Yovuzning yuragi
Kunning qaysi qismi ekanligi aniq emas, tashqaridan qaraganda hurkitadigan qasrning hamma joyi tish tirnogʻiga qadar qurollilar bn toʻlgan. Ular bir kun tugul bir zumgada meni qasr tashqarisiga qoʻyishmaydi. Otam ularga buni taqiqlagan. Shunga qaramay menga biriktirilgan doʻstim Marie bilan oʻzimni yashirincha yoʻlagimdan epchillik bilan qochaman. Har safar doʻstim deganim lekin xizmatkorim Marie mening qochishimda yurak hovuchlab turadi. Xuddi meni qasri tashqarisida kimdir yamlamay yutadigandek. Mariening bu darajada qoʻrqishiga otam sababchi, menga nimadir boʻlsa Marie bechoraginam jazolanadi. Otamning aytishicha, Malikalar qasrning qonun-qoidalariga koʻra ish tutishlari kerak emish. Zero ulardan kichik boʻlajak Malikalar va oddiy aholi qizlari oʻrnak olishlari kerak ekan. Bular barchasi safsata mening nazdimda negaki, men butun Qirollikda yagona Malikaman. Shunday ekan kimgadir oʻrnak boʻlishim shart emas. Oddiy aholi qiziga keladigan boʻlsak, ular odob va muomalada mendan ancha ustun kelishlarini oʻzim kafolatlayman. Chunki Seol Qirolligi barpo boʻlibdiki, men kabi qaysar, erkatoy Malikani koʻrmagan... Barcha Malikalar sipo boʻlishgan atir upa degandek, zarhal kiyimlar, bularning hech biri meniki emas, meniki boʻlishini xohlaganlarimga laʼnati Malikalik maqomim mos emas.
Chiqib-kirib chiniqib ketgan sirli yoʻlakdan tashqariga ozodlik qushidek uchib chiqaman. Yoʻlak biroz notoza boʻlganligi sababidan malikalarga hos bejirim oyoq kiyimim rasvo boʻlibdi. Oyoq kiyimimdagi dogʻdan koʻzlarim yiriklashadi. Bu sifat dogʻlar koʻylagimda ham mavjudligi qoʻrquvi bn etaklarimni koʻzdan kechiraman. Hammasi joyida, u toza. Umuman olganda odatiy kun boʻlganda bunaqa kichik muammolarga aralashmasdim. Muhim hisoblanmasdi. Lekin bugun hayotim davomidagi muhim kun. Bir necha daqiqadan soʻng uni uchratishimni oʻylasam yuragim joyida turmayapdi. Koʻksimni yorib chiqay degan yuragimni tinchlantirgan kabi uhlab koʻksimga urib qoʻyaman, baribir oʻsha hayajon meni tark etmaydi. U allaqachon kelib boʻlgandir. Tezroq visoliga yetish uchun qasrning orqa tarafidagi bogʻning ichiga shoʻngʻiyman. Tanish joylar ammo bu manzarani koʻrganimga koʻp boʻlgan, chunki uni eslatadigan joylarda yolgʻiz kezishni xohlamayman. Nihoyat biroz yurganimdan soʻng nilufar gullar sochilib yotadigan koʻl labiga yetay deyman. Bu yer bizning ilk uchrashuvimizga guvoh boʻlgan joy...
Bogʻga ulanib ketgan koʻl ostonasiga oyoq qoʻyishim bn oyoqlarim qaltiray boshladi. Biroz tinchlanib olganimdan soʻng ichkariladim. Nihoyat menga ort oʻgirib turgan oʻsha qochoqqa duch keldim. Bir oylik ginalarni unutib yugurgilab ortidan quchdim. Oʻsha tanish ifori dimogʻimni qitiqlaydi. Ah bu yigitni yeb qoʻyaman bir kun... Yuziga qaramasamda oʻsha men sevgan lablarda kulgu oʻynaganini sezaman. Men ham uning hayajonidan kam boʻlmagan hayajon bn qattiq quchib koʻzlarimni yumgan holda shirin entikaman.
