Babysitter
...Taehyung:Taeon... yogʻ... Yoʻq, boʻlishi mumkin emas.
Oshxonadan kelgan ovoz sabab bir nafasda u yerda paydo boʻlgan juftlik idishdagi yogʻ polga qorishgani va yogʻ toʻkilgan sabab qizarib shishishga ulgurgan qoʻlchasini quchib yigʻlayotgan Taeonga duch kelishadi.
Bolakay endi battar yigʻlashni boshladi.
Erkak jon holatda oʻgʻliga yaqinlashib uni oshxona polidan koʻtarib oldi va ularga hissiz boqqan qizni chetlab oʻtib koʻcha eshigidan tashqariga chiqib ketdi. Voqeani boshidan hissiz kuzatayotgan qiz oshxonaning eshigi romiga suyanib jim qoldi va hushiga kelgandek biroz oldin erkak chiqqan koʻcha eshigidan tashqariga otildi.
Taehyung hamon achinarli kuygan qoʻlini quchib yigʻlayotgan oʻgʻlini mashinasiga joylashtirar ekan yugurib kelgan qizga tanasi urildi.
Fiona endi barchasini tushuna boshlagan va bolakayni kuyishida qisman boʻlsa ham oʻzini ayblab koʻzlarida yoshlar tizilib ulgurgan edi.
Taehyung:Seni bu yerda nima ishing bor? Endi senga cheklov qoʻymayman. Bor Jihuningni yoniga...
Erkak achchiq gapirib mashinani oʻt oldirar ekan Fiona sarosima bn Taehyung joylashgan oʻrindiq oynasiga egildi.
Fiona:Iltimos Janob yoʻq demang. Iltimos qilaman...
Yigʻi toʻla koʻzlarga boqib hoʻrsinib qoʻygan Taehyung shunchaki bosh silkish bn kifoyalandi.
Achimsiq dori hidi urgan shifoxona. Hamma oʻzi bn oʻzi ovvora. Kimdir onasini, kimdir aka-ukalarini va yana kimdir biror yaqinini olib keladigan bu joy har doimgidek gavjum garchi kun allaqachon kech boʻlishga ulgurgan boʻlsa ham...
Bolakayning oq kiyimli amakilarga boʻlgan qoʻrquvi sabab dadasi ham u bn birgalikda ichkarilaganiga ancha boʻlgan qoʻrquv va ogʻriq sabab chiqqan baqiriq ovozlaridan uning jarangdor ovozini ajratib olish hech gap emas edi qiz uchun...
U ayni dam Taeonning bu holatida oʻzini ayblar, balki doʻsti bera olgan bir zumlik baxt va umid uchqunini olish uchun erkak bn tortishmaganlarida bolakay beeʼtibor qolmas va kuymas edi deb oʻyladi va ichkaridan kelayotgan chinqiriq ovozidan koʻzlarini qattiq yumib oʻz-oʻzini ayblashdan charchamaydi.
Fiona:Meni deb boʻldi. Meni deb... Jin ursin barchasini!
Bir necha daqiqa oʻz-oʻzi bn boʻlgan kurashdan soʻng ochilishi kutilayotgan eshik ortidan erkak qoʻlida bolakayni olib chiqdi. Nazari tushgan on ular tomon talpingan qiz Taeonning uzun sochlaridan silab bint qilingan qoʻliga nazarini koʻchirdi.
U endi battar yigʻlab yuborish ahvolda ekanligini koʻrgan erkak oʻgʻlining oʻrniga javob beradi.
Taehyung:Qoʻli yogʻga kuygani sabab boshqa kuyishlarga qaraganda koʻproq azob beradi. Yoʻlimdan qoch, dorining taʼsiri ketmasidan uni issiq yotogʻiga eltishim kerak.
Erkakning sovuq javobidan soʻng ulardan uzoqlashgan qiz endi joyida butkul qotgan, nima qilishni va nima deyishni bilmasdi. Nima qilsin? Erkakning ortidan ergashsinmi? Yo qotirilgan qoʻgʻirchoq kabi joyida qolsinmi?
Ortidan mitti qadam tovushini eshitmagan yigit oʻgirilib na yurishini va na qolishini bilmay turgan qizga yana oʻsha sovuqlik bn yuzlanadi.
Taehyung:Shu yerda qolishni rejalashtirdingmi?
