March 30, 2025

Yovuzning yuragi

2-QISM

Toʻsiqlarga qaramay sevdik...

...Yengil ammo kuchli ehtiros bilan meni yerga qulatgan erkak belim ortiga qoʻl choʻzdi. Boshidagi teginishlar va oʻpishlarga rozi boʻlganimning sababi bu men uni sogʻinganimdan edi. Ammo hozirgi teginishlariga shunchaki yengiltak ayol kabi jim qarab tura olmayman. Menga nisbatan ochiq boʻlib hislarini qoʻyib yuborgan erkakdan hurkib oʻzimni olib qochar ekanman, qoʻrquv koʻzlarimda akslanadi. Nima boʻlganligini nigohlarimdan oʻqigan yigitim barchasini tushunib mendan biroz uzoqlashdi ammo qoʻyib yubormadi. Allaqachon ochilib ulgurgan koʻylagim yoqasini toʻgʻirlashga uringan onimda hijolatni koʻzlarida ifodalagan yigit ularni oʻz tashabbusiga oldi.

Jimin:Kechirasiz Malikam, men biroz hislarimga erk berdim.

Jin ursin! Yana oʻsha rasmiy uslubdagi murojaat. Bu nimasi? Men bu masalada u bilan necha bor gaplashsamda u bunday munosabatdan oʻzini cheklashga urinmaydi. Meni ortimga burib kiyimimni tartiblayotgan yigitga boʻynimni hiyol buraman. Uning sovuq ammo yoqimli qoʻllari iliq haroratli tanamga tekkanida har qanday hayajonlantiruvchi holatlarni bosib keta olardi. Ammo hozir bu muhim emas men uchun... Unga tomon boʻynimni hiyol egib tund qiyofada soʻrayman.

Asi:Malikam? Nega yana bu sifat munosabat Jimin?

U hotirjam ishini tugatar ekan menga boshini koʻtarmay javob beradi.

Jimin:Malika ekanligingizni na men va na siz inkor eta olamiz. Bu haqiqat-ku!

Uning bu sifat ahmoqona tabaqalanish toʻgʻrisidagi gaplari jonimdan toʻydirdi. Jahlimni chimirilgan qoshlarimda akslantirib ortimda turgan erkakka keskin yuzimni buraman. Koʻylagim bogʻichini oxirgi nuqtasiga yetib kelgan yigit mening keskin harakatimdan koʻylagimga sarflagan mehnatiga achinib qaradi.

Asi:Agar menga yana bir bor Malikam deb murojaat qilsangiz oʻsha joriyalaringiz bilan vaqt oʻtkazganingiz maʼqul. Koʻzlarim boshqa koʻrmasin sizni yaramas tabaqachi!

Alamimni koʻylagim etagidan olib ularni keskin harakat bilan harakatga keltiraman va men bu yerga tashrif buyurgan tuynuk tomon odimlayman. Mening qiligʻimdan hafa boʻlganligimni anglagan Jimin bosib oʻtgan mitti qadamchalarimni oʻzining ulkan qadamlaridan ikkitasini sarflab meni oʻziga tortadi va quchogʻiga singdiradi. Yigʻi toʻlib ulgrugan koʻzlarim bilan uning yuziga qarar ekanman uning jinnicha tabassumiga duch kelaman. Yaramas, meni yigʻlatib hafa qilgani kamdek kulishini-chi buni.

Jimin:Hazillashdim kichkinam hazillashdim. Birgina hazilni deb koʻz yoshi qilib menga ort burishingiz yaramaydi azizam!

Yigʻlaganimda namlanadigan burnimni tortib uning quchogʻidan chiqishga urinaman. Shu on yana bir roʻmolcha paydo boʻlib burnimning suvini sidiradi. Bu yana qanday roʻmolcha? Tabiiyki uning bu munosabati menga yoqmay qora nigoh bilan unga tikilaman. Nigohlarimni oʻqigan yigit oʻynoqi kuladi.

Jimin:Havotir olmang bu boshqasi...

