Babysitter
Shiddatni oʻzida saqlagan qadamlar yoʻlak(karidor) boʻylab yurib borar ekan kotiba unga peshvoz chiqadi.
Erkak qizni pisanda qilmay va hech ikkilanmay bosma harflar bn "Direktor" yozuvi ilingan eshik tutqichini buradi.
Kotiba erkakning harakatlaridan allaqachon sarosimaga tushib uni ogohlantiradi.
-Janob Kim, Min xonimning huzuriga kirish uchun...
Erkak poʻlat nigohlarini eshik ochayotib qizga bir zumga koʻchiradi.
Taehyung:Oʻzimga tegishli boʻlgan hududning chegarasini kesib oʻtish uchun yugurdaklardan ruxsat soʻramayman.
U shunday deya ichkariga shoʻngʻidi. Kotiba xonimidan dakki eshitishini oʻylab yurak hovuchlab uni ortidan kiradi.
Ish stoliga oʻzini otgan holda tamaki tutunini har bir burchakka singdirishga xizmat qilayotgan ayol bir necha soatdan buyon kutayotgan insonini koʻrib lablari uchida kulgu paydo qiladi.
Sarang:Hayrli tong Azizim Taehyung
Erkak xonaga kirar koʻyi qoʻlidagi suddan kelgan chaqiruv qogʻozini qizning ish stoliga uloqtirdi.
Sarang stol ustidagi qogʻoz boʻlagini koʻrib oʻzidan ikki karra koʻproq faxrlandi va kursisiga yaxshilab joylashdi.
Sarang:Ha-ya! Men azizim erim uchun erta tongdan sovgʻa tayyorlatirdim. Xoʻsh yoqdimi sevgilim?
Taehyung ayolning gaplaridan battar asabiylashadi.
Taehyung:Nega dedim senga? Nima xohlaysan oʻzi mendan?
Sarang endi oʻrnidan turib erkakning qarshisiga keldi.
Sarang:U meni ham oʻgʻlim. Unda meni ham haqqim anchagina. Har holda uni tuqqan onasi men boʼlaman.
Taehyung tobora asabiylashib koʻzlaridagi qizillik kuchayib borar ammo oʻzini bosishga urinadi lekin bu ayni dam juda qiyindek tuyiladi. Tishlari orasidan bosiqlikcha gapiradi.
Taehyung:Taeondan oʻz xohishing bn vos kechganliging yodingdan chiqdimi? Unga yaqinlasha olmaysan tushunarlimi?
Sarang:Oʻzimni bolamga qachon qayerda va qay holatda yaqinlashishimni otasi hal qilolmaydi.
Taehyung qafasdagi hayvon kabi otilayotgan gʻazabini qoʻllarida jamlab qarshisidagi ayolning boʻynidan changgaladi va devorga siqdi.
Taehyung:Olov bn oʻynashyapsan Sarang. Meni qonimni qaynatma. Asl maqsading Taeon emasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz.
Kuchli qoʻllar bosimi ostida kisloroddan tiyilgan ayol boʻynidagi erkak qoʻllarini olish uchun tirnoqlari bn oʻzga qoʻllarni tirnaydi. Qoʻlidagi tirnalish sabab achishishga ham eʼtibor qaratmagan erkak ayolni yana boʻgʻishda davom etadi.
Taehyung: Sarqit tana ostida qolgan ayolga hech qachon bolamni berib qoʻymayman. Shuni bilib qoʻy toki men hayot ekanman bir zum hatto bir nafas boʻlsin Taeon sening qoʻlingda boʻlmaydi.
Ayol allaqachon qizarib ketgan qoʻllar allaqachon hayotni saqlab qolish uchun harakatdan toʻxtab ulgurgan onida Taehyung uni qoʻllari orasidan boʻshatib yerga kuch bn itarib yubordi.
Taehyung:Nafratimga ham arzimaydigan sarqitsan!
U kiyimlarini toʻgʻirlab xonani tark etar ekan Sarang hamon poldan koʻtarilmay alamda soʻzlaydi.
Sarang:Seni oʻsha yetimvachchaga berib qoʻyadigan darajada aqlimni yeganim yoʼq Kim Taehyung!
