Yovuzning yuragi
"Toʻsiqlarga qaramay sevdik..."
Hafsala ila Qirol qoshidan chiqar ekanman mening mitti gulimga qilib kelinayotgan nohaqliklariga koʻksimda ogʻriq turadi. Oʻz nafsining qul kimsasi sabab murgʻak qalbligim azob chekadi. Bu chindan ogʻriqli. Hayollarimdagi oʻzim bilan oʻzim qilayotgan muhokamam sabab ortimdan kimdir sekin ammo shoshilinchda yugurib kelayotganini payqab toʻxtayman-u ortimga oʻgirilaman. Bu oʻsha Qirol haramiga tegishli kanizaklardan biri edi. Uni aynan kim yuborganligini allaqachon tahmin qilib qoshlarim oʻrtasi tuguncha hosil qilib ulgurgan edi. Hurmat yuzasidan taʼzim qilar ekan menga qaramasdan muddaoga oʻtadi.
-Janob Park, Qirolicha Seol sizni qoshlariga chorlamoqdalar.
-Ne sababdan,-sababini bilsamda sovuqqonlikda gapiraman.
-Sarkardamiz buyuk sharaf ila Seol Qirolligini bir oʻlimdan qutqarganlik sababidan sizni qoshlarida shaxsan oʻzlari in'om ila siylamoqchilar,- unga qaratilgan oʻtkir nigohimdan qocha olmagan kanizak tutila tutila sababni bayon qiladi.
Uni rad eta olmasligim Qirolga hurmatsizlik boʻlishini bilaman ammo Qirolicha Seol bir necha soat kutsa zarari yoʻq. Qarshimda hamon egilib turgan kanizakka bir necha soatdan soʻng Qirolicha qoshiga tashrif buyurishimni bayon qilib qasrni shahdam qadam ila tark etaman.
Seol Qirolligini tark etgan bir oyim mobaynida ham oromimda boʻlmaganim uchun va gʻalabadan soʻng ham uzluksiz boʻlayotgan kechki bazm hamda ziyofatlar sabab anchayin toliqqan edim. Oʻzim uchun ajratilgan kichik boʻlsada shinam boshpanamga oyoq qoʻyishim ila koʻzlarim uyqudan ochilolmayotganini payqab yotoqxonamga yoʻnalishni buraman.
Xona devorlariga ilingan nafis va hozirgi davrning qimmatbaho suratlari hozirgi zamonning old suratlari ekanligi yaqqol. Qolaversa eng jozibali ranglar uyushmasidan bezatilgan xona va xonaga mos mebellardan Qirollik oilasiga tegishli qasr ichi ekanligini tahmin qilish qiyin emas. Ayni dam sukunat bilan tinglangan xabar bir necha soat oʻtibdiki Qirolicha figʻonini falakka koʻtaradi. Bejirim uzuk bilan toʻlgan qoʻlidagi roʻmolchani siqimlab Sarkarda Parkning bir necha soatdan soʻng tashrik buyurishini yetikazgan kanizakka oʻshiqardi.
-Ne uchun u hamon yoʻq?-koʻzlarida gʻazab oʻynaydi.
Kanizak hurkigan koʻzlarini koʻz devorlariga bezovta oʻynatib sokin ammo havotirli soʻzlaydi,
-Qirolicham, Sarkarda Park yana bir necha daqiqa...
Kanizakning soʻzlarini baqiriq ila boʻlgan Qirolicha Seol gʻazabdan gʻijimlayotgan roʻmolchani kanizakning yuziga uloqtiradi,-Yoʻqol koʻzimdan
Shu on xona eshigi sokin chertiladi va ovoz yangraydi.
-Qirolicham, Sarkarda Park huzuringizga tashrif qilishlari uchun ruxsat soʻramoqdalar.
Kutish hissi ichini kuydirganligi sabab boʻyoq chaplangan labini tishlayotgan Qirolicha darbon xabaridan tishlari orasidan lablarini boʻshatib ularda tabassumni oʻynatadi va sokin javob qiladi.