Har doimgidanda oʻtkirlashgan nigoh va qahraton sovugʻi ufurib turadigan soʻzlardan tetikalashgan qiz quyilib kelayotgan yoshlarini sidirdi va erkakning ortidan ergashdi.
Taehyung qizning ortidan kelayotganligiga guvoh boʻlgandan soʻng toʻxtab qolgan odimini tikladi. Shu on koʻylak yoqasida tortilish his qilgan erkak quchogʻida dori taʼsiri sabab koʻzlari yumilayotgan bolakayga egiladi.
Koʻp baqirganligidan holi yoʻq va ayni dam uxlab qolayotgan bolakay bosh silkish bn dadasining savoliga inkorlik bn javob beradi. Erkak oʻgʻlining rad javobidan soʻng boshqa biror gap kutib yana egiladi. Dadasining quloqlarida past va zaif ovoz pichirlagandek eshitiladi.
Taeon:Fioshni urushmang dada. Qarang, u yigʻlayapdi.
Joni azoblansada enagasini oʻylayotgan oʻgʻlining yuzidan oʻpib qoʻygan erkak tabassum bn bosh silkiydi.
Shinam va tanish yotoqxonasida dadasining tashabbusi bn paydo boʻlgan bolakay chiqish uchun ortiga burilgan dadasining kiyimidan ushlab qoladi. Kiyimidagi tortilishdan soʻng oʻgʻliga burulgan erkak tiz choʻkib Taeonning sochlarini silash barobarida yuzidan va koʻzidan oʻpdi.
Bolakay bu safar ham inkor qilib bosh silkidi va past ovozda pichirladi.
Oʻgʻlining istagidan yuzidagi yoqimli tabassumni oshirgan Taehyung Taeonning bintli qoʻlini ehtiyotlab yonidan joy oldi.
Taehyung:Yana biror istaklari bormi bizning mitti shahzodamizni?
Taeon eshik oldida ularga aybdorona boqib turgan qizga ishora qilib pichirladi.
Taeon:U ham biz bn uxlasin dada iltimos...
Bolakay gapirish mobaynida yirik va ayni dam uyqu toʻla koʻzlarini dadasiga koʻchirdi.
Taeonning hozirgi holatida yoʻq deyish uni battar yigʻlashi yoki hafa boʻlishiga olib kelish sababidan ota yana unga rozilik bildiradi. Dadasining bosh silkishidan barchasini anglagan Taeon umid porlagan koʻzlari bn qizga yuzlanadi.
Taeon:Biz bn uxla Fiosh bir kecha iltimos dadamdan soʻradim.
Bu yerda ortiqcha ekanligini allaqachon tushunib yetgan Fiona chiqish uchun burilgan onida bolakayning gaplaridan battar sarosimaga tushadi.
Fiona:B.boshqa safar mittivoy...
Taeon rad etilgani alami bn yigʻlashga shay turgan koʻzlarida najot bn dadasiga boqadi.
Taehyung oʻgʻlini odatlarini yaxshi biladi. U har safar kasal boʻlganida shu sifat qiliqlari bn rahm keltirishni eplay oladigan yaxshi sehrgarligidan ham xabardor... U endi qizni ular bn yotishga rozi qilish uchun tashabbusni oʻz qoʻliga olishi kerakligini oʻgʻlining sehr toʻla nigohidan anglab yana bir hoʻrsinish ketidan chiqib ketishga ulgurgan qizni chaqiradi.
Taehyung:Fiona, biz bn qolishga majbursan.
Qiz ismini tanish ovozda eshitib yuragi joyidan siljigandek hayajonlangani rost, u chuqur nafas olib hozir Taeonning har bir erkaligini koʻtarishga majbur ekanligini erkakning nigohlaridan tushunib ortiga qaytadi va Taeonning yonidagi boʻsh joyni hijolatomuz toʻldiradi.
Bir birini his qilishni boshlagan yuraklar birinchi bor bu darajada yaqin kelishi va bir yotoqda yotishi edi. Har ikkisining yuragi hayajonga toʻlaligi bilinadi. Oʻrtasida bolakay toʻsiq ekanligini hisobga olmaganda ular bir biri uchun juda yaqin edilar...
Dadasining yirik kaftlarini mitti qoʻlchalari bn siqqan Taeon enagasining qoʻllarini ham ikki kaft orasiga birlashtirdi.