Erkak ayolning shaytoniy oʻyinlarini allaqachon anglab yetgan buning barchasi uning uyidagi enaga sabab boʼlayotganini payqagan onida unga qarshi kuch ishlatishni xohlamagan edi. Har holda oʻzini tanigan erkak ayollar bn janjallashib yurishni oʻziga ep koʻrmay Sarangni qiliqlariga eʼtibor bermagan edi. Ammo bu safar hammasidan oshib tushgani uni qonini qaynatdi.
Taehyung:Sen bu yolgʻonni haqiqatga aylanishiga juda katta hissa qoʻshyapsan azizam. Kun sayin sen chinga aylantirayotgan yolgʻonlardan u qizaloqqa boʻlgan mehrim oshmoqda. Shunday ekan tez orada yangilikni eshitishga tayyor tur. Kuning hayrli oʻtsin.
Sud zalida koʻrishguncha.
Sarang:Seni hech kim mendan tortib ololmaydi Kim Taehyung!
Erkak ayolni alamlari bn yolgʻiz qoldirib gʻolibona kulgu bn kompaniyani tark etdi.
U mashinasiga joylashar ekan har doimgidek saqlab qoʻyilgan roʻyxat(kontakt)dan yordamchisiga qoʻngʻiroq qiladi. Goʻshak ortidan tanish ovoz har doimgi muloyimlikda javob beradi.
Erkak avtoturatgohdan mashinasini olar ekan javob beradi.
Taehyung:Hayrli boshlanganiga umid qilaman Daniel(oʻtgan safar ismini Jack deb yozibman uzr)Men aytgan vazifani bajardingmi?
Daniel:Ha Janob Kim. Advokat Lee bn shaxsan oʻzim suhbatda boʻldim. Janob Lee bu safargi sud zalida ham sizning shaningizni himoya qilishga rozi boʻldi.
Taehyung bir necha yillardan beri Koreyaning har bir burchagi taniydigan advokatning aytgan gaplaridan biroz koʻngli yorishib jilmayib qoʻydi.
Goʻshak ortidan yana itoatkor ovoz yangraydi.
Daniel:Uni ham huddi siz aytganingizdek bajardim. Qizning aytishicha Min xonimning pulli taklifini onasining ogʻir kasalli va unga dorilar zarurligi uchun qilgan va bu u aytganlarini barchasini tekshirdik. Qiz yolgʻon gapirmagan, chindan onasi ogʻir ahvolda ekan. Onasiga birinchi yordamni koʻrsatib markaziy shifoxonaga joylashtirildi, davolinishi va zarur boʻlganda foydalanish uchun mablagʻ ham taʼminlab berildi.
Taehyung:Barakalla Daniel. Ha aytgancha men hozir officega boryapman. Uydan xabar ol Taeonga dori yoki biror zarur nimadir boʻlsa tezda yetkaz va officega kel.
Bolakay enagasi bn oʻynamoqda ammo qoʻlidagi zirqirash sabab uni ehtiyotlab quchar va yoqimtoy yuzini burishtirib qoʻyardi. Fiona iloji boricha uning yonida oʻzini tiyib turar va kuygan qoʻlchalarga har koʻzi tushgan on koʻzlarida aybdorlik hissini bildiruvchi afsus aks etar edi. Ammo qiz hamon hayron. Erkak unga nimadir qilishini uydan haydashi yoki kaltaklashi va hech boʻlmaganda achchiq gapirishini kutib igna ustida oʻtirgan kabi behalovatlangan edi. Lekin barchasi uning qoʻrquvli oʻylardek boʻlmadi. Taehyung hech narsa demadi. Aksincha tongda qilgan sirli mehri eng oʻzgachasidek tuyilib qizaloq har eslaganda lablariga qoʻllarini olib borib jilmayar va uyatdan bosh egardi. Qalbidagi iliqlikning bir qismida qoʻrquv ham borligi haqiqatdan yiroq emas. Balki zarur ishlari boʻlganligi sabab qiz bn shugʻullanishni keyinga qoldirgandir oʻyladi yana Fiona. Biroq koʻksidagi his kun osha koʻpaymoqdaki lekin kamaygani yoʻq. Aksincha erkak unga qilganlarini eslagan onida ichidagi mehr uchquni kurtak ochmoqda.
Vaqt peshindan oʻtib qolgan vaqt. Qiz bolakayning ovqat talabi sabab oshxonaga tushdi. Uni stolga joylar ekan shirin yuzlaridan chimdib shirin tabassumiga gʻarq boʻlib eridi.