Demak u oyoq kiyimimni artgan roʻmolchadan yana bitta olib yuradi. Jin ursin! Ayni dam qarshimda yigitim emas enagamni koʻrgandek undan uzoqlashaman.

Asi:Siz ahmoq boʻlib qaytibsiz oʻsha hizmat safaringizdan, nima? Men sizga yosh bolamanmi? Allaqanday ahmoqona roʻmolchalar olib yurasiz, bilsangiz agar men allaqachon 16 yoshdaman.

Koʻrsatkich barmogʻimni niqtab gapirgan onim barmoqlarimga oʻynoqi tabassum bilan qaragan yaramas soʻzlarimni toʼgʻirlaydi.

Jimin:Aniqrogʻi 15 yoshdasiz.

Asi:16...

Jimin:Ikki haftadan soʻng...

U koʻksiga tegay deb turgan barmogʻimni kafti orasiga siqib gapiradi.

Jimin: Mening mitti gulim ikki haftadan soʻng 16 yoshga toʻladi. Oh, bu qanday sharaf a? Oʻsha on bu sifat roʻmolchalardan oʻzimga yana 10 tasini sovgʻa qilaman.

Asi:Nega oʻzingizga tugʻilgan kun meniki-ku!

U yana kuladi.

Jimin:Men ularni siz uchun olib yuraman kichkintoyim.

Ahmoq! Hozirning oʻzida uni kulib turgan yuzini mana shu qoʻllarim orasida yanchishga tayyorman.

Asi:Uchrashganimizdan buyon kichkinaligimni yuzimga solib qandaydir roʻmolchalar bilan menga enagalik qilyapsiz, bundan xulosa qilish mumkinki endi siz sevadigan qizaloq emasmiz. Endi sizga har qadamini kichikligini va nafosatliligini oʻlchaydigan va koʻngilni aynitadigan darajada yuzlari chaplangan ayollar yoqa boshlagan koʻrinadi. Shunday ekan meni boshqa bezovta qilmang, bu sifat roʻmolchalaringizni ulardan boʻlgan bolalaringiz uchun foydalaning ahmoq Park

Men asabiylashib aytgan gaplarimdan battar kulgan Jimin hamon mening sochlarimdan oʻynaydi.

Jimin:Ulardan boʻlgan bolalarimga? Oh yuzsiz kichkina, siz bolani qanday paydo boʻlishini qanday bilaqoldingiz?

Uning gaplaridan yuzim qizarib nooʻrin gapirib qoʻyganligimni anglayman. Ammo hamon bezbetlarcha undan koʻzimni olmayman.

Jimin:Keling yaxshisi boshqa rohat beruvchi biror nima qilamiz...

Shu tariqa kunni kech qilib oʻsha tuynukdan qasr ichiga kirib bordim. Kech qolganligimni tuynuk boshida uyoqdan buyoqqa xunob boʻlib borib kelayotgan Mariedan sezib oʻzimni biroz aybdor his qilaman.

Marie:Malikam, nihoyat... Sizdan juda havotir oldim. Hayriyatki Qirol Seol sizni qoshlariga chorlamadilar.

Asi:Shunday boʻlsa nima? Bilsa ham otamdan qoʻrmayman Marie!

U egnimga yopinchiq yoparkan havotir purkagan nigohini kiyimlarim yuzasida yugurtirdi.

Marie:Oh Malikam, siz qanday ahvoldasiz a? Havo ham ancha etni junjiktirmoqda. Tezroq ichkarilashimiz lozim...

Mariega shunchaki bosh silkib u yoqib turgan shamchiroq yordamida yoritilgan soʻqmoq boʻylab qasrning yashirin darvozasidan qasrga kirib bordim. Yarim kechada qoʻriqchilar koʻrib qolmasligi uchun ehtiyotkorona ikkinchi qavatda qator xona eshiklaridan och rangda ekanligi bilan ajralib turuvchi xonam eshigi yonida kirishishga shaylangan onimda kelgan ovoz joyimda toʻxtashimga sabab boʻldi.

-Malikam, bemahalda shu alfozda qayerdan kelyapsiz?

Ensa qotirib qarshimda mendan bir necha metr masofada joylashgan ayolga koʻz qirimda javob qilaman.

