasi sabab ishdan taʼtil olganidan soʻng yangi kotib emas kotiba olgani meni hamon gʻazabimni qoʻziyotgan edi

-Yo Xudoyim, yans oʻsha masalami, - erim ensa qotirib shkafidan kastyumini olib egniga ildi, - shunchaki kotiba - mening yordamchim, ortiqcha rashk qilavermasangchi

- Boring, yoʻqoling,- erimning keng yelkasidan turtkilab xona tashqarisiga surib chiqaraman

- Yangi kotiba emish, koʻrsatib qoʻyaman sizga yangi kotibani

Alamim oshib barmogʻimdagi Tae toʻy kechamizda taqqan uzukni siqib qoʻyaman

Pastga tushganimda Taeon dadasi bilan ketishni xohlamay harhasha qilayotgandi.

-Siz bilan ketmayman, - deydi qoʻlchalarini koʻksi uzra chaltirib , - Fiosh olib borsin

- Unga hozir yurish mumkinmas oʻgʻlim, yuraqol dadajoning seni sogʻ salomat maktabingga eltadi, - deb choʻkkalaydi va Taeonning sochlaridan silaydi.

-Ukang kelsin, - deyman zinalardan ehtiyot boʻlib tushgancha, pastgi qavatlarga yetganimda Tae menga koʻmaklashadi, - Ukang kelsa u bilan seni maktabingga eltamiz mittivoyim, ungacha dadang olib qora qolsa maylimi?

-U qachon keladi oʻzi , -deb papkasini olishga urinadi

Shu payt unga yaqinlashib kichik yelkachasiga papkasini ildiraman va yuzchalaridan siqib qoʻyaman

-Tez orada , - deb kulaman, - Xoʻsh, endi sen Fioshingni qahramoni boʻlish uchun ukang kelgunicha uni gaplariga rozi boʻl boʻptimi?

- Kelishdik, - erinibgina javob bergan oʻgʻlimni bagʻrimdan boʻshatib dadasiga yuzlanaman

-Uni urushmang, bolani oʻzingizdan sovityapsiz, - norozilik bilan qovoq uyaman

- Oʻylab koʻraman, - oynaga qarab boʻyinbogʻini toʻgʻirlagan erim menga tikiladi, -Lekin vaʼda bermayman

Mashina oynasidan tikilib ketayotgan yaramasga qarab qoʻyaman

- Hoy, bugun aʼlo baho ol, tushundingmi? , - deyman yoʻldan koʻz uzmay

-Meni ismim hoy emas, - deb koʻz suzadi Taeon, - Tae meni ismim

- Voy yaramase, - deyman rulni boshqaraturib, - Bu mening ismimni boʻlagi, uni oʻzlashtirib olma

-Siz ham meniki boʻlgan Fioshni oʻzlashtirib oldingiz-ku , - gapdan qolmaydi Taeon , - xoʻsh bu safargi imtixondan aʼlo olsam nima vaʼda qilasiz

- Mmm, sengami? , - deb lablarimni yalab qoʻyaman, - Oʻzing tanlay qol

Oʻgʻlim yoqimtoy yuzini oʻyga tolgandek koʻrsatib shoʻx qichqiradi

-Topdim! , - shirin tabassumiga men ham sherik boʻlaman, - Agar men bu safargi imtixondan aʼlo baho olsam Fiosh bilan bir hafta uxlayman, sizsiz

-Yoʻq aslo, - yasamalik bilan qovoq uyib , - sen judayam qoʻpol uxlaysan agar onang sen bilan uxlasa ukanga zarar berishing mumkin. Boshqa biror nima tanlayqol

Gaplarimdan rol oʻynab yigʻlashni boshlagan yaramasga keskin rad javob beraman

-Qancha yigʻlama siqtama baribir foydasi yoʻq, Fiosh bilan uxlamaysan, - svetaforda toʻxtar ekanman nihoyat unga qarayman, -Men bilan uxlaysan seni oʻzim avvallaridagidek ertaklar aytib uxlataman

-Yoʻq Fiosh bilan~ , - oyoq qoʻllarini baravar qimirlatib yigʻlashga tushadi

Ah yaramas bola, allaqachon 8 yoshni qarshilagan ammo hamon erkatoy barchasiga Fiona aybdor uni taltaydirib yuboryapdi.

- Shovqin qilishni bas qil , - zamonaviy bino yoniga mashinani sekin joylayman, - maktabingga yetib keldik. Shoshmay tur seni oʻzim sinfingga olib kiraman

Uning mitti qoʻlchalaridan tutib sinfxonasiga tortqilayman va rang barang eshikka yaqinlashib koʻrsatkich barmogʻimni labimga bosib hamon shovqin qilayotgan oʻgʻlimga "jim boʻl" degan ishora qilaman

Bizni uzoq kuttirmagan eshik ichkari tomondan ochilib Taeonning oʻqtuvchisi salom berib taʼzim qilib qoʻyadi men ham unga taʼzim qilganimdan soʻng qoʻlimdagi Taeonni unga topshiraman

- Toʻpalon qilma, qizlar va bolalar bilan ham tortishma, oʻqtuvchingga quloq sol, mashgʻulotlarda yaxshi qatnashib imtixonda aʼlo olsang seni parkka olib boraman, - deyman yuzidan silab, - kelishdikmi?