Fiona:Ohhh senimi mitticham, hoziroq shu yuzlaringni yeyishni xohlayapman.
Taeon hamon shirin jilmayib enagasidan qolishmaydi.
Taeon:Unda seni ovqating boʻlmasimdan oldin meni toʻydir. Ovqatlansam yanada mazali boʻlaman.
Fiona bolakayning gapdonligidan yuzidagi tabassumni oshirib unga taom tayyorlash uchun muzlatgichdan kerakli masalliqlarni oldi.
Fiona:Xoʻsh! Men bugun Taecham uchun olmali pirog pishirmoqchiman. Birga tayyorlaymizmi?
Taeon qizning savoliga boshini tez-tez silkiydi.
Qiz endi bolakayga ort oʼgirgan holda oshxona halati(fartuk)ni boʻynidan oʻtkazar ekan bolakay uni oʻzigs qarshi uchun ismi bn murojaat qildi.
Taeon:Fiosh, iltimos men anavi yerga ol! Soʻz beraman shoʻxlik qilmayman.
Kechagi mudhish voqea sabab bolakay ham qiz ham oʻzi uchun keraklisini allaqachon olib boʻlishgan edi.
Fiona biroz oʻylanib turib jovdiragan koʻzlarga rad javobi bn boqishni xushlamay rozi boʻldi.
Fiona:Kelishdik. Faqat gazga yaqinlashmaslik sharti bn hoʻp?
Taeon qizning roziligidan chiroyli labidagi kulguni oshirib yana bosh silkidi. Fiona Taeonni quchogʻiga olib oshxona jihoziga joyladi va bn birga ishini davom ettirdi. Maroq bn olib borilayotgan ish eshik qoʻngʻirogʻining jarangi sabab toʻxtatilib Fiona Taeon yana nimadirni boshlamasligi uchun uni ehtiyotlab tushirdi va eshikni ochish uchun yoʻlakka chiqdi. Taehyung ayni dam tonggi xizmatkor bn bogʻliq boʻlgan voqea sabab uyidagi barcha xizmatkorlarning oylik maoshini toʻlattirib vaqtinchalikka javob bergan edi. Toki u haqidagi barcha mish-mishlar tinchmaganiga qadar uyida faqat oʻzi xohlagan qizalogʻi qolishini xohladi. Asosiy eshikni ochgan qiz oʻzi ilk ishga joylashish uchun topshirgan ariza koʻrib chiqilib uni ish joyiga chaqirilgan kunidagi Janobining yordamchisini eshik yonida koʻrib yengil jilmaydi.
Daniel:Hayrli kun Fiona. Meni Janob Kim sizlardan xabar olishim uchun yubordilar. Bular kerak boʻladi deb oʻyladim.
Erkak qoʻlidagi yirik doʻkon belgisi tushirilgan paket qogʻozlardagi masalliqlarga ishora qildi.
Enagasini hatto dadasidan ham qizgʻonadigan bolakay allaqachon ikkisini pastdan kuzatib qovoq uyib ulgurgan edi.
Taeon:Bizda hamma narsa bor. Kerak emas ular.
Daniel kichik Janobining shirin qovoq uyushidan jilmaydi.
Daniel:Sizga ham hayrli kun kichik Janob! Ancha yaxshi boʻlib qoldingizmi?
Taeon: Yaxshi, yaxshi ularni oshxonaga qoʻyib tezroq keting. Biz oʻzimiz eplaymiz.
Bolakayning bolalarcha rashkidan kulgan Fiona Daniel kirishi uchun yoʻl boʻshatib qovoq tumshuq qilgan Taeonning bintsiz qoʻlidan tutib ichkariga tortqiladi.
Fiona:Sen meni shunaqa hammadan qizgʻonasanmi?
Taeon:Ha-da! hatto dadamdan ham u senga muloyim gapiradi.
Taeonning oʻzi kabi oʻzgacha gaplaridan zavqlangan qiz u bn Daniel kirib ketgan oshxonaga qayta shoʻngʻidi.