-Sizga hisob berishga majbur emasman.

Soʻzlarimni yakunlab xonam eshigidan ichkarilab egnimdagi yopinchiqni yotoq ustiga uloqtirib oʻzim ham yotoqqa qulayman.

Kuni boʻyi uning yonida boʻlganim yodimdan chiqmay shirin kulaman. Yuvinishim uchun kiyimlarimni toʻgʻirlayotgan Marie sirli tomoq qiradi. Uning bu tomoq qirishi menga tanish Jimin bilan oʻrtamizdagilarini yolgʻiz u biladi. Jiminning menga boʻlgan hislarini ochiqlantirishiga ham uning hissasi katta, garchi otam uni bu ishi uchun qattiq jazolashini bilsa-da meni yaxdhi koʻrganligidan meni xohishlarimni qoʻllab-quvvatlaydi. Koʻp kuttirmay koʻksimda meni yorib yuboray deyishga tayyor turgan hislarni unga toʻkib sochaman.

Asi:Ah Marrie! Bir koʻrsang edi uni, bir koʻrsang edi. Hizmat safaridan qaytganidan soʻng yanada koʻrkamlashibdi yaramasim oʻzimni...

Gaplarimni tashqariga chiqarganimda yengillanaman deb oʻylagan edim ammo ustiga ustak boʻlib yuzlarim uyatdan qizarib baqirib yubordim.

Marrie:Sarkarda Park oliyjanob va er kishi, Seol Qirolligida unga koʻz tikib turgan oʻspirin qizlar kam emas Malikam!

Uning gaplaridan hayajonim bir zumda yoʻqolib ayni dam meni qoʻrqitayotgan muammoni oʻylayman. U allaqachon uylanish yoshiga yetgan. Men esa hamon oʻz oyoq kiyimimni oʻzim tozalay olmaydigan ahmoq qizaloqman. Qolaversa u xohlagan hislarni ortigʻi tugul zigʻirchasini boʻlsa-da unga berolmayman. Hozir ayni navqiron yoshida Seol Qirolligi uchun ham katta yordam beryapdi. Uning yoqimtoyligi savlati va oliyjanobligi sabab Seolga qarshi urush ochgan Oqlar Malikasi ham sulhga rozi boʻldi, malikaning maqsadi ayon u esa Jiminga ega chiqish. Otamdan sulh evaziga Jiminni soʻragan ammo otam Jimin eng ishonganlaridan boʻlganligi uchun bu masalani keyinroqqa surgan. Bir-biridan xurliqo malikayu janonlar turganda u menga koʻngil qoʻyishi erishdek tuyildi. Lekin uni men ham sevaman. Jonimdan ortiq koʻraman uni.

Biroz oʻyga tolib qoldim shekilli Marrie yana tomoq qirib gapirib qoʻydi.

Marrie:Malikam, tozalanib oling sizga yordam beraman.

Tongdan koʻzlarimni erinchoqlik bilan ochib turishimga sababchi boʻlgan qizga oʻqrayaman.

Asi:Tinch qoʻy meni Marrie~ uxlashni xohlayman.

Uyqumga halaqit berayotgan quyosh nuridan yostiq bilan yuzimni toʻsaman. Marrie toza havo kirishi uchun derazalarni ochar ekan mayin ammo asabga oʻynovchi ovozda gapiradi.

Marrie:Qirol Seol Malikamni qoshlariga chorladilar. Uxlash yaramaydi yoʻqsa yana jazolanishingiz turgan gap...

Uning gaplaridan tosh bosib qolgan qovoqlarimni bazoʻr ochaman va yuzimni yuvish uchun oʻrnimdan siljiyman. Bir necha marta otam chorlagan vaqt kechikkanimda u meni hattot yozdiruvchilar yoki taʼlim beruvchilar orqali oʻn darra yo boʻlmaganda tushgacha oʻntacha kitobni qoʻlimda dast koʻtarib peshtaxtadagi harflarni oʻqishga majburlaydi.