U menga qovoq uyib oʻqtuvchisiga ham quloq solmay ichkarilab ketadi

-Iltimos, unga oʻzingiz koʻz - quloq boʻling, u hamon maktab atmosferasiga moslasha olmayapdi, - deyman hijolatomuz Taeonning oʻqtuvchisiga

-Havotir olmang, - koʻz oynagini toʻgʻirlagan ayol biroz tutiladi, - unga oʻzim koʻz - quloq boʻlaman

Ularni ishga va oʻqishgs kuzatganimdan soʻng har tong ketishidan oldin har yoqqa sochilib yotadigan xonalar ichini tartibga keltirishni boshladim. Bizda katta boʻlishning oxirgi oyi boʻlganligi uchun qornim ancha katta va tabiiyki men egilib ish va yumushlarni bajarishga qiynalaman. Shu payt ayni dam erim nima qilayotganligiga qiziqa boshladim. Menimcha yana anavi alvasti bilan ish bahonasida diydor shirin qilayotgandir. Asabim taranglashib qoʻlimdagi Taeonning oʻyinchogʻini qanday va qay holatda ezgʻilaganimni bilmay qolaman. Bu oʻgʻlimning sevimli oʻyinchogʻi boʻlgani uchun uni tezda gʻijimlarini toʻgʻirlab Taeonning xonasini tark etaman va zudlikda telefonimni qoʻlimga olib video qoʻngʻiroq orqali Taega qoʻngʻiroq qilaman. Koʻp oʻtmay qoʻngʻiroqqa chaqirayotgan signal ovozi oʻchib ekranda men har safar koʻrganimda hayajonlanadigan kelishgan erkak yuzi paydo boʻladi men maroq ila kulaman

-Tinchlikmi? , - sovuq javob beradi u

- Tinchlikmas, - deb qovoq uyaman

Erim gaplarimdan soʻng hoʻrsinib qoʻyadi

-Nimani boshlading yana? , - deb jiddiylashadi , - Oshxonaga oʻt qoʻydingmi yo yotoqxonaga?

Uning mazharalovchi gaplaridan koʻzlarim allaqachon yoshga toʻlib ulgurgan edi

-Nima shunchaki oʻz erimga ham qoʻngʻiroq qilolmaymanmi?

-Yoʻq, - deb telefonni nimagadir suyab yana hujjatlarga koʻmilib gapiradi, - Xuddi men xotinim bilan birga uxlash huquqidan ayrilganim kabi sen ham ering bilan gaplasha olmaysan. Axir eringni har bir daqiqasi pul turadi Azizam

Ha tushunarli, tongdagi gaplarimdan arazlagan

-Yaaa Tae~ yosh boladay araz qildingizmi gaplarimga? , - deyman erkalagan ohangda, - men ularni shunchaki... , - gapimni davomini ayta olmayman

-Nima shunchaki? , - deb hujjatlardan boshini koʻtaradi

M.men men shunchaki hazillashgandim, - koʻzlarimni yumib gaplarimni aytib olaman va qarshi tomonning emotsiyasini koʻrish uchun bir koʻzimni qiya ochib lablarimni tishlayman

Qiziq, u hech qanday reaksiya bildirmasdi. Shunchaki bezbetlarcha ekranga qarab turardi

- Nima yeging keldi? , - birdan muddaoga oʻtib qoʻygan erim mening soʻz kalitimni allaqachon anglab ulgurgan edi

- Aytsam olib kelasizmi, - shirin enditikib qoʻyaman

- Hmm Kim xonim axir mendan boshqa yegulik olib boradigan mehriboningiz boʻlmasa. Ayt sevgilim nima yeyishni xohlaysan? , - yegulik bahonasida uyga kelishni rejalashtirgan Tae ham shoʻx kuladi

- Qulupnay , - deyman uyalganimdan yerga tikilib

- 15 daqiqada uyda boʻlaman onasi , - deb oʻrnidan siljigan erim goʻshakni qoʻyishdan oldin menga havodan oʻpich yoʻllab qoʻyadi

Aslini olganda uni yonida doim oʻzimni kichkina qizaloqlardek his qilaman. Ustiga ustak yosh oramiz ham ancha edi. Men endigina 19 yoshni qarshilash arafasidaman. U esa allaqachon 35 yoshda. Ammo hamon yosh bola. Menga uylanishidan oldin mehribon ota edi. Hozir Taeon bilan kelishmaydi. Bu uning mehri kamayganidan emas aksincha uning oʻgʻliga boʻlgan mehri kuchayib u bilan tortishganda yanada yoqimtoy yuzlarini, gaplarini eshitish imkoniyati tugʻiladi va ayni shuning sababidan ham Taeon bilan it mushuk kabi ular