Tushdan soʻng barcha ishlarini bitirgan erkak kuni boʻyi asabiylikdan toliqib uyiga qaytdi. Uyga kirar ekan yoqimli ifor butun uyni qoplab olganini payqab erta tongda ham ovqatlanmagani qorni yodiga solgan kabi ovoz chiqardi. Beixtiyor oshxonaga yoʻl olgan Taehyung ichkarida ogʻli enagasi bn nimadirlar qilib kuymalanayotganining guvohi boʻldi. Taeonning ayni dam betobligi esiga tushib asabiyligi ortdi. Kuni boʻyi olgan travmalari sabab Fionaga yaxshigina dakki bermoqchi edi.
Oshxona eshigidan kirishi bn tomoq qirgan dadasiga talpingan bolakay erkakning quchogʻiga singib kirdi. Doimgidek ulkan mehr bn bagʻriga singigan oʻgʻlini sochlarini silagan erkak uning loʻppi yuzidan oʻpib holini soʻradi.
Taehyung: Yaxshimisan shumtaka?
Taehyung:Nega bu yerdasan yoki bu qoʻling ham yogʻda jizgʻanak boʻlsinmi?
Erkak ogʻlining sogʻ qoʻliga ishora qilib endi ularga boshidan beri bosh egib turgan qizga savol bn yuzlandi.
Taehyung:Unga shunday beeʼtibor boʼlyapman degin? Tushunarli
Fiona bir zum oʻzini oqlashga uringan onida bolakay enagasini aybsizligini aytadi.
Taeon:Men dada, men undan soʻradim oshxonaga olib kelishini usiz zerikib qolaman-ku!
Taehyung oʻgʻlining moʻltiragan koʻzlaridan oʻpib oʻzi bn yuqoriga olib ketdi.
Allaqachon kech tushib ulgurgan vaqt. Taeon va Fionaning tashabbusi bn tayyorlangan pishiriq tayyor boʻlgan va hozir tatib koʻrilish arafasida edi. Taeon oʻzidagi holat sabab koʻzidagi uchqun soʻngandek ammo kulib turadi. Oshxonaga enagasi bn tayyorlagan pishirigʻini maqtash uchun dadasini yetaklab kelar ekan toʻlqinlanib gapirardi.
Taeon:Fiosh bn qildik dada, siz ham yeb koʻring juda ajoyib chiqqan deysiz!
Taehyung:Albatta mening oʻgʻlimni qoʻli tekkan har biri mazali...
Fiona likopchalarga pishiriqni solar ularni stolga joyladi. Kelganiga bir necha hafta boʻlgan qiz Janobi va oʻzi qaraydigan bolakay yoxud "doʻst"i bn taomlanishga anchayin koʻnikkan edi. Qiz oxirgi boʻlib oʻzining likopchasi bn stol atrofidan joy egalladi. Kichik yoshdagilar uchun moslashtirilgan likopchadagi pirogni katta ishtiyoq va ishtaxa bn yeyishni boshlagan bolakay ilk luqmadanoq koʻzlari quvonchdan porladi.
Taeon:Mmm... Bu chindan mazali chiqibdi. Ikkimiz qilgan pirog~
Bolakay toʻlqinlanib tebranib qoʻydi.
Oʻgʻlining taʼrifidan soʻng pishiriqdan tatib koʻrgan Taehyung ham bir zumga jimib qoldi va tomoq qirib jilmaydi.
Taehyung:Chindan ham... Juda mazali chiqibdi. Qoʻling shirin ekan.
Qiz ham erkakdan qolishmaydigan tabassum bn dedi.
Bolakay doʻsti kelganidan buyon uning dadasiga tushunarsiz "Janob" degan murojaatdan noliydi.
Taeon:Aysh Fiosh~ men dadamni sen bn boʻlishaman dedim-ku! Uni dada deyishing mumkin. Toʻgʻrimi dada?
Erkak oʻgʻlining har doimgidek gapni shart aytishidan bu safar ham tomogʻida ovqat qolib yoʻtaldi. Fiona ham undan kam boʻlmagan hijolat bn boʻlsa-da Taehyungning yelkasidan qoqib unga suv tutadi.
Fiona:Yaxshimisiz Janob Kim? Buni ichib oling.
U erkakning keng yelkasidan oʻzi bilmas holida qoqib qoʻyar ekan erkak biroz tinchib yelkasida turgan qoʻllarga nazar tâshlagan onida qiz barchasini tushunib tezda qoʻllarini tortib oladi. Ularni tushunarsiz nigoh bn kuzatayotgan Taeon bir qoʻlda yeyishga qiynalayotganligi sabab gʻingshiydi. Enagasi buni sezib uning unga yaqinlashayotib ismini erkalash bn chaqiradi.