Yana oʻsha Malikalar uchun moslashtirilgan bejirim kiyimlarda tartibli va odobli koʻrinishni yuzimda saqlab Qirol joylashgan zalga yoʻl olaman. Yoʻlakda Marrie otamning huzuriga kelganlimni darbonlarga yetkazadi va men ichkarilayman. Kirishim bilan mulozamat ila koʻylaklarim yonini ikki tomonga tortib taʼzim qilaman va otam koʻrsatgan oʻng tomonga joylashaman. Oʻng tomon men uchun sharaf garchi oʻzim uchun boʻlmasa-da boshqalarning koʻzida sharafli martaba deb bilaman. Ayniqsa men sabab otamning chap tomonidan joy oladigan oʻgay onamning nazdida... Unga gʻolibona qarab qoʻyaman. Otam men haqimda soʻraganidan soʻng darbon Sarkarda Park kelganini va kirishga ruxsat soʻrayotganligini eshitib ichim titradi. Qirolnikidan katta boʼlmagan ammo uncha kichik ham boʻlmagan taxtdan joy olganman. Oyoqlarim kaltaligi sabab yerga tegmay turibdi. Hozir iljaygan oʻynoqi tabassum bilan kirib kelishini oʻylab asabiylashganimdan oyoqlarimni joyida silkitib ularga tikilishni boshladim. Darbon ochib bergan darvozadan kirib kelar ekan otam unga joy koʻrsatmasidan oldin mulozamat chegarasida taʼzim qildi egilgan onida men silkitayotgan oyoqlarimga koʻz qirini tashlab kulib qoʻyganini his qildim. Shu on bu mening yoshimga toʻgʻri kelmagan ishni qilayotganligim ommani oldida mumkin emasligini anglab oyoqlarimni taxt orasiga tiqib oldim. Otam Jiminning taʼzimidan soʻng uning uchun ham yonidan uncha uzoq boʻlmagan kursidan joy berdi. Butun hayolim shu yaramasga sarflandi shekilli otamning bir nechta chaqiruvlarini oʻtkazib yuboribman.

Qirol Seol:Malikam!

Uning qatʼiyat ila chiqqan ovozidan choʻchib Qirol tomonga yuz buraman. Hayollarimni yigʻin olishimga bir necha soniya ketganligi uchun tutilib gapiraman.

Asi:L.labbay Hazrati Oliylari?

Endi otam mening dovdirashimdan havotir olib ahvolimni soʻragan boʻladi.

Seol:Bir necha bor sizga chaqiruv yoʻlladim.Tobingiz joyidami?

Otamga bosh silkib mendan bir necha metr masofa pastda joylashib olgan va meni mazah qilayotgan Jiminga qovoq uyaman.

Otam menga biroz havotir bilan qaraganidan soʻng menga tahsil beradigan hattot shoir va yana bir necha taʼlimotchini chorlaydi. Endi ignada oʻtirgan kabi bezovtalanaman. Chunki ularning menga nisbatan otamga qilinadigan shikoyatlari anchayin toʻplanib qolganini ogohlantirgan edi. Ana, hozir boshlanadi.

Birinchilikda kirib kelgan hattot taʼlimotchim otamga taʼzim qilganidan soʻng menga nazar tashlab qoʻydi va dilidagilarini toʻkib sochdi.

-Qirolim, Malikamiz haqida biror nimani xatolik ila aytish ojizligimdandir lek buni aytmasam boʻlmas...

Biroz bezovtalanib tomoq qirib qoʻzgʻalib qoʻyaman. Otam biror yomon shikoyat eshitishini tahmin qilib menga yuzini burib qoʻyadi xuddi ogohlantirgan kabi, soʻng hattotning gapirishiga ruxsat ils bosh irgʻaydi. Hattot avvalgidanda bosh egib yerga choʻkadi va soʻzlaydi.

-Soʻzlashimdan oldin men gʻarib faqirning bir qoshiq qonidan keching Hazrati Oliylari! Malikamiz bir necha haftadirki darslarni tuzuk olmayapdilar, taʼlim onida ham juda koʻp dakki va ogohlantirishlar orqali taʼlim olmoqdalar. Dars mobaynida qogʻozga allaqanday ajoyibotlarni rasmlarini solib oʻtiradilar. Hayollari bir joyda emas. Shu sababdan ham soʻnggi haftalarda natijaga chiqish kam boʻlmoqda.