Butun ong-u shurimni darbon ochib bergan eshikdan ostona hatlagan erkakka koʻchiraman. Har safar koʻrganimda har xil hissiyot beradigan oʻsha tillarang sochli men sevgan erkak jiddiylik ila qarshimda turibdi. Egnidagi harbiy boʻlinma uchun rasmiy kiyim ham hatto uni koʻrkam koʻrsatadi. Unga ortiq tikilib turishni xohlamay erkakka talpinaman. Uning men sevadigan tanasini quchogʻimda boʻlishini xohlamagan koʻrinadi shekilli u jiddiy qiyofada sovuq ifoda bilan oʻzini chetga oladi.
-Qirolicham,-taʼzim qilib qoʻyadi.
Qirolicha hech narsaga tushunmay yosh toʻlib ulgurgan yoshlarini sarkardadan uzmay alam ila gapiradi.
-A.azizim,-ayol yana erkakka tomon odimlaydi. Endi erkak keskin oʻzini tortadi va jiddiy ohangda:-Qirolicham, huzuringizga chorlabsiz,biror zaruriyatingiz bor edimi?
-Qanday zaruriyat Jimin? Men sizni ne masalada qoshimga chorlaganim ikkimizgada ayon.
-Nazdimda kaminaning ismi bilan murojaat qilish darajasida yaqinligimiz yoʻq Qirolicha Seol.
-Oh dod! Bu qanday koʻrgilik boʻldi ekan erli juvon sanalmishlar boshqasining quchogʻiga ilondek chirmashsalar...
Jimin endi oʻzini keskin ortga oldi koʻzlarida akslangan uchqun bu shunchaki gʻazab emasligi ayon edi.
-Oʻzingizni muhofaza qiling Qirolicham siz axir Seol Qirolligining latofatda tengsiz Qirolichasisiz. Bu harakatlaringiz ila siz kirgan kovakka menida tortasiz. Shunday ekan biror bir yumush yuzasidan boʻlmasa meni huzuringizga chorlamang. Kuningiz hayrli oʻtsin,-dedi xonadan chiqish oldi taʼzim qilib.
Qirolicha Seol sobiq sevgilisi boʻlgan sarkardaning harakatlaridan gʻazab otiga mingani yuzidan ayon edi. Lablarini alam ila tishlar ekan eshikdan chiqayotgan sarkardaga vishillaydi,-Jimin,oʻsha kichik yaramas oyoqlaringiz ostida oʻralashishini xohlamayman. Erkak ayol jumlalaridan hayronlik ila ortiga yuz buradi.
-U kichik yaramas emas Soojin. U mening butun borligʻim! Hurmat chegarasidan oshib oʻtish darajasida figʻonimni falakka otyotganing oʻzingga ayondir? Iltimos, meni ortiq huzuringga chorlama. Erkak soʻnggi soʻzlardan eshik tomon qadam bosadi. Ammo ayol hamon uni olib qolish umidini soʻndirmay koʻzida yoshi qalqiydi.
-Sevgimizchi? Siz sevgan oʻsha Soojinni yolgʻiz qoldirasizmi sevgi bogʻimizda?
-Sevgimizni toʻyingni ilk kechasida bokiraliging ila Qirolga sotgansan. Men bilgan Soojin esa allaqachon koʻnglim tuproqlarida jon taslim qilgan.
Boʻshliq. Endi choʻgʻ boʻlib alangalanishga urinayotgan umid uchquni ham butkul soʻndi. Koʻzlardagi yoshlar oxiri yoʻqdek oqadi. Bir necha daqiqa oldin kanizakka uloqtirilib va sarkarda kirganida qoʻlga qayta olinga bejirim dasroʻmolcha xuddi oʻsha nozik qoʻllar orasida polga alam ila uriladi. Bir necha tomchidan soʻng pol ham hoʻllanadi va bagʻriga unsiz yomgʻirlanayotgan bulutni oladi.Koʻngilda esa hamon boʻshliq...
