Babysitter 2
-Ah Tae iltimos.., - deyman holsizgina
-Menga begʻubor koʻzlaring bilan tikilma Fioshim, - deya meni qoʻllariga yengil koʻtarib yotoqxonaga yetaklaydi
Ertalab boshlangan ogʻriq ayni dam butun tanam boʻylab tarqalib ogʻriq berayotgan edi. Ogʻriq zoʻridan terlashni ham boshlagan edim
-Tae, boshlandi, Taehyung boshlandi, -deya qornimni ushlayman
-Dardim boshlandi, - yigʻlagudek boʻlib erim joylashtirgan yotoqdan turaman va shu on oyoqlarim orasida suyuqlik sezaman. Bolam qattiq qimirlamoqda
-A? Nima deding? Hali erta ediku a? -deb meni koʻtarib olishga urinadi
-Nima hamma erkaklar xotini tugʻayotgan vaqtida "hali erta ediku" soʻzidan boshqasini bilmaydimi? Buncha dovdiraysiz? Koʻtarmang meni, yetaklab olib boring. Yoʻqsa dhu joyni oʻzida ikkinchi bolangiz dunyoga keladi
Alamdan erimga baqirib beraman. Tae bilan yashashimiz mobaynida unga hech ham baqirmagan edim.
-Ah uzr onasi, - deb menga yaqin keladi va yetaklab uyning tashqi tomoniga chiqaradi
Yoʻl yoʻlakay narsasini yoʻqotgan bolakay kabi chinqirib mashinani boshimga koʻtardim. Qornimdagi yaramas dunyoni koʻrishga shunchalik oshiqardiki huddi hozir qornimni yorib chiqadigandek qimirlardi
-Ah nima deb ovutardiya? , - deb rulni urib qoʻygan erim esiga nimadir kelgandek baqirib yuboradi, - Ha boʻldi esladim, chuqur chuqur nafas ol iloji boricha tinchlan hoʻpmi? Men yoningdaman
Shifoxonaga yetib kelishimiz bilan bir ikkita hamshiralar qurshovida olib kirilib ketarkanman ortimda mendanda battar vahimaga tushgan erimga yolvorgidek qarayman. U juda qoʻrqqanligidan qaltirashno boshlagan edi
- Azizam men.. men sen bilanman okey? , - deya qoʻlimni siqib qoʻyadi
-Taeon.., - deya yigʻlqb yuboraman, - uni olib keling iltimos, agar... Agar oʻlib qolsam uni oxirgi bor koʻrmoqchiman
Aslini olganda ichimdagi qoʻrquvni bildirmaslikka urunsamda hozir kirib ketayotgan tugʻruqxonasidan boshqa qaytib chiqmaydigandek his qilardim oʻzimni
- Xonim, iltimos vaqtni choʻzib oʻzingizni qiynamang. Tugʻish degani oʻlish degani emas
Taega oxirgi bor qarab vaqtni besamar oʻtkazmaslik uchun ichkarilayman tilimdan esa iltijo tushmaydi
- Ah bolam~ onangni qiynayapsan. Iltimos, bu darajada yorugʻlikka shoshilma, onang ogʻriqqa chidolmayapdi
Oradan qancha vaqt oʻtganini bilmayman. Oyogʻi kuygan tovuqdek joyimda oʻtirolmayman. Fionaning iltimosi bilan darsi tugamagan boʻlsada Taeonni olib keltirdim
- Dada, bolani laylak olib keladiku toʻgʻrimi?
- Ha bolajonim oʻshs laylakni ismi Fiona
- Fioshimni unday atamang, - deya qovoq uygan Taeonga qarab kulib yuboraman. U allaqachon sakkiz yoshdan oʻtmoqda. Ammo hamon koʻp narsalarni tushunmaydi. Hamon yosh bola
-Fiosh menga laylak senga uka olib keladi degan, - deb papkasi bogʻichini oʻynatadi Taeon
- Yoʻq, men qiz ukam boʻlishini xohlamayman
- Yoʻq aslo mening singlim emas ukam boʻladi va u men bilan maktabga boradi
Endi gapirmoqchi boʻlib ogʻiz juftlaganim onida ayol ovozi eshitiladi
Uning chorloviga yuz burib Fionaga nimadir boʻlmadimikin degan havotir ila joyimdan koʻtarilaman
- Tinchlikmi? Ayolim... Bolamni ahvoli yaxshimi? , - deya Fiona kirib ketgan tomonga koʻz tashlab qoʻyaman
- Janob, bu ayolingizda ilk bora boʻlayotganligi uchun qolaversa jussa va yoshi ham ona boʻlishga ertaligi sababidan Kim xonim qiynalmoqdalar
-Nima? , - deyman ovozimni bazoʻr chiqarib
- Unga yordam berişhimizga rozi boʻlmayapdilar va ayni shuning uchun ham tugʻruq kechikmoqda. Bu vaqtda ayolingizni yonida boʻlganingiz maʼqul
Hamshiraning gaplarini endi tiniq tushuna boshlagan edim. Sochlarimni asabiy orqaga tarab qoʻrquv ila bizga boqib turgan oʻgʻlimning oldiga choʻkkalab sochlarini qoʻlimga olib shivirlayman
- Oʻgʻlim, arslonim, sen biroz oʻtirib tur maylimi? Onang... Unga meni yordamim kerak ekan. Men hozir uning yoniga kiraman va sen shu yerda...
amakingni yonida aqlli bola boʻlib tur kelishdikmi?