Ensa qotirib koʻzlarimni qovoqlarim atrofida aylantirib qoʻyaman. Nima? Bularni men haqimda otamga shikoyat qilishdan boshqasiga yaramaydilarmi? Yana shunga oʻxshash bir necha dardlari ichiga toʻlib ketgan taʼlimotchilar shikoyatidan soʻng otam chuqur hoʻrsinib ularga ruxsat beradi. Endi xonada Otam oʻgay "onajonim" va oʻsha men darslarimdagi nuqsonimning sababchisi qoladi. Jimin bizni oilaviy suhbat qiladi deb oʻyladi shekilli oʻrnidan siljib otamga takalluf ila taʼzim qildi. Otam unga tushunarsiz yuz bilan boqib soʻzladi.

Seol:Sarkarda Park, siz bezovtalanmang. Siz ham deyarli oilam aʼzosiz. Shunday ekan bu masalada ishtirokka huquqingiz bor.

Otamning gaplaridan ogʻzim lang ochilib ularga tikilganimni sezmayman. Jimin ham mendan kam hayratlanmaganiga ishonchim komil. Umuman olganda dadam oilaviy munosabat u yoqda tursin hech bir mulozimlari bilan masala hal qilmaydi. Bu yaramas otaming ishonchiga shu darajada kirdimi deya savol tugʻiladi menda ammo kulib qoʻyaman. Umrim davomida otam yana bir adolatli hukm qilgandek hursand boʻlaman. Jimin bir kun baribir Seol oilasi aʼzosi boʻladi. Shunday ekan buni choʻzishga hech bir muammo koʻrmayapman. Otamning buyrugʻidan soʻng qayta joyiga choʻkkan yigitga koʻz qirida qarab qoʻyaman va gap eshitishimga tayyorlanib turaman.

Seol:Xoʻsh Malikam? Hattotlaringiz nimalarni soʻzladilar.

Hech bir qilgan aybimdan tonmay soʻzlashim mumkin edi ammo otamning chap yonidagi kimsa yonida meni tergashi... Men kichik boʻlsamda oʻz gʻurur bor.

Asi:Ota...

Otam hech ham uni ota deya atashimga qoʻymagan ayniqsa omma oldida, men esa doim jiddiy masalada shu chaqiruvdan foydalanaman. Hozir ham otam gapimni toʻgʻirlagan boʻladi.

Seol:Qirolim yoki Hazrati Oliylari ota deyish yaramaydi. Xoʻsh nima edi oʻsha sizni taʼlimdan cheklagan hayolotlar...

Otamning menga cheklov qoʻyishi hech ham yoqmagan ayniqsa unga ota deb murojaat qilishimni cheklashi farzandi borligidan hazar qilgandek tuyiladi menga.

Asi:Hazrati Oliylari yoki Qirolim deb murojaat qilsam qilmasam siz mening Padarimsiz yo nima hazar qilasizmi men sizning yagona zurriyotingiz ekanligimdan?

Oʻrnimdan turib yagona malika ekanligimni taʼkidlar ekanman oʻgay onamning tugʻmas xotin ekanligini ilmoqqa olib oʻtaman.

Otamning chap yonidagi qora ilon bezovtalanib otamga najot koʻzida qarab qoʻyadi.
Otam mening gaplarimdan jazavasi qoʻzib baqiradi.

Seol:Bu qanday yuzsizlik Malika Seol?

Men ham otamdan qolishmay baqiraman.

Asi:Yuzsizlik emas bu ayni haqiqat yo nima xotiningizni bepushtligini bilmaydi deb oʻylaganmidingiz?

Gaplarim tugamasidan yuzimga tarsaki kelib tushganini anglab yuzlarim ogʻriq ila qiziydi.

Seol:Oʻchir ovozingni betofiq!

Asi:Oʻchirmayman.