Sevgilisiga ayta olmagan jumlalarni lablari orasida pichirlaydi,-Kechiring meni Jimin, kechiring men ahmoqni...
Xona endi butkul oʻzgargan tahminiy soatlar avval tartibli ekanligidan jarang sochayotgan xona burchlari oʻsha bejirim va qimmat baxo suratlarning parchalari ila bezatilgan edi. Yaratilgan sanʼat asaridan qoʻllari qonashgacha borgan Soojin alamla qichqiradi,-Kanizak! Qirolichasining qoshiga bir zumda yetib kelgan kanizak uning ahvolidan sarosimaga tushadi,-Qirolicham, qoʻlingiz...
-Hoziroq Zulmat Qiroli Jeonga chopar yuborilsin. Seol Qirolligining chiroyda tengi yoʻq Malikasi unga tegishli boʻlgay,-kanizagining havotirli qichqirishiga eʼtibor bermagan Soojin uning qoʻllaridan qondan qoraygan panjasini tortib oladi va jirkanchli kuladi.
Jahlim allaqachon mushtlarimda jam boʻlib ulgurgan ammo oʻzimni tinchlantiraman. Har safargi tashrifim yakunidan mustasno boʻlmagan qoralik meni egallab olgan. Dilimdagilarni chiqarish uchun atrofga boqaman. Hech narsa oʻzgarmagan. Hech biri oʻzgarishsiz va harakatsiz qotgandek yana oʻsha voqealar koʻz oldimda gavdalanadi.
Ikki qalbni birlashtirgan kulbada har doimgidek kulgular yangramaydi bir necha kundan buyon zarrasini sochgan oʻsha xunrezlik koʻrinish berib sevgiga toʻlgan suxbat oʻrnini ginaliklar toʻldiradi.
-Soojin, meni ham tushun azizam iltimos,-oʻsmirlik davrini endigina bosib oʻtgan va katta hayotga qadam qoʻygan ovozda gapiradi yigit. Oʻziga yuz burib tashqariga otilayotgan qizning tirsaklaridan ilib qolishga urinadi ammo qizning qaysarligi ustun kelib yigitchaning qoʻlidan siltanib chiqadi.
-Nimani tushunay a?, -dedi yigitga oʻgirilgan oni,-ayting Jimin nimani tushunay, mana shu kulbaga meni tiqib qoʻynimni puch yongʻoqqa toʻldirganingiznimi yoki bir necha kundan buyon boʻsh qoʻl ila qaytayotganingiznimi? Ayting qay birini tushunay?
-Sevgilim demang tushundingizmi? Aslo endi meni bunday atay koʻrmang,-qiz koʻrsatkich barmogʻini yigitga niqtaydi.
-Soojin, senga nima boʻlyapdi? Aslida men senga tushuna olmayapman.
-Tushunmaysiz ham tushunolmaysiz. Siz meni mana shu gʻurbatga va chirkinlikka botgan kulbangiz va past tabaqangiz bilan hech qachon tushunolmaysiz.
Hissizlik. Yigit koʻzlarida boʻshliq. Qizning nozik tanasiga intilgan qoʻllar havoda qotgan. Lablar titraydi. Koʻzlar sohiliga koʻzyoshlar uriladi ammo ular ham harakatsiz. U ilk koʻrishda oshiq boʻlgan oʻsha quvnoq koʻzlar endi yoʻq edi. Oʻsha ochlik va tashnalikda ham shukurni tilidan qoldirmagan, har bir kunidan baxt yasab yashagan va eng muhimi Jiminning begʻubor Soojini yoʻq edi.
-Kulba degin..,-yigit gapiraturib koʻzisohilida qotgan dengizning toʻsiqlarini ochadi. Koʻz yosh yuzini yuvadi. Yigʻlab turib kuladi.
-Ha kulba. Qaror qildim. Ortiq bu sassiq va chirkinlik bosgan bu tashlandiq joyda qolishni istamayman. Ayniqsa sizdek tagi past bilan yashayolmayman.