Begona taftning iliqligidan bezovta koʻngillar qafasdagi qush kabi tipirchilaydi. Erkak nigohlarini birlashgan qoʻldan uzib qizning oʻynoqi koʻzlariga qaratadi. Ularda endi xotirjamlik yoʻqolgan, uning oʻrniga qoʻrquv bor va yigʻidan shishib ketgan qovoqlarga duch kelish mumkin. Bir zumga bu begʻubor koʻzlardagi namlikning sababchisi oʻzi deya oʼylagan erkak aybdorlik hissini tuyadi. Nigohlarning soʻzlashuvi koʻpga bormay qiz tomonidan buziladi va metin koʻzlardan uzilgan qiz nazarini bolakayga tikadi. Uning koʻzlarida yana yosh qalqiydi. Bu balki Taeonning ahvolida oʻzini ayblashdir... Taehyung hamon koʻzlarini qizdan uzmagan, uning yuzidagi har bir tuzilishni nigohlari bn oʻrganar edi. Shu on uning koʻzlaridagi yigʻini yangilanganini sezgan erkak qoʻli orasidagi begona ammo hayajonli iliq kaftni silaydi. Bu bugungi qoʻpolliklari uchun kechirim soʻrashga ishoradek koʻrinadi.
Yarim tun. Taeon allaqachon shirin uyquda. Fiona ham uyqu eltgan koʻzlarini sekin yumishni boshlagan. Taehyung bolasining peshonasidan oʻpib qoʻyadi ammo nigohlar bir zum boʻlsada qizning harakatlarini tahlil qilishdan charchamaydi. Erkakning koʻzlariga bu sevimli mashgʻulot kabi yoqadi shu oʻrinda yoshi ancha katta boʻlishiga qaramay yuragida kapalaklarni his qiladi va entikib kuladi.
Shu yoshda-ya! Shu yoshimda men yana oshiq boʻldimmi?! Jin ursin! Men chindan oshiq boʻlgan koʻrinaman. Bu gʻalati his yuragimni jimirlatgani rost ammo hali balogʻatga yetmagan qiz tomonidan his qildirilayotgan jimirlashlar chindan kulguli... Yaqinda 35 yoshni qarshilaydigan erkak 17 yoshli qizni sevib qolishi... Bu chindan kulguli... Unga qattiqqoʻllik qilishni va bugungi holat uchun uni ayblab qalbiga ozor berishni xohlamayapman. Aslo... Bularda uning aybi yoʻq. Bularning barchasiga men jilovlay olmayotgan laʼnati rashkim sababchi. U Taeon uchun eng yaxshi enaga yoxud ona boʻladi. Har safar unga gʻazabimni sochganimda oʻgʻlimning Fionani qahramonlik bn himoya qilishidan sezyapman. Bu qizaloq Taeonimga onasi bermagan mehrni bera oldi garchi kelganiga koʻp muddat boʻlmasada oʼgʻlimning mitti koʻnglidan joy olishga ulgurdi balki mening ham koʻnglimdan joy olgandir...
Oy nurida tovlanayotgan sochlariga teginishni va xira nur akslantirayotgan yuzlaridan silashni xohlayapman. Shu istak bn unga yaqin boraman. Ammo oʻrtamizdagi Taeon sabab unga yaqin bora olmayman. Bu ham yaxshi aslida Taeonning borligi hislarimni erkin qoʻyishimga va qizaloqni sarosimaga tushirishimga toʻsiq boʻladi. Kaftim orasiga singib ketgan ikki kaftchalarni mehr toʻlqini bn silab koʻzlarimni uyqu eltadi.
Sovuq sabab etida sovuq qotish his qilgan Taehyung koʻzlarini yarim ochadi. Qayerda ekanligini anglash uchun oʻrnidan siljib notoʻgʻri yotishi tufayli ogʻriyotgan boʻynini silab bir-birini quchib uxlayotgan oʻgʻli va Fionaga nazar tashlaydi. Qiz tongning etni junjiktiradigan havosi sabab biroz titrar shu sababdan lablarida ham sovuqdan koʻkarish hosil boʻlgan edi. Oʻgʻlini bezovta qilishni xohlamagan Taehyung oʻz xonasidan choyshab olib keladi va yupub kiyimda titrayotgan qizning ustiga ohista va shu bn birga ehtiyotkorlik bn yopadi. Begona qoʻllarni tanasida sezgan Fiona choʻchib uygʻonar ekan Taehyung uning yelkasidan yupatish uchun urib qoʻyadi va pichirlab ovutadi.