Bu yerda Tae qisqartmasi bn chaqiriladigan yolgʻiz Taeon emasligini uning dadasi ham biladi. Shu sabab qizning chaqiruviga ikkisi birdan u tomon yuzini burdi.Taehyung bu chaqiruv oʻziga emasligini bilib noqulay qimirlab qoʻyadi ammo qizning qoʻngʻiroq ovozida ismini erkalanganini eshitib yuragi titraydi. Bolakayga yaqinlashgan Fiona erkakning holatini tushunmay unga taomlanishda yordam beradi.
Taeon:Oyim ham dadamni Tae deb chaqirardilar...
Endi barchasini anglagan qiz uyatdan qizarib bosh egadi. Taehyung stol atrofiga kelganidan buyon oromida taomlanmay ularga yoqimli ishtaxa tilagan holda oshxonani tark etdi.
Sokin tun. Doim bolakay va enagasining shovqini bn toʻlgan xonadon devorlari endi tinch, shu qadar tinch-ki hatto mitti soatning zaif ovozi xonada eshitilib turadi. Bir necha soatdan buyon bosh ogʻrigʻi bn kurashayotgan erkak kursisiga bosh qoʻygan holda tin olmoqda. Sukut u sevgan hilqatlardan biri... Ammo bu sevilgan hilqat koʻpga bormay eshikning sekin ochilishi Taehyungning joyidan siljishiga sabab boʻldi. Shishgan va qizargan koʻzlar bn eshikdan kim kirganligini tekshirish uchun qarar ekan eshik yonida omonatgina kirmaymi? kirmaymi? deya ikkilanayotgan qoʻlida patnis tutib turgan mitti jussani payqadi.
Taehyung:Tinchlikmi? Taeon yaxshimi?
Fiona sekin bosh irgʻidi va gapirish uchun tomoq qirdi.
Fiona:Biroz oldin yaxshi ovqatlana olmagan edingiz va judayam charchoqli koʻringaningiz uchun sizga shirinlik va asalli choy olib keldim.
Qarshisidagi qizaloqning yashirin hislatlari ochilayotganidan entikib tabassum qilgan Taehyung unga kirishi uchun ruxsat berdi va tabassumini jiddiylik bn yashirishga urindi, ammo foydasi yoʻqdek u telba kabi kulishdan toʻxtamayapdi ayni dam.
Taehyung:Kir. Ammo nega limonli choy qahva emas?
Qiz bolakay aytgan maslahat asosida tayyorlagan taomiga qoʻrquv bn tikiladi.
Fiona:Men.. men oʻylagandim-ki.. Taeon...
Erkak ilk bor boricha lablarini yoyib xonani toʻldirib kuladi va qizni ermak qiladi.
Taehyung:Yoʻq hammasi joyida men qahvani yomon koʻraman. Sen buni bilishingni bilmagandim. Rahmat Taeonni Fioshi!
Erkak oʻynoqi nigohlari bn patnosga koʻchiradi.
Fiona erkakning gapidan Taeonni nazarda tutganligini tushunib bosh silkiydi.
U endi xonani tark etish fursati yetkanini oʻziga uqtirib erkakdan ruxsat soʻrab oʻgirilgan onida Taehyung uni toʻxtatadi.
Taehyung:Fiona, iltimos yelkamni uqalab( massaj) qilib qoʻya olasanmi?
-Qachon 18 yoshga kirasan? Savolimga savol bn javob berma.
-bir oydan soʻng... Lekin nega soʻrayapsiz Janob?
-Unda bir oydan soʻng nikoh shartnomasiga qoʻl qoʻyasan...
-Taeon, bolajonim yigʻlama iltimos! Biz seni tez orada qaytarib olamiz. Sen u vaqtgacha yigʻlamaslikka vaʼda ber!
Bolakayning koʻzlaridan yoshlarini sidirgan erkak choʻkkalab uning qulogʻiga shivirlaydi.
Taehyung:Seni qaytarib olishim uchun Fioshingni oʻzimniki qilsam boʻladimi?
Bolakay artilgan boʻlsada hamon yigʻlab bosh irgʻib rozilib beradi.
Taeon:Faqat vaqtinchaga... Uyga qaytganimdan soʻng oʻzimga qaytarasiz.