- Nega dada? Fiosh nega chiqmayapdi? Laylak kelmapdimi?
-Ha ha onang laylakni keltira olmayotgan ekan. Men unga yordam beraman hoʻpmi?
Taeonni qoʻriqchiga ishonib topshirganimdan soʻng hamshira bergan maxsus kiyimlarni egnimga ilib chuqur nafas oldimda ichkariladim. Ochigʻini aytganda ayol farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtida eri yonida unda dalda boʻlishi bu tabiiy hol ammo Fiona bilan yashayotganimizga bir yildan oshayotgan boʻlsa-da u meni yonimda oʻzini erkin tuta olmas juda tortinar edi va ayni shu sababdan ham men unga bosim oʻtkazishni xohlamas edim. Qoʻllarim qaltiramoqda. Maxsus shifoxona yotogʻiga yotqizilgan ayolimga yaqinlashib uning sochlaridan silayman. Yarim soatlik kuch sarflanishidan u allaqachon holdan toygan edi.
- Azizam, men yoningdaman, qoʻrqma hoʻp? - deyman yigʻlagudek boʻlib
-Hmm, keldi laylak ukasini olib kelishini kutyapdi, - deyman koʻzlarimdagi yoshga teskari maʼnoda kulib
-Endi qaysarlik qilmaymiz kelishdikmi mitticham, - hamon sochlaridan silayman, - men yoningdaman agar qaysarlik qilsang bu ikkingizga ham zarar boʻladi
U boshini silkib qoʻyadi va doya(bola tugʻdiruvchi shifokor)ning buyrugʻi bilan kuchanadi. Sochlaridan silashni toʻxtatmay men ham unga qoʻshilib yigʻlab yubormasligim uchun va unga kuch boʻlishim uchun shirin soʻzlarni davom ettiraman
- Sen dunyodagi eng yaxshi ona va eng yaxshi ayolsan, kuchli va irodalisan
Bir necha borlik kuchanishdan soʻng boshini ogʻir yostiqqa tashlaydi va shu on chaqaloqning yigʻi ovozi eshitiladi. Quloqlarimga ishonmay bolaning yigʻi ovozi kelayotgan tomonga tikilaman. Bir parcha chaqaloqni oq matoga joylab qon va suyuqliklardan tozalayotgan hamshiralarga tikilaman
- Tabriklaymiz Janob Kim, shiringina qizaloqning otasi boʻldingiz
Koʻzlarimni jovdiratib qoʻllarimga hamshira ehtiyotkorlik bilan bergan chaqaloqqa tikilaman. U juda kichik va hali qip qizil edi
- Bu rostan meni qizimmi? , - deya dovdirayman
-Ha albatta bu sizning farzandingiz, uni onasi ham ancha sogʻingan koʻrinadi uni yoniga olib boring
Hamshiraning gaplaridan Fiona bizga qarab turganini koʻraman va unga yaqinlashaman. U koʻzida yosh bilan kulib turardi
- Ikkinchi bor ota boʻldingiz Janob Kim , - deya hamon yigʻlaydi
Uning quchogʻiga qizalogʻimni joylab jilmayaman
-Bu hisni ikkinchi bor his qildirganing uchun rahmat borligʻim
Choʻkkalab hoʻl boʻlgan peshonasiga lablarimni bosaman
Ismim chaqiruvidan ortimga oʻgirilaman
- Iltimos, endi ona va bolani palataga olishimiz kerak
Chiqib ketish oldi qizalogʻim va onasiga boʻsa hadya qilib Fionaga shivirlayman
-Dadasi ism bersin qizalogʻimga
Fionaning gapidan shirin entikaman
- Suna... Qizalogʻimni ismi Suna boʻladi onasi
Hursandchiligim ichimga sigʻmaydi ammo hamon yigʻlamoqdaman oyoqlarimdaci qaltiroq sabab Taeonning yoniga yetib borishim biroz mushkul kechdi ammo uddaladim
- Dada, nima boʻldi? Laylak keldimi? Ukamni olib keldimi?
Stulga joylashmasimdan meni savolga koʻmib tashlagan oʻgʻlimni bagʻrimga bosaman