Qiz allaqachon koʻp boʻlmasa-da mavjud boʻlmagan eskiligi bilinin turgan koʻylaklarini qoʻliga oladi. Yigit hamon sukutda shunchaki koʻz yoshlari gapirmoqda. Koʻnglidagi alanggani oʻchira olmagan yoshli sohil oʻzini tashqi tomonga otadi. Shu on qiz qoʻliga ilingan kiyimlarnida jirkanish hissi bilan uloqtiradi,-Aslini olganda bu lattalar ham yaroqsiz...
Qiz endi oʻzi bir necha oydan buyon maoshidan yigʻib kelayotgan chaqalarni bolish ostidan olib kirligidan ranglari oʻchgan koʻylagi ichiga tiqib chiqish eshigiga yaqinlashadi. Koʻzlardagi umid hamon soʻnmagan sevgilisining harakatlarida oʻzgarishida oʻzini ayblagan yigit yana qizning qoʻllaridan tutadi,-Ketma iltimos Soojinim ketma. Men..,-koʻzlarida yoshlarni sidirgan yigit koʻksiga qoʻlini qoʻyib gapirishda davom etadi,-Men albatta sen uchun pul topaman. Zaruriyat tugʻilsa tun-u kun ishlayman. Oʻsha sen xohlagan qasrdek uyimiz va muhimi sen orzu qilgan qimmat taqinchoq va oʻsha madmuazellar kiyadigan koʻylaklaring boʻladi. Oz qoldi sevgilim oz qoldi. Faqat senga ketma.
Qiz yigitning umidla kulib aytgan kelajagiga nisbatan kuladi,-Qasrmi? Qimmat baxo kiyimlar deng? Lekin qaysi pulingizga? Qaysi pulingizga meni madmuazel kabi qilolasiz. Siz tun-u kun ishlab topgan sariq chaqangizga zeb-u ziynat uyoqda tursin, tuzuklik taqinchoq bermaydi. Shunday ekan meni yoʻlimni ortiq toʻsmang Jimin.
Yigit hamon qaltirar ammo qizning qoʻllarini qoʻyib yubormaydi.
-Sevgimizchi Soojin. Men seni sevaman axir.
-Sevgimizni va Jiminni qalbim tuproqlariga koʻmdim. Shunday ekan endi erkiman. Meni tinch qoʻying. Meni porloq istiqbol kutmoqda.
Umri davomida bor mehrini bergan insoni tark etar ekan yigitcha butkul singanini va endi qaytib tiklanmasligini oʻziga uqtiradi. Yonayotgan koʻksiga qoʻlini qoʻyar ekan qaltirayotgan tizzalar endi tik turolmasligini anglab yerga tiz choʻkadi.
-Nega?,-baqiradi u boshini poldan olmay,-Nega menda hech kim yoʻq? Nima uchun? Qaysi aybim uchun?
Qoʻllar tuproqni ezgʻilaydi va shu on sochlarida teginishni his qilgan yigit bosh koʻtaradi. Koʻz yoshga toʻlgan koʻz kosasidan koʻz yoshni aritar ekan qarshisida uning sochlarini silab unga qoʻshilib yigʻlayotgan qizaloqni koʻradi.
-M.malikam? S.siz bu yerda..,-u oʻrnidan turib kichik Malikasining boʻyiga tenglashib choʻnqayadi. Qizaloq ham yigʻlar chiroyli lablari buralib shirin qizaloqni yanada shirin qilgan edi.
-Yigʻlamang Jimin,-dedi qoʻngʻroq ovozda,-Nega yigʻlayapsiz?
-M.men..,-dovdiraydi yigit koʻzidagi yoshini artib qizaloqni loʻppi yuzini qoʻllari orasiga oladi,-Siz bu yerga qanday qilib keldingiz?
-Sizning ortingizdan sezdirmay yurib.., dedi battar yigʻlashdan oldin,-Lekin siz... Siz nega yigʻlayapsiz? Anavi xotinni debmi?
Qizaloq bir necha daqiqa oldin Soojin ketgan soʻqmoqqa ishora qiladi.