Endi koʻnglim hotirjam boʻlib qornimni silab qoʻyaman va televizor koʻrish uchun mehmonxonaga yoʻl olaman. Yoʻl yoʻlakay muzlatgichdan Taehyung menga taqiqlagan gazli ichimlik va shirinliklarni olaman. Taehyungga qulupnay olib kelishini iltimos qilganimning sababi ham shunda edi. Biroz oldin ochganimda qulupnay yoʻqligini payqab biz butun oilamiz bilan qulupnayni yaxshi koʻrishimizni hayolimdan oʻtkazgan edim. Yumshoq kursidan oʻtirib televizor koʻrar ekanman hech qancha vaqt oʻtmay eshik jiringlagan ovozi yangradi.Kimligini payqab kulaman va qiynalsamda tez harakat qilib eshikka yaqinlashaman. Eshikni ochar ekanman Taehyung ichkariladi va qovoq uyib urushib berdi

- Nega soʻramay netmay eshikni ochding, - deb eshikni qulflaydi

Uning hech bir tanbehi kor qilmasdi ayni dam. Qoʻlidagi bir martalik paketga solingan va qadoqlangan qulupnayga qarab labimni yalab qoʻyaman va u meni bagʻriga olishiga ham unamay qoʻlidagi paketga qoʻl choʻzaman

-

Shu payt u qoʻllarini ortiga yashiradi men uning qiligʻidan qovoq uyib ortidagi bir martalik paketga solingan yegulikka qoʻl choʻzaman U battar ortiga paketni yashiradi

-Qulupnaylarimni bering Tae, - qovoq uyib gapiraman

-Mana sening qulupnaying, - u butun tanasiga ishora qilib gapiradi, - Mana!

Uning gapirishidan tushunamanki u kelganida unca emas yegulikka eʼtibor qaratganim uchun arazlagan edi

- Hoʻp, - deyman koʻzlarimni paketdan uzmay, - Nima xohlaysiz ?

U endi mamnungina kulib biroz egilgan holda yuzini tutadi. Barchasi ayon yuzidan oʻpib qoʻyishim kerak

Yuziga yaqin kelib oyoq uchlarimga tayangan onim u yuzini burib oladi lablarini labimga mahkamlaydi. Qattiq soʻrilish va kuchli ishtiyoq bilan oʻpar ekan hech qoʻyib yubormasdi. Nafas yetishmovchiligidan tipirchilab koʻksiga uraman. Ammo foydasiz. Bir deganda oyoqlarimni poldan uzib qoʻliga yengil koʻtarib olgan erib ehtiyotkorlik bilan devorga jipslaydi qʼlidagi paketni allaqachon yerga uloqtirib qoʻllarini tanamda oʻynatishni boshlagan edi.

- Tae, iltimos , - deyman tixirlik bilan tipirchilab

- Oʻzing qulupnay yeyishni xohlayotganingni ayting azizam va men uni bajardim. Uning nafasidsgi hansirashni sezib qoʻrqaman va battar tipirchilayman

-Men. men qulupnay soʻragan edim sizni emas

-Koʻp ayollar qulupnay deganda eringni oʻylaydi azizam xabaring yoʻqmi?

Uning hech bir gapi qulogʻimga kirmasdi. Shunchaki ogʻirlik va keskin harakat sabab qornimdagi mittivoyimga zarar yetishidan choʻchiyotgan edim

U meni yengil koʻtarib olar ekan yoz uchun maxsuslashtirilgan kiyimim iplarini boʻshatib ulgurgan edi...

2-FASL 1-QISM TUGADI

::: Keyingi qismda:::

-U qiz bola boʻladi

-Yoʻq men qiz ukam boʻlishini xohlamayman

- Men esa shiringina qizim boʻlishini xohlayman yaramas boʻlma Tae

- Yoʻq aslo mening singlim emas ukam boʻladi va u men bilan har tong maktabga boradi

::::

-Chuqur chuqur nafas ol azizam hammasi yaxshi boʻladi. Men va oʻgʻlimiz sen bilanmiz. Qoʻrqma maylimi?

Ogʻriqdan telbaga aylanganimda oxirgi bor kuchanish bilan ichim boʻshaganini va chinqirib yigʻlagan chaqaloq ovozini eshitib koʻzlarimni holsiz yumaman...

Mana azizlarim BABYSITTER 2 ni ham boshladik🥲 Ochigʻi ezmalanib yurish va bitta fanficni choʻzib yurish yaramaydi. Lekin telba Soojiningiz bolasi Taeon va sirli bolachasidan* kecha olmadi.🌚 Sizlarga yoqimli mutolaa. Meni hafa qilmay fikringizni boʻlishing fanficni esa har xil reaksiyalar bilan bezang. Soojin sizlarni yaxshi koʻradi🥲❤️