-Oh sizni qanchalik sogʻinganimni bilsangiz edi yaramas qochogʻim!
Uni endi quchogʻimdan chiqib ortiga oʻgirilganda menga duch keladi. Yumshoq qoʻllari bn yuzimdan silar ekan mayin ovozda ilk soʻzini aytadi.
Jimin:Sizga ham hayrli kun princess Asi!
Uning rasmiy uslubidan jahlim chiqib koʻksiga uraman.
Asi:Princess demang deganmidim sizga?!
Yaramas ogʻrimasada yuzini ogʻrigandek koʻrsatib koʻksiga qoʻlini qoʻyadi. Labimni burib qoʻllarimni koʻksimga bogʻlayman.
Asi:Shuncha vaqt yoʻq boʻlib ketganingiz va aytmasdan qochib ketganingiz evaziga...
U gaplarimni kesib toʼgʻirlagan boʻladi.
Jimin: Qochib emas, bu hizmat...
Men ham uni gaplarini boʻlib bezbetlarcha oʻzimnikini maʼqullayman.
Asi:Qochdingiz! Oʻzingizni oqlamang. Hullas qochganingiz va uzoq vaqt yoʻq boʻlganingiz tovonini nima bilan toʻlamoqchisiz?
U menga sirli boqqanidan barchasini tushunib battar asabim toshadi.
Asi:Bu siz oʻylagan toʼlov emas yaramas Park
Uning koʻksiga yana urmoqchi boʻlib qoʻl choʻzganimda epchillik bilan bilagimdan tutib quchogʻiga singdiradi. Uning keskin harakatidan koʻksimdagi laʼnati yurak hayajondan dupurlaydi. Nega shunaqa? U qilgan ishga men hayajonlanib ketaman. Bu adolatdan emas. Sochlarimga yuzini bosgan yigitim bir zumga sukut qilib shivirlaydi.
Ochigʻini aytganda men ham uni juda sogʻingan edim. Shirin iforidan hidlab men ham uning quchishiga javob beraman. Bir zumga boʻynim orasidan sochlarimni yuzi bilan sidirgan yigitning maqsadini tushunib undan uzoqlashaman. Lekin u uzoqlashib ulgurmasimdan belimdan qattiq quchib sokin ammo kuydiruvchi hansirash bn shivirlaydi.
U namalanib ulgurgan lablarini boʻynim yuzasida yurgizganida tanamda koʻrinmas chumolilar kezadi. Birgina oʻpichdan oʻzimni yoʻqotib nafasim oʻzgara boshlaydi. Bu nimasi? Jin ursin. Unga boʻlgan hislarimni hech ham yashira olmayman. Yana bir nechta oʻpichdan soʻng yuzini boʻynimdan olgan Jimin nafasini nafasimga qorishtirib koʻzlarimga boqadi. U bu safar tishlamadi. Oʻtgan safar boʻynimdagi ilk oʻpichidan soʻng bir hafta achishishlar va yopiq kiyimlar bn yurishga majbur boʻlgan edim.Oʻrtadagi masofa allaqachon qisqarib ulgurgan, burnim uning lablariga tegib turadi. Endi nigohlar lablarim ustiga hukmron.Yana oʻsha shivirlash...
Tanish murojaat. Doim nimadir* qilishdan oldin sizlamay kechirim soʻraydi.
Soʻzlarim chiqmasidan ogʻzimda qolib lablarim yumshoq va ayni dam asalga botirib olgandek totli lablarga botadi. U bir zum harakatsiz turadi. Chunki biladi hozir harakatlansa keyingi harakatlarini idrok eta olmasligini... Boʻynimdan oʻtkazilgan qoʻllarini qattiq siqadi va kuchli soʻrilish bilan mendan uzoqlashadi.
Jimin:Ketganimdagi totli taʼm...
Ichimdagi olov sabab yuzlarim qizarib undan uzoqlashaman. U ham hissiyotlanib ketganini payqab tomoq qiradi. Oʻrtaga biroz noqulay sukut choʻkadi.
