Yovuzning yuragi
Kunning qaysi qismi ekanligi aniq emas, tashqaridan qaraganda hurkitadigan qasrning hamma joyi tish tirnogʻiga qadar qurollilar bn toʻlgan. Ular bir kun tugul bir zumgada meni qasr tashqarisiga qoʻyishmaydi. Otam ularga buni taqiqlagan. Shunga qaramay menga biriktirilgan doʻstim Marie bilan oʻzimni yashirincha yoʻlagimdan epchillik bilan qochaman. Har safar doʻstim deganim lekin xizmatkorim Marie mening qochishimda yurak hovuchlab turadi. Xuddi meni qasri tashqarisida kimdir yamlamay yutadigandek. Mariening bu darajada qoʻrqishiga otam sababchi, menga nimadir boʻlsa Marie bechoraginam jazolanadi. Otamning aytishicha, Malikalar qasrning qonun-qoidalariga koʻra ish tutishlari kerak emish. Zero ulardan kichik boʻlajak Malikalar va oddiy aholi qizlari oʻrnak olishlari kerak ekan. Bular barchasi safsata mening nazdimda negaki, men butun Qirollikda yagona Malikaman. Shunday ekan kimgadir oʻrnak boʻlishim shart emas. Oddiy aholi qiziga keladigan boʻlsak, ular odob va muomalada mendan ancha ustun kelishlarini oʻzim kafolatlayman. Chunki Seol Qirolligi barpo boʻlibdiki, men kabi qaysar, erkatoy Malikani koʻrmagan... Barcha Malikalar sipo boʻlishgan atir upa degandek, zarhal kiyimlar, bularning hech biri meniki emas, meniki boʻlishini xohlaganlarimga laʼnati Malikalik maqomim mos emas.
Chiqib-kirib chiniqib ketgan sirli yoʻlakdan tashqariga ozodlik qushidek uchib chiqaman. Yoʻlak biroz notoza boʻlganligi sababidan malikalarga hos bejirim oyoq kiyimim rasvo boʻlibdi. Oyoq kiyimimdagi dogʻdan koʻzlarim yiriklashadi. Bu sifat dogʻlar koʻylagimda ham mavjudligi qoʻrquvi bn etaklarimni koʻzdan kechiraman. Hammasi joyida, u toza. Umuman olganda odatiy kun boʻlganda bunaqa kichik muammolarga aralashmasdim. Muhim hisoblanmasdi. Lekin bugun hayotim davomidagi muhim kun. Bir necha daqiqadan soʻng uni uchratishimni oʻylasam yuragim joyida turmayapdi. Koʻksimni yorib chiqay degan yuragimni tinchlantirgan kabi uhlab koʻksimga urib qoʻyaman, baribir oʻsha hayajon meni tark etmaydi. U allaqachon kelib boʻlgandir. Tezroq visoliga yetish uchun qasrning orqa tarafidagi bogʻning ichiga shoʻngʻiyman. Tanish joylar ammo bu manzarani koʻrganimga koʻp boʻlgan, chunki uni eslatadigan joylarda yolgʻiz kezishni xohlamayman. Nihoyat biroz yurganimdan soʻng nilufar gullar sochilib yotadigan koʻl labiga yetay deyman. Bu yer bizning ilk uchrashuvimizga guvoh boʻlgan joy...