Taehyung:Tshsh! Hammasi joyida orom ol...
Qiz iliqlikdan soʻng qulay va tinch uxlay boshlaydi. Taehyung qoʻllari tegsa parchalanib ketadigandek boʻladigan qizning tanasini qoʻllaridan nozik ushlab turar va shu yaqinlik ham yuzida oʻzgachalik paydo qilgan edi. U endi bu yaqinlikka qoniqmay oppoq yuzlarda oʻz labining izini qoldirish uchun egilgan onida eshik qoʻngʻirogʻi erkakning harakatini chekladi. Eshik ortidagi kimsa bemavrid kelganiligidan asabi taranglashgan erkak pichirlab soʻkindi va eshikni ochish uchun xonani tark etdi.
Tanish xona. Har doimgidek sukut hukmronlik qiladi. Xonada faqat vaqtning odimlashini eslatib turadigan soati ovoz chiqaradi. Ish stulida qoʻllariga tayangan holda oʻtirgan erkak bir necha oʻn daqiqa oldin tashlab ketilgan konvertdan nigohini uzmaydi. Shu on sukutni Taehyungning shovqinli yangragan telefoni buzadi.
Taehyung:Ha. Xabarim bor. Uyga suddan chaqiruv keldi. Sarang Taeonni qaytarib olmoqchi.
Taehyung:Kecha boʻlgan voqeadan faqat sening xabaring bor edi. Sarangni qulogʻiga bu qanday yetganini bilmayapman. Demak sotqin ichimizda.
Oʻz-oʻziga gapirib oʻyga tolgan erkak gʻazab toʻla nigohlarini bir nuqtadan olmaydi.
Taehyung:Zudlikda Janob Leega xabar qil. Sarang Taeonni olmasligi kerak. Tushunarlimi?
Qarshi tomondan soʻzlarini tasdigʻini olgan Taehyung gʻazab bn goʻshakni qoʻyib oʻz-oʻziga pichirlaydi.
Taehyung:Demak sotqinman degin? Kim ekan oʻsha Kim Taehyung bn oʻynashgan itvachcha?
Tutun va alkagol hidiga burkangan xona. Oxirgi marta qachon yoruqlik tushgani ham nomaʼlum. Xonadagi jihozlar ham qora uslubda. Oʻzining sovuq koʻrinishi bn xonaning zulmatini kuchaytirgan ayol qoʻlidagi tamakidan qattiqroq simirib oʻpkasini toʻldiradi.
Sarang:Xoʻsh? Qulogʻim senda oppogʻim
Sarang oʻtkir nigohlarini qarshisida titrayotgan qizga koʻchirib uni koʻzlari bn oʻldiradi.
-K.kecha biz uchun dam olish kuni edi. Shu sabab biz Kim qoʻrgʻoniga bormadik, ammo bogʻbonning gapiga qaraganda kechga yaqin uy ichidan yangi enaga va Janobning baqiriq ovozi eshitiladi va bir necha daqiqa jimlik boʻlganidan soʻng Janob Kim kichik Janob(Taeon)ni qoʻlida koʻtargancha enaga bn qoʻrgʻonni tark etgan ekan.
Sarangning qarshisidagi bu qiz Taehyungning uyida ishlovchi xizmatkor va ayni dam Sarang tomonidan yollangan aygʻoqchi ham edi.
Ayol uning gaplarini eshitish barobarida choʻgʻi soʻngan tamakinining kukunini chinni idishga boʻshatib hamon qaltirayotgan qizga javob beradi va uni "rozi qilish"ni odamlaridan biriga buyuradi.
Sarangni ishlaridan xabardor dugonasi lab uchida kulib unga savol bn yuzlanadi.
-Bolakayni olishingdan maqsad nima oʻzi?
Sarang:Agar men Taeonni qaytarib olsam enagaga ehtiyoj tugʻilmaydi va Taehyung Fionani koʻchada qoldiradi...
Ayol oxirlab ulgurgan tamakini oyoqlari ostiga tashlab poshnasi bn uni ezadi va lab uchida kuladi.
Sarang: Toki men hayot ekanman Kim Taehyungga mendan boshqasi yaqinlasha olmaydi...
-Qachon 18 yoshga kirasan? Savolimga savol bn javob berma.