July 20, 2025

Dark wedding

Writer:Hae part 6

Pov:Hae

Uni nigohlaridagi ochlik va unga monand menga notanish bo‘lgan narsa men uni anglolmayapman. Taehyungni bu xolatda ilk marotaba ko‘rishim go‘yoki yonimga o‘zga bir inson turgandek. Men nima qilishim kerak tan olaman qo‘rqyapman. Ichimda alangalayotgan qo‘rquvga yengilaymi yoki bundan yomoni bo‘lishidan oldin uni tinchlantiraymi ? Ohirgi qarorga keldim barmoqlarim uni biroz uzun jingalak shakldagi qora sochlaridan yurgizgancha qayta lablarimizni birlashtirdim. Undan chuqur ingrash ovozi chiqqancha kiyimlarimga chang soldi.

Pov: Taehyung.

U o‘z xoxishi bilan menga tekkanda meni ohirgi o‘zimni tuta bilishim uzuldi. Jin ursin bu qadar qiyin. Unga ozor bermaslikka uringanim sayin ichimdagi maxluq chiqish bilan taxdid solardi. Uni qiynashni istamayman. Ammo ayni paytda bu juda mushkullashmoqda. Unga bo‘lgan sevgim meni nazorat qilishga undamoqda.

Kiyimlar poldan joy olarkan Taehyung Hae nigohlariga boqdi bosh barmog‘i bilan qizni bo‘sadan shishgan lablarini siladi. Bir kuchli zarba va qizni butunlay to‘ldirdi. Peshonasini Hae peshonasiga tirarkan. Chuqur shivirladi.

-Bugun yumshoq bo‘lolmayman. Qolgan tunlardagidan ham qo‘pol bo‘lishim mumkin. Seni xafa qilsam to‘xtashimni ayt ammo bu tasir qilishi haqida ham vada berolmayman.

Ertangi kun*

Hae yotoqdan qo‘zg‘aldi ko‘zlarini ochganda duch kelgani Taehyungni unga boqib turgan ko‘zlari edi. Yigit egilib qiz peshonasidan bo‘sa bosdi.

-Xayrli tong.

Hae sekin qo‘zg‘aldi yalang tanasini ko‘rpa bilan o‘rab o‘tirar ekan ostida xosil bo‘lgan yoqimsiz og‘riqdan g‘inshindi. Taehyung tungi stoldan dori va suv olib unga tutdi.

- Kecha biroz nazoratni yuqotdim.

Qiz bo‘ynidagi izlarni barmoqlari bilan kuzatgancha dorini o‘zi Hae og‘ziga tiqdi.

-Biroz yordam beradi.

Hae dorini suv bilan yutib endi to‘liq Taehyunga o‘girildi.

-Seni ishlaringa ko‘p aralashmaslikka urindim. Ammo kechagisi oshib ketdi. Nega u axvolda eding ? Seni birinchi bor bunday ko‘rishim. Menimcha birga yashayotgan insonim haqida bilishga haqliman.

Taehyung bir zum jim qoldi balki so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga urinayotgandi. Keyin chuqur xo‘rsingancha Haeni qo‘lini tutdi.

-Vaqti kelganda hammasi haqida aytaman. Men seni va Sunoni asrashga urinyapman. Shuni bilishing kifoya va xavotir olma sen xafa bo‘ladigan hech qanday ish yo‘q. Bu ishlar biroz chigal to‘g‘rirog‘u mening ishlarim qonuniy emas xozircha faqat shu qismini ayta olaman. Men bazida shu axvolga kelishim mumkin shu sabab seni ogohlantiryapman. Seni bu holni ko‘rmasliginga harakat qilaman ammo vada berolmayman. Yana senga aytishim kerak bo‘lgani men aslida bu Taehyung emasman... sen bilgan Taehyung bu faqat seni va Suno yonida o‘zini nomoyon qiladigan inson. Aslida men boshqachaman va bu tomonimni boshqalar ko‘radi. Seni omading esa sevgilim senga bo‘lgan ishqim meni o‘zimni nazorat qilishimga undaydi.

Taehyung

Taehyung Haeni sochlaridan ohista silarkan qizni ko‘zlarida chalkashlikni ko‘rdi.

- Meni qo‘rqitishni boshlading.

- Qo‘rqma.... sen faqat men bilan xavfsizsan. Shu sabab mendan uzoqlashma. Keraksiz fikrlarni ongingdan chiqarib tashla va kamroq savol ber. Kelishdikmi sevgilim.

- Senga endi ilishni boshlaganimda yuragimni shubhaga to‘ldirding. Hamma so‘zlaring jumboqli qanday senga ishonay? Qanday xotirjam bo‘lay ?