Yana bir tarsaki kelib tushish onida tarsaki menga emas qarshimda menga ort oʻgirgan tanaga uriladi. Qoʻrquvdan yumib olgan koʻzlarimni ochar ekanman oʻsha doimo bezakli kiyim kiyadigan yigitim meni himoya qilib tarsakiga oʻzini tutganini koʻrib gʻalati boʻlaman. U meni doimo himoya qilib kelgan.

-Hazratim, Malikamiz hali yosh bilmay soʻylab qoʻydilar afu eting ularni...

U egilib kechirim soʻrar ekan meni ortiga yashirganiga guvoh boʻlaman. Shu on magʻrur kulayotgan oʻgay onamga koʻzim tushadi. Doim shunday boʻlgan. Doim men uning uchun dakki eshitganman.Yaramas xotin! Doimo oʻzini sipo koʻrsatadi. Men otamdan tarsaki yegan paytimda nima qilishini bilmay faqat achingandek koʻrsatadi oʻzini.

Koʻzlarim qorayib yuzimdan qoʻlimni olmagan holda darvozadan tashqariga otilib chiqib ketaman.

Qirolning huzuriga uning oila aʼzolari, mulozimlari va zodagon mehmonlar tashrif buyura olganligi sabab Marie meni zalning tashqarisida kutib turishi kerak edi. Zaldan yuzimni silab koʻz yoshi qilib chiqqanimning sababini darrov tushungan doʻstim yonimga keladi.

Marie:Ah Malikam! Yana dakki eshitdingizmi?

Lablarimni burib bosh silkiyman. Shu on haligi megajinning xizmatkori patnosdagi harir yostiqchaga oʻxshash mato ustida kichik sandiqcha olib ketayotganiga koʻzim tushib qiziqish bilan yoʻlini toʻsaman. Seol Saltanatida otamdang boshqasi rayimga qarshi chiqolmaydi.

Shu sababdan ham qoʻrqmasdan qarshimda qaltirab turgan xizmatkorning qoʻlida turgan patnosdagi sandiachani ochib koʻraman. Ichida men hech ham hayolimga keltirmagan buyum:Jimin va Oqlar Malikasining rasmi tushurilgan kichik qattiq qogʻozcha uni qoʻlimga olib behosdan qovoqlarim uyiladi. Mahorat bilan chizilgan yigitim va oʻsha suyuq oyoq Malikaning siymosi bir-birining quchogʻiga singib ketay deb turibdi. Alam bilan rasmni gʻijimlar ekanman qaltirab turgan xizmatkorga zahrimni sochaman.

Asi:Suratni qayerdan olding va kimga olib borayotgan eding?

Uning dovdiragan nigohlar yer chizadi.

-M.malikam.m... Bu.bu

Gʻazabdan qichqirib yuboraman.

Asi:Kim dedim senga dovdirama!

-Seol... Qirolicha Seol uni olib kelishni buyurgan edilar.

U qoʻrqqanidan allaqachon koʻzi yoshlanib ulgurgan edi. Sezganimdek oʻsha yaramas xotinning xizmatkori oʻzi bilan hech ezgulikni llib yurmaydi xuddi oʻziga oʻxshab...

Zarda bilan ketishiga izn berar ekanman shiddatimni yoʻqotmay qasrni tark etaman.

Ifloslar. Barchasi bir boʻlib meni asabimni yeyishni reja qilganmi ahmoqlar. Hamon gʻazabimdan tushmay Seol Qirolligining Oqlar Malikasi bilan sulh tuzishiga sababchi boʻlgan insonning suratlarini oʼzim uchun ajratilgan qasrning har bir burchak burchagidan olidirib tashlayman. Ochiqchasiga mazharalashlarni yutadigan yoshdan oʻtganimga ancha boʻlgan. Toqatim toq boʻlib xonaning ikki burchagida uzluksiz yurar ekanman ohistalik bilan ochilgan xonam eshigi meni diqqatimni boʻladi.

Marrie:Sarkarda Park sizni qasrning orqa tomonida kutmoqdalar Malikam.

