June 23, 2025

FIRIBGAR. FINAL

Yakuniy qism.

𝐒𝐞𝐯𝐠𝐢 𝐛𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐨‘𝐳 𝐝𝐨𝐦𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐨𝐫𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐮𝐧 𝐛𝐢𝐳 𝐚𝐬𝐥𝐢𝐲𝐚𝐭𝐢𝐦𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐮𝐪𝐨𝐭𝐝𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐨𝐬𝐡𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤 𝐦𝐚𝐪𝐨𝐦𝐢𝐠𝐚 𝐨‘𝐳𝐠𝐚𝐫𝐝𝐢𝐤.....

- Seni burdalayman. Minso qani ?

Jungkook vishillagancha telefon qo‘llarida sqildi.
Yana o‘sha yoqimsiz kulgu va ortidan Eonwoo so‘zlari yangradi.

-Burdalash uchun ancha masofa bor. Yaxshisi senga video tashladim o‘shandan zavqlan qaxramon...

Shu so‘zlar bilan telefon o‘chirildi uni ortidan esa xabar kelganligi haqida Jungkookni telefonida bildirish noma yangradi. Video ustiga bosgan yigit ko‘zlari kattalashgancha nafas olishi tezlashdi.

Minso xushsiz yotoqda yotardi. Eonwoo video olish baromaridan uni sochlari bilan o‘ynab bo‘ynidan bo‘sa bosgancha kameraga qarab irshaydi.

- video davomini malikam uyg‘onganda tashlayman. Unga teginganimdagi zavqdan chiqaradigan ovozlarini sen xam eshtasan. Nafaqat eshtasan. Bizni visolimizga guvoh ham bo‘lasan.

Video o‘chdi. Jungkook g‘azabdan jag‘ mushaklari shu darajada sqildiki go‘yo sinib ketadigandek. Xonadagi buyumlarni uloqtirib baqirgancha g‘azabini chiqarishga xarakat qildi. Ammo foydasiz. U xoziroq yo‘lga chiqishi mumkin ammo ulgurmasachi u o‘ylagan ish bo‘lishga ulgursachi bu o‘ylarni o‘zi uni tamom qildi.
Yana uni telefon ovozi eshitilkan bor g‘azab bilan ekranga bosdi.

-Janob Jeon .?

Bu safar uning advakati ovozi.

-Xozir emas Mengyu..

-Ammo bu muhim janob. Janob Kimni bugun ozod qilishdi. U xozir yonimda.

Jungkook ko‘zlarida nimadir chaqnadi u yagona yo‘lni ko‘rdi va o‘ylab o‘tirmay uni amalga oshirishga kirishdi.

-Tezda unga telefonni ber.

Jungkook buyrug‘i va zum o‘tmay Taheyungni ovozi yangradi. Ammo Jungkook uni gapirishiga imkon bermay gap boshladi.

-Meni eshit. Men hozir Italiyadaman tushuntirishga vaqt yo‘q qisqa aytaman. Sen Minsoni uyini bilasan shundaymi. Xozir o‘sha yerga bor. Minso anavi narkaman akasini qo‘lida. Qanday yo‘l bilan qanday qilasan bu ahamiyatsiz uni sog‘ omon meni qo‘limga topshirasan. Men esa senga o‘zingnikini Haeni olib boraman.

- So‘zlaringa qaraganda vaziyat jiddiy hammasi tugaganda bafurja gaplashamiz. Sen ham menga uni sog‘ qaytar Jungkook.

-Kelishdik. Ikkimiz ham omonatlarimizni egalariga qaytaramiz. Endi bo‘laqol Taehyung.

Aloqa uzuldi Jungkook oz bo‘lsa ham yengillikni his qildi. Ko‘zini eshikka tikargan ko‘zlarida olov chaqmagancha shivirladi.

-O‘ldim deyaver. Ajnabiy lanati...

•••

Massimo xonaga qo‘lidagi telefon bilan kirdi Hae uni ko‘rib ko‘zlari xayrat aralash qo‘rquv bilan kattalashdi. Tez qadamlar va yigit masofani yopgancha Hae tepasiga baland ko‘tarildi.

-Men sen uchun hammasini qildim. Xatto xotirang qaytganini bilganimda ham aldovlaringa ko‘nib keldim. Bilasanmi hammasi nima sabab seni yonimda ushlab qolish edi meni maqsadim. Ammo sen ortimdan reja tuzding. Telefoningni bugun topmaganimda sen rejangni amalga oshirarding meni sensiz qoldirarding.

Massimo telefonni devorga urdi baland ovoz xonada yangradi. Qizni bo‘ynidan barmoqlarini o‘ragan yigit uni siqdi og‘riqli emas ammo hukmronlikni his ettiradigan darajada.

-Endi esa buni hunini to‘laysan... senda qolgan ohirgisini ham sendan tortib olaman. Shunda senda faqat men qolaman....

-Sen telbasan. Men hech qachon seniki bo‘lmayman. Hatto dunyodagi hammani yo‘q qilib men bilan yolg‘iz qolsang ham maqsadinga erisha olmaysan. Keyin menda hech kim qolmagan barchasini mendan olib bo‘lgansan. Bu uchun esa seni yo‘q qilib yuborishni xoxlayman. Senga shunday og‘riq berishni xoxlaymanki har bir laxzasidan o‘limni his qil. Sendan shu qadar nafratlanamanki..har bir menga tekkan yeringni kesib tashlagim keladi. Sen kabi jirkanch mavjudodni ko‘rmadim. Pul mol dunyo uchun insonlarni shunchaki o‘ldiradigan hatto o‘z tug‘ushgan ukasini ham ayamaydigan. Menimcha sen dunyodagi eng tubam insonsan. Meni tirik qoldir va men seni falokating ajaling bo‘laman. Bir kun seni o‘z qoninga cho‘ktiraman...