Oʻrtadagi noqulaylikni buzgan Jimin unga ort burganim sabab sochlarimdan tortadi. Sochimdagi ogʻriqdan yuzlarib tirishadi.
Jimin:Xoʻsh, men yoʻqligimda yana kimlarni yoki nimalarni oʻzingizdan bezor qildingiz?
U endi sochlarimni qoʻyib yuboradi va etagimdan tortib oʻrindiqqa olib boradi.
Asi:Deyarli hech kimni va hech nimani?
U meni oʻrindiqqa joylab oʻzi tik turadi.
Jimin:Nahotki? Ishonish qiyin.
Uning yolgʻondakam hayratidan koʻzlarim yiriklashadi.
Asi:Rost. Hech narsa qilmadim. Nima ishonmaysizmi?
U nimani nazarda tutganini bilsamda biroz oldin iflos boʻlgan oyoq kiyimimga tikilib qoʻyaman.
Jimin mening nigohlarimni koʻchirgan oyoq kiyimimga koʻzi tushdi shekilli u ham men kabi unga tikilib yoqimli kuladi. Shu yoshga kirgan boʻlsamda oʻzimga eʼtibor bera olmasligimni mana shu yigitni yonida payqayman. Chunki nimadir boʻlsa yoki yuzimda shirinlik qoldiqlari boʻlsa ham ularni doim yonida men uchun olib yuradigan dasroʻmolcha yordamida tozalab qoʻyadi. Hozir yana shu qiligʻini qilmasligi uchun oyoqlarimni yigʻib tizzamni quchmoqchi boʻlgan onimda yigit choʻkkalab choʻntagidan oʻsha men yomon koʻradigan har koʻrganimda yuzlarim qizaradigan roʻmolchani chiqaradi.
Asi:Jimin, yoʻq men... oʻzim...
Jimin mening gaplarimga quloq solmay jilmayib qoʻyadi va roʻmolcha bn oyoq kiyimimni tozalay boshlaydi.
Laʼnati, hech ham oʻzimga qarashni bilmayman. Jin ursin! Hamon choʻkkalagan holatida oyoq kiyimimni qoʻllari orasiga olib tozalayotgan yigitga qaray olmay koʻzlarimni chirt yumib olganman. U nihoyat tugatib oʻrnidan siljimasidan menga boqqanini yashirincha ochiq koʻzlarimdan payqab ularni butkul yumaman. Mening qiliqlarimdan kulgan yigit pastdan turib koʻylagimning bejirim bezaklarini oʻynaydi.
Jimin: Aysh, siz uyalsangizda meni kuzatishdan zerikmaysiz. Bu zavq beradi.
U endi meni butkul oʻrnimdan koʻtarib quchogʻiga singdiradi.
Asi:Siz har safar meni uyaltirish uchun roʻmolcha olib yurasiz. Men sizni yoningizda oʻzimni irkit oʻrdakchadek his qilaman. Bu yomon...
Erkalanib qoshlarimni uyaman. U barcha erkaliklarimni koʻtaradi. Yoqimtoyim!
Jimin:Oʻzingizga chiroyli taʼrif berdingiz. Mening irkit oʻrdakcham.
Uning egalik qoʻshimchasini qoʻshib gapirganidan koʻksimdagi kapalagim yana uchadi. Lekin irkit oʻrdakcha taʼrifi chindan yomon...
Asi:Men irkit emasman va... va qolaversa sizniki ham emasman.
Qarshi tomondan rad javobi keladi.
Asi:Sizniki emasman dedim sizga
U yoqimtoy kuladi. Jahl sabab uning quchogʻidan chiqqanim uchun yuzlarimdan choʻzadi.
Jimin:Meniki, faqatm meniki buni rad eta olmaysiz.
Yana qaysarlik qilib qosh uyaman.
Asi:Siz menga yozgan xatingizda bergan vaʼdangiz qanaqa edi vaʼdaboz.
Jimin qoʻngʻir sifat sochlarimdan hidlab qoʻyadi.
Jimin:Sizniki qanaqa edi Miss Seol?