Marie ochib bergan yashirin darvozadan tashqariga chiqqan onim tanish gavdaga koʻzim tushadi. Negadir u bugun otliqda emasdi. Shamchiroq yordamida qorongʻulikka singib unga yaqinlashaman va ortimda turgan Mariening ketishiga izn beraman. Qoʻllarimni kaftlari orasiga olgan yigit bosh barmogʻida ularni silab qoʻyadi. Men esa qoʻllarimni tortib olaman u tushunmagan yuz bilan menga tikiladi.

Jimin:Malikam?

Uning mayin ovozini kesib tashlayman.

Asi:Malikam demang meni. Oʻzim ham oʻylagan edim har doimgi xizmat safaridek emas bunisi deb...

U yana menga hayron yuz bilan tikiladi.

Jimin:Malikam nimani nazarda tutayotganingizni anglay olmayapman. Keling bafurja...

U endi erkinlik bilan belimdan quchishga uringan onida oʻzimni ortga olaman.

Asi: Bafurja gaplashmayman angladingizmi?

Jimin:Nima sizni bu darajada jizzaki boʻlishingizga majburladi azizam?

Koʻksimda saqlab turgan qogʻoz parchasini uning yuziga uloqtiraman.

Asi:Nega jizzaki boʻlib qolganimni balki mana shu laʼnati suratdagi jismlarning yaqinligi sabab boʻlgandir...

Uloqtirish oqibatida yerga tushgan suratni qoʻllari orasiga olgan yigitim biroz kuladi.

Jimin:Bu sababdan edimi?

Asi:Siz yana meni mazah qilyapsizmi? A?Bu suratni kimlar koʻrishga ishtiyoqmand boʻlayotganini bilyapsizmi?

Jimin:Kim ekan u?

Asi: Qirolicha Seol! Mmm? Faxrlimi? Faxrlaning oʻzingizdan, axir butun Qirollik qizlari sizga oshiq xatto oʻsha erli Soojin ham...

Unga oxirgi bor qarab oʻsha shiddat bilan ort burar ekanman baquvvat qoʻllar meni oʻziga tortib lablarimda issiq taftni his qilishimga majburlaydi. Suyuq yaramas, yana shilqimlik bilan eritmoqchimi meni? Lablarimdagi lazzatni his qilmasidan siltanib quchogʻidan chiqaman va koʻrsatkich barmogʻimni hamon ustimdan kulayotgan munofiqning koʻksiga tirab gapiraman.

Asi:Koʻzimga boshqa koʻrinmang. Ketavering oʻsha Oqlar Malikasi siz uchun yuborgan elchisi bilan...

Endi men ham uning ustidan koʻr-koʻrona kuylayotgan edim. Chunki Qirollik anʼanalariga koʻra faqatgina qizlarga yigitlar tomonidan elchi yuborilar edi. Ammo Jiminda teskarisi boʻlganligi uchun alamda bundan foydalandim.

U endi menga yaqinlashib quchmoqchi boʻladi ammo men xohlamay ortga chekinaman va qasrdan chiqqan darvoza orqali ichkarilayman...

2-QISM TUGADI.

:::Keyingi qismda:::

Yotogʻimda mendan boshqa yana kimdir borligini payqab ortimga oʻgirilaman. Bellarimdan quchib bamaylixotir uxlayotgan yigitga olaygan koʻzlarda boqib shivirlab uni turtaman.

-Hoy! Qayerdan paydo boʻlsingiz..?

U uyqusiragan koʻzlarini hiyol ochib meni battar quchogʻiga singdiradi.

-Osmondan tushdim. Sarkarda Parkka muhtoj Malikaning nolalarini tinglagan turnalar meni derazangizdan uloqtirib ketishdi.

Uning uyqusirabmi yo hazilga olibmi aytayotgan gaplaridan kulgim qistaydi ammo hamon arazda boʻlganligim sabab joyimdan tipirchilayman. Shu on yana boʻynim ortini kuydiruvchi nafas bilan pichirlash eshitiladi.

-Tinch yoting. Yoʻqsa shu oyoqlaringizni pitirlata olmaydigan darajaga kelishiga shaxsan oʻzim yordam beraman...