-Yoʻq Malikam men yigʻlamadim. Shunchaki,-yigit koʻzidagi yoshni sidiradi,-Shunchaki ogʻriyapdi.
Yigit Malikani Qirollik izlab yuribdi degan shubxa bilan oʻrnidan qoʻzgʻaladi.
-Siz nega yigʻlayapsiz? Qasrni sogʻindingizmi?,-deydi qizaloqni qasrga yetkazish uchun joyidan qoʻzgʻalib. Qizaloq Jiminning gaplariga inkor maʼnosida bosh silkiydi.
Jimin qizaloqning gaplaridan kulib uni dast koʻtarib oladi.
-Qani endi qasrga boramiz. Malikamizni mulozimlar qidirayotgani aniq.
-Meni Malikam demang,-Qizaloq qovoq uyadi,-Asi. Meni ismim bor axir. Asi deb chaqiring.
Yonib turgan yuragimga najot suvi kabi edi u qizaloq. Meni bir zumgada yolgʻiz qoʻymas, qasr boʻylab ortimdan izma-iz yurardi. Uning shoʻx gaplari, kulgulari, qovoq uyib qosh chimirishi juda ajoyib edi. Hali juda kichik boʻlishiga qaramay jumlalarni shu darajada taxlab gapirardiki bunga kulib yengilishdan oʻzga chora koʻrmayotgan edim. Shunday kunlarning birida u aytgan gapdan soʻng menga boʻlgan iliqligi shunchaki bolalik hissiyotlari emasdek tuyildi.Ammo men hayotni tanib ulgurgan shaxs sifatida bu qizaloqning hislarini yosh bolalikka yoʻyaman. Soojin meni tark etganiga oy toʻlgan kezlari men unga judayam oʻrganib qolganimni, soniyagada yoʻqolsa koʻzlarim beixtiyor uni izlashini, gap orasida koʻz suzishlarini juda sogʻinadigan boʻldim.
Ortimdan kelgan oʻsha tanish qoʻngʻiroq ovozdan yuzimda nim tabassum yuguradi va ortimga yuz buraman,-Malikam,-shu on oʻrnimdan siljiyman deganimda u yonimga chaqqonlikda oʻtirib mitti qoʻlchalari orasiga yuzimni oladi. Uning harakati sokin ammo tezda sodir boʻlganidan anqayib qolaman.
-Men qaror qildim,-soʻzlaydi u yanogʻimni barmoqchalari bilan silab.
U yuzimni biroz siqib ushlagani uchun lablarim old tomonga choʻzilib chiqqan edi. U bir zum choʻchchaygan lablarimga tikilib qiqirlab kuladi. Uning qaroriga hamon qiziqmoqdaman.
-Malikamning qarorlarini eshitish uchun faqirning quloqlari tayyor,-deyman lablarim qisilgan boʻlsada.
-Men qaror qildimki..,-u endi koʻzchalarini yuzimda sayr qildiradi,-Qaror qildimki..,-jumlalarni tahlab ulgurganini men ham u ham bilamiz.
-Qaror qildimki,-qizaloq yumaloq koʻzlarini qattiq yumadi,-18yoshimda sizga turmushga chiqaman.
Uning gaplaridan biroz hayratda qolaman. U jumlalarni yakunlagandan soʻng koʻzlarini ochib uning gapiga boʻlgan emotsiyamni kuzatadi. Tabiiyki men bu mittivoyning gaplarini jiddiy olmayman va yuzlarim mitti qoʻllarda siqilishga qaramay kulib yuboraman.
-Oh Malikam!,-deyman yuzlarimni kaftchalar orasidan boʻshatishga urunib.
U mening kulgimdan qovoqlarini uyib kaftlaridagi bosimni oshiradi va yuzimga yaqin keladi.
-Nima men hazillashayotganga oʻxshaymanmi? Yo maymun raqsiga tushyapmanmi? Nega kulasiz?