Oʻzimni bilmagandek koʻrsatib kalovlanaman.
Asi:Sizga hech qanaqa vaʼda bermaganman. Qolaversa hamon sizdan hafaman. Chunki siz...
Soʻzlarimning oxirini yutib yuborgandek tilimni tishlarim orasiga yashiraman.
Jimin:Chunki men? Nima qilibman men?
Uning oʻynoqi nigohlaridan battar jahlim chiqadi.
Asi:Chunki siz ketyotgan vaqtingiz men bn xayrlashmagansiz. Ustiga-ustak siz ham menga bergan vaʼdangizni bajarmadingiz. Ayollar bilan birga oʻz suratingizni chizdirgansiz.
Endi u oʻynoqi tabassum bn borliqni toʻldirib kuladi.
Jimin:Lekin sizga xiyonat qilmadim. Demak vaʼdamni ustidan chiqqanman. Sizchi? Sizga ketganimdan soʻng men sabab hech bir aholi qizi bilan yoqalashmang demaganmidim?
Endi u ham qoshlarini yoqimtoy chimirib yuzida bilinib turgan kulgusini bazoʻr yashiradi.Bu nimasi? U meni ustimdan ochiqchasiga kulyapdi.
Endi battar asab qilib oʻrnimdan turaman va Jiminni qarshisiga chiqib koʻzlariga tikilaman.
Asi:Uning oʻzi sizga nima sababdan osilayotganini bilsam boʻladimi Sarkarda Park? Yo nimadirni yashiryapsizmi?
U ahmoqqa qaragandek hech bir gapimni jiddiy olmay peshonasiga qoʻlini qoʻyib kuladi.
Asi:Sizga maymun raqsiga tushib beryotganim yoʻq shekilli nega kulyapsiz? Yaramas koʻzimga koʻrinmang uqdingizmi?
Oʻlik nigohlarim bilan qarshimdagi ahmoqni yegandek tikilib yonginasidan oʻtib ketayotgan onimda u meni bilagimdan ushlab qoladi.
Asi: Qoʻyib yuboring, ahmoq meni hech ham jiddiy olmaysiz.
Jimin:Mmm, siz uchun sovgʻa tayyorlagan edim. Afsuski endi bu sovgʻani oʻsha siz doʻpposlagan qizga beraman.
Asabiylashganimdan tishlarimni qayrayman va qayrilib qoʻlidagi bejirim qutini yulib olaman.
Asi:Hech qanaqa qiz yoʻq tushundingizmi meni?
U qoʻllarini oʻzini himoya qilgandek koʻtaradi. Shu on qoʻlimdagi ajnabiy qutichada nima borligiga qiziqib ochib koʻraman.
Yigitim bergan sovgʻadan bir zumda erib ketib uning boʻyniga osilganim rost. Chunki juftliklar yoki er-xotinlar kabi juft uzuk taqishni juda xohlagan edim. Yigitimning tashabbusi bilan nkoh barmogʻimdan joy olgan uzukka obdon tikilaman lablarimda oʻzidan oʻzi kulgu uygʻonadi. Jimin yoshiga yetgan erkak boʻlsada men bilan doim yosh bola, butun bogʻni togʻ echkisi kabi sakrab kezib chiqqanimizdan soʻng oʻsha har bir sevgi qissamizni biladigan chinor tagiga uzala tushamiz. Nikoh uzugi paydo boʻlgan qoʼlimni osmon uzra koʻtaraman. Mening yuzimga qarab qoʻygan yigitimning qoʻlini ham meniki kabi koʻtarib telbadek tabassum qilaman.
Jimin:Ular juda ham ajoyib koʻrinmoqda shunday emasmi Malikam?
Yigitim endi men tomon yuzini buradi.
Asi:Albatta shunday... Ammo nega Malikam? Menga bu sifat jumlalarni qoʻllamang sarkarda Park!
Endi men ham unga tikilaman.
Nima? Bu yigit meni bir kun asab kasalligi tashxisi bilan oʻldirmoqchimi?