- Hae barchasi qiyinlashtirishga xojat yo‘q sendan talab qilayotganim shunchaki kut va menga ishon. Shu xolos men aytdimmi bajaraman.

Hae bir zum Taehyunga tikilarkan undan aldamchilik nihohlarini qidirdi..ammo u ko‘rgani yigit sokin nigohlari edi.

- Xarakat qilaman.

-Mening aqilli xotinim.

Taehyung Hae peshonasidan bo‘sa bosdi.

-Xozir biroz ishlarim bor. Kechroq qaytaman meni ko‘p sog‘inmaslikka xarakat qil.

Yigit qiz lablaridan chuqur bo‘sa olgancha uzoqlashdi.

Taehyung ketishi bilan Hae telefoni kiruvchi qo‘ng‘iroq bilan jiringladi. Ekranda "onam" yozuvini ko‘rarkan qiz chuqur xo‘rsingancha javob berish tugmasini bosdi.

-Xayrli tong ona.

-Xayrli qizim.

Qiz endi onasinidan xol axvol so‘rash uchun og‘iz juftlaganda onasi so‘zlari davom etib uni tinglashga undadi.

-Hae singling o‘qishi to‘lov kuni yaqinlashyapti shu bois senga eslatmoqchi edim.

-Men ham yaxshiman so‘raganingiz uchun raxmat. Nabirangiz ham katta bo‘lyapti.

Qiz kesatiq ovozi bilan onasi bir zum jim turdi.

-Senga xozir shu muhimmi..singling deyapman uni o‘qishi haqida gapiryapman.

-O‘zi meni ham siz dunyoga keltirganmisz yoki asrab olganmisz..avval ukang va singling kelajagi senga bog‘liq deb bilaturib meni jaxannamga otdingiz. Endi esa kunlarim rasvo boshlanishiga hissa qo‘shyapsiz. O‘sha erkatoy qizingiz o‘qishi pulini o‘zi topsin men majbur emasman. Meni kelajagim haqida hech biringiz qayg‘urmadingiz men ham qilmayman. Xayr oyi!!!

Hae onasini keyingi so‘zlarini eshtishga ham ovori bo‘lmay telefonni o‘chirdi. Bir zum ekranga tikilib telefonni butunlay o‘chirib yotoqga tashladi. Sochlaridan barmoqlarini o‘tkazar ekan ko‘zlarida yoshlar majvlanishni boshladi.

-Yana o‘sha his. Jin ursin hammasini charchadim. Nega doim men yana o‘zimni keraksizdek his qilyapman. Menimcha aslida ham shundayman. Kimsasiz va keraksiz.

Hae

•••

Mashinada qo‘lidagi telefonga tikilib o‘tirgan yigit jag‘i sezilarli darajada siqildi. Uy kamerasidan Hae axvolini ko‘rarkan uni bu holiga sababchi insonni burdalashga tayyor edi. Sokin nafas chiqargancha o‘zini tinchlantirishga urindi. Telefonida raqam terishni boshladi.

- Beakhyung. Meni qo‘rg‘onimga lolalardan katta bo‘ket va ko‘pgina mandarinlar jo‘nat. Va bolalar shirinliklaridan qo‘shishni ham unutma. Bu xoziroq borishi kerak.

Telefonni o‘chirgan Taehyung telefon foniga joylashtirilgan qiz yuzini siladi.

-Har lahza senga kerakli ekanligingni his ettiraman.

•••

Yarim tun soat tungi 1:21 Taehyung yana uyga kech qaytdi. Sekin kostyumini yechgancha yotoqda uxlayotgan qiz yoniga o‘tirib sochlaridan ohista siladi. Endi Hae peshonasi tomon egilganda telefonidagi kiruvchi qo‘ng‘iroq ovozi uni ortga qaytardi. Haeni tinch yuziga qararkan telefonni olib xonadan chiqdi.

-Gapir.

-Janob Kim u yana muammo chiqardi. Yana qochishga urindi odamlarimiz bir nechtasi xalok bo‘lgan unga o‘q uzishga majbur bo‘ldik.

-Qattiq ziyon ko‘rmadimi ?

-U darajada xavfli emas.

- ertaga boraman. Ungacha ko‘z quloq bo‘ling agar qochishiga yo‘l qo‘ysangiz har biringizni o‘z qoningizga cho‘ktiraman..

-Xayrli kech janob.

Taehyung telefonni o‘chirgancha ortga qaytdi. Hae hali ham uyquda. Ko‘ylagini yechib mushak tanasini ochgan Taehyung uni bag‘riga olib ko‘zlarini yumdi biroz muddatdan keyin uyquga ketdi. Sokin nafasi qiz bo‘yniga kelib urilarkan ammo Hae ko‘zlari ochiq. Bir nuqtaga tikilgancha eshitganlarini taxlil qilardi.