Men uning yosh bolalarcha jahlidan battar kulaman. Shu on lablarimda kichik iliqlik his qilaman. Koʻzlarim hayratdan ochilar ekan kichik boʻsani boshlagan Malika oʻzini ortga tortadi va endi oʻrnida oʻtirmay yugurgilab ketadi. Men uning qiliqlaridan hamon hayratlanib ortidan tikilaman. U uzoqlashishidan oldin ortga oʼgirilib bor ovozda baqiradi.
-Yaramas Park siz bir kun baribir mening erim boʻlasiz,-deya qasr ichiga shoʻngʻir ekan 9 yoshli qizaloqning gaplari endi yosh bolalarcha his emasligini anglagandek nim tabassum qilaman ammo koʻnglimda havotir uygʻonadi.
Kunlar shu tarzda oʻtishda davom etadi. Endi Soojinning oʻrni avvalgidek ogʻriqli emasdek tuyiladi. Oʻzgalar uchun kulba ammo mening uchun eng yaxshi boshpanamda tushlik uchun kuymalanayotgan onimda hovlidan ot dupuri eshitiladi. Derazadan moʻralar ekanman Qirollik otligʻi kelganidan koʻksimda gʻulgʻula uygʻonadi. Chunki otliq faqatgina rasmiy va zarur masalalar yuzasidan oddiy ishchilar uyida paydo boʻladi. Tinchlik boʻlishini tilab hovliga chiqar ekanman,-Tinchlikmi,-deya savol beraman.Otliq oʻrnidan siljimay qimmatbaho qogʻozni qoʻllariga olib gapiradi.
-Tiz choʻking, bu Qirol farmoni.
Qirollikka tegishli otliq menga rasmiy buyruq berib koʻzlarini ochilgan qogʻozga burgan on tiz choʻkaman ammo qalbimda notinchlik uygʻunlashib ulgurgan edi...
Farmon oʻqib bitilganidan soʻng zudlikda Seol qasrida, Qirol Seol huzurlarida hozir boʻlishimni taʼkidlagan otliq qanday shiddat ila ot yugurtirib kelgan boʻlsa shu tarzda u yerni tark etadi.
Lavozimim uchun moslangan rasmiy harbiy kiyimim qatini asabiylik ila siqaman. Hech bir oddiy lavozimdagi askar bilan yuzma-yuz koʻrishib suxbatlashmaydigan Qirol nega aynan men bilan xonada yolgʻiz gaplashishni xohlagani meni qiziqtirib qolmay asabiylashishimga ham sabab boʻlgan edi.
Qiziga nisbatan juda qattiqqoʻl ota boʻlganligi sabab Asining shoʻxliklari baʼzida uni jazavasini qoʻzgʻaydi. Kichik hato uchun ham jazolaydi. Agar oddiy askar bilan doʻst tutinganganini va shu doʻstlik orasida boshqa rishtalar ham borligini bilsa murgʻak joniga jabr boʻlishi va bu jabr aynan men sabab boʻlishi meni havotirga soladi. Har holda kulgulari va qiliqlari bilan men toshbagʻirni erita olgan yagona va mitti qizaloq u.Darbonning bergan xabaridan soʻng tizzalarimni bukib yerga qoʻyaman. Ohista ammo shiddatli qadamlarni payqayman lekin biroz qaltiroq turgan tanamni tiz choʻktirishdan cheklanmayman. 40-50 yosh oʻrtasida boʻlgan Qirol u uchun tayyorlangan taxtdan joy olib menga buyruq beradi.
Uning buyrugʻiga soʻzsiz bosh silkib boshimni hiyol koʻtaraman. U meni sinchiklab kuzatar ekan tomoq qirib qoʻyadi.
-Hmm, berilgan taʼriflar rostga oʻxshaydi.
Uning nima deyotganini anglamasam ham u nima haqida gapirganini soʻrashga hamon jurʼat kamlik qiladi.
-Koʻzimga qara,-yana buyruq ohangida gapirar ekan men unga yuz buraman.
-Oʻzingni mendan qoʻrqayotgandek koʻrsatishga urunma yigitcha,-hirilloq ovozda kuladi u.