Jimin:Ohhh mening mitti gulim jahli chiqqanida biram goʻzalki oʻylanmasdan lablarim orasida ishgʻol qilishga tayyorman.
Jimin yana lablarimga tikilishni boshlaydi.
Asi:Siz yana buzulishni boshladingiz yaramas sarkarda Park.
Jimin:Sizga rasmiy uslubdagi jumlalar yoqmaydi shekilli princess Asi?
Asi:Albatta yoqmaydi. Axir siz men uchun muhim oʻrindagi insonsiz, oʻrtamizda hech qanday toʻsiq boʻlishini xohlamayman...
Jimin oʻrnidan yengil turib qoʻllarini menga tomon choʻzadi va bir oyogʻini boshqasining ortiga oʻtkazib murojaat qiladi.
Jimin:Balki raqs(vals)ga taklim qilarman. Xuddi jentelmenlar kabi.
Uning kayfiyati menga ham koʻchib tezda oʻrnimdan turaman va koʻylagim etagidan ikki yonga choʻzib nim taʼzim qilib bosh egib qoʻyaman.
Biz endi qayerdandir kelayotgan kuyga raqs tushishni boshlaymiz. Tabiatan qiz bolaga oʻxshamasamda cherkovdagi majburiy taʼlim sabab zodagonlar oʻrganishi shart boʻlgan raqsni yaxshigina oʻrgangan edim. Jimin ham aslida zodagon oilasidan boʻlmasa-da, ular orasida katta boʻlganligidan bu sifat ahmoqona udumlardan xabari bor edi.
Biz endi bir necha oʻn daqiqa oldin bir-birini yeyishga tayyor sevishganlar emas, bir-biriga boqib toʻymaydigan juftlikka aylangan edik. U qoʻllarini belimdan qattiqroq qisib oʻziga tortadi. Shu darajada tortadiki bir zumda nafaslarimiz qorishib ketadi. Uning bu qiligʻidan gʻazabim toshib alamimni olish uchun uning maxsus yogʻlantirilgan oyoq kiyimlari ustiga hech ikkilanishsiz past boʻlsada mavjud boʻlgan tuflim poshnalarida chiqib olaman va bu ishdan bexabardek suxbatni davom ettiraman.
Asi:Ohhh bu kuy... Ammo biz uchun kuy, muhit, odamlar va hissiyotlar oʻzagacha boʻlishini xohlayman.
Anchagina ogʻir boʻlsam ham miw etmagan sevgilim qiligʻimdan miyigʻiga kulib keskin harakat bilan meni ostiga oladi.
Jimin:Bir kun boʻladi. Bir kun qaysidir yaxshi kimsa biz uchun Romeo va Julyettaning kuyidan qolishmaydigan kuy yaratadi...
Asi:Aytingchi Sarkarda Park oʻsha siz birga rasmingizni qogʻozga tushurgan ayollar chiroyli edimi?
Ayni dam oyoqlari ustida oyoqlarim borligi sababidan boʻyimiz tenglashgan va shuning uchun burnim uning burniga tegay deb turadi. Nigohlarim bn uning mukammay yuzida sayr qilaman.
U ham endi koʻzlarini yuzlarim ustiga yurgizadi.
Asi:Unda haqiqat yoki jasorat? Har ikkisini ham bajarishingizga majburlayman sizni yaramas suyuq...
Unga berilgan taʼrifdan kulib shivirlaydi.
Jimin:Unda birinchi jasorat...
Qarshi tomon gaplarini anglab yetmasimdan lablarimda iliq taftni sezib maysa ustiga qulayman bellarimda tanish qoʻl siqib koʻylak bogʻichini boʼshatishga urinadi...
-Malikam, bemahalda shu alfozda qayerdan kelyapsiz?
-Sizga hisob berishga majbur emasman.
-Jimin, oʻsha kichkina yaramas bilan oʻynashmang azizim iltimos
-U kichkina yaramas emas Soojin! Men uni sevaman. Keyin meni azizim dema. Axir azizing sen Qirol Seolga tanangni sotgan kuning bokiraliging bilan birga oʻlgan...