Uning yuziga qarab turibman ammo tanam hotirjam. U menga qanchalik sinchkovlik ila tikilsa men ham uning nigohidan qochmayman.
-Odamlarning gaplari rost shekilli,-yana jumboqli gaplarni qatorlashtirgan Qirol endi meni boshdan oyoq kuzata boshlaydi.
-Ular aytgani kabi yosh va zabardast eng muhimi qoʻrqmas koʻrinyapsan koʻzimga sen yigitcha,-uning mensimay aytayotgan "yigitcha" taʼrifidan asabiylashishni boshlayman.
-Tinchlan,isming nima?-ismimni bilsada koʻzlarini mendan uzmaydi.
-Ismim huzuringizga men tashrif buyurmasimdan oldin sizga ayon ekanligi ikkimizga ham ayon zoti oliylari,-ilk jumlalarni terib asabiylikdan taranglashib ulgurgan peshonamni yengil qoʻyishga urunaman.
Gaplarimni tugatib ulgurmasimdan devor burchaklariga xira va biroz yoqimsiz kulgu ovozi singib oʻtadi.
-Sen menga yoqib qolyapsan yigitcha,-kulgudan oʻzini rostlab gapiradi Qirol.
Shu on xona eshiklari tashqidan shovqin bilan taqillaydi va zum oʻtmay koʻzlari havotir va nafratdanmi qisilgan, tekis nafas olishi mushkul boʻlgan qizaloq eshikdan otilib kiradi. Qizaloq menga bir zum koʻzini tikib turar ekan tap tortmay otasiga yaqinlashadi. Unga ham hurmat yuzasidan taʼzim qilaman.
Qirol allaqachon asabiylashib oʻshqirishga ham ulgurgan edi.
-Bu qanday betarbiyalik Malika Seol?,-gʻazab ila oʻrnidan siljiydi va men endi Asining holidan chinakam havotir olishni boshlagan edim. Koʻzlari gʻazabdan yongan qiz otasidan qolishmay oʻshqiradi.
-Unga nima qilmoqchisiz ota?-qizaloqning kim haqida gapirayotgani ikkimizga ham ayon edi.
-Qonimni qaynatishni boshlading betofiq!-xonada erkak ovozi balandlaydi.
-Sizda meni qonimni qaynatishni boshladingiz,- u endi hech ikkilanmay menga yaqin keladida qoʻlimdan tutadi. Men hamon dovdirayman. Biroz oldingi jasurligim yoʻqolgandek oʻzimdan emas Asining keyingi hayoti toʻgʻrisida oʻylayman.
Qirol Asining harakatlaridan allaqachon hayratga tushgan va koʻzlari qonga toʻlib ulgurgan edi.
-Men uni sevaman ota! Toki men hayot ekanman siz unga hech bir yomonlik qilishingizga yoʻl qoʻymayman.
Xona burchlarida qizaloqning ingichka ovozi yangraganidan zum oʻtmay tarsaki ovozi eshitiladi. Bir zum boʻlgan ishdan shoshib tarsaki yegan Malikani ortimga yashiraman.
-Sen iflos nonkoʻr! Padaringga qanday ravo koʻrding bularni?
U endi menga tikiladi. Koʻzlaridagi gʻazab soʻnmagan men ham unga hech bir oʻzgarishsiz tikilaman ammo hozir buning mavridi emasligini anglab bosh egaman.
-Kechiring Qirolim Malikamiz hali kichik, unga zulm qilmang.
Qirol hamon gʻazabdan yonadi. Ortimdagi qizaloq darbonlar yordamida olib chiqilar ekan qichqiradi.
-Meni qancha jazolasangiz ham Parkni sevishdan toʻxtamayman ota...
Yozuvchidan:Barchangiz ijod mahsulimdan zavqlanyapsiz deya umid qilaman Chagilarim. Oʻylaymanki endi Soojin va Jiminning munosabatlari Soojin hamda Asining ziddiyatlari oydinlashdi degan umiddaman. Vaʼda qilingan joyigacha yoza olmadim. Kechiring!