Qiz so‘zlaridan Massimo unga hissiz boqishda davom edi. Va xonada uni qattiq kulgusi yangradi.

-ojiz mavjudod meni qo‘rqitish uchun juda ojizlik qilasan. Ha aytgancha Chon Minso. Bu ism senga tanish emasmi. Ahir senga yaqin inson qolmagan ediku.

-Aslo!!!!

Hae qanday baqirib yubirganini bilmay qoldi.

-Unga tegmaysan. Tegolmaysan.

Hae

Yigit qo‘lidan xalos bo‘lishga urinar ekan. Massimo uni devorga bosdi. Qo‘llarini boshi tepasiga mahkamlagancha qiz yuziga yaqin egildi.

-Allaqachon qilgan bo‘lsamchi...

-Yo‘q qilma... o‘tinaman. Tegma unga.

-Tegamaslik uchun menda sabab bormi. Ahir u senga hech kimku.

-Unday emas..

Hae so‘zlari titrashni boshladi.

-Xoxlaganingni qilaman..faqat unga tegma.

-Masalan nima qilasan.

Massimo uni sochlari bilan o‘ynoqi o‘ynadi..

-Nima xoxlasang qilaman.

-Mmm eshitilishi ajoyib....

•••

Jungkook Massimoni uy manzili tomon keldi. Mashinadan tushgancha qurolini tekshirib ichkariladi har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishi shart. Ammo uy eshiklari ochiq uni ilk xayratlantirgan narsa shu edi. Ichkarilarga uy zalida devanda bamaylixotir o‘tirgancha viski shimirayotgan Massimoga duch keldi.

Massimo

-Chaqirilmagan mehmon. Senga yuborgan surpirizim kamlik qildimi. Qadirli sevgan qizing sen uchun ahamiyatsizmi bu yerdasan.

-Sen bilan gap sotish uchun kelmadim menga Haeni ber va men shunchaki ketaman. Yo‘qsa seni panjara ortiga umirbotga jo‘nataman. Ammo menda hammasidan ham yaxshi g‘oya ham bor shu yerda seni tugataman.

Jungkook qurolni chiqarib Massimo tomon o‘qtaldi ammo bunga Massimo tomonidan hech qanday reaksiya ko‘rmadi.

-Qurolni tushur Jungkook.

Zinalardan pastlayotgan qiz yurish barobarida gapirdi.

-Hae.?

-Men senga tushur dedim. Erimga qurol o‘qtalishing shart emas. Va meni yonimga kelib ovora bo‘libsan men senga kelma degandim.

- Hae undan qo‘rqishing shart emas. Men seni olib ketaman. Faqat men bilan yur.

-Men senga ketmasligimni aytdim. Men u bilan qolaman.

-Lanati. Uni nima deb qo‘rqitding.

Jungkook Massimo tomon yaqinlashdi.

Hae uni yo‘lini to‘sgancha yigitga yuzlandi.

-Bas qil va shunchaki ket. U meni qo‘rqitmadi. Men anglab yetdim. Xayotim davomida faqat u men uchun xarakat qildi. Boshqa hechkim hamma o‘z manfati yo‘lida mendan foydalandi. Ammo u men uchun boshqalardan foydalandi. Bu meni yakuniy qarorim. U bilan qolaman. Sen esa xozir ket. Meni zo‘rlab olib ketish niyyating bo‘lmasa.

-Hae bu sen emassan.

Jungkook xayrat bilan qizga boqib turardi.

-Xozir seni sudrab chiqarmasimdan yaxshisi yuqol.

Massimo Jungkookga bepisand boqqancha Haeni tizzasiga tortdi. Bundan Haeda qarshilik ko‘rmagan Jungkook ko‘zlari qisildi.

-Ikkingiz ham yo‘q bo‘lib keting.

Jaxl bilan u uyni tark etdi. Eshiklar Jungkook ortidan yopilishi bilan Hae Massimodan uzoqlashdi.

-Xoziroq Minsoni qo‘yib yubirishlarini ayt.

Massimo sokin jilmaydi.

-Aslida menga ishonish uchun juda axmoqsan.

Yigit sokin so‘zlagancha davom etdi.

-Men uni ushlab turganim yo‘q edim. Shuncha vaziyat poylayotgan akasiga mos vaziyat yaratib berdim xolos ayni muddao bo‘lgan yigit esa singlisi visoliga yetdi. Bu yosh kabutarlarni ayirsam bo‘lmas.

Uning iblisona tabassumi Hae g‘azabi qo‘zishiga sabab bo‘ldi. Massimo yuziga tarsaki tushirgan qiz unga baqirdi.

-LANATI MAXLUQ!!!

Massimo tarsaki yigan yuziga qo‘lini qo‘yib o‘rnidan turdi. Bir harakatda qizni yelkasiga tashlagancha yuqorilashni boshladi Haeni tepki va tushurayotgan mushtlari unga kor qilmas. Ko‘zlari qoraygancha yotoqxona eshigini ochib qizni yotoqga uloqtirdi. Eshikni qulflab uni tepasiga baland ko‘tarildi.

-Men buni bunday vaziyatda bo‘lishi xoxlamagan edim. Ammo tilab olding. Endi bugundan boshlab menga qilgan har bir qarshiliging evaziga sen ostimda zajolanasan....

•••
KOREYA*

Taehyung bilgan manzili tomon bordi. Eshikni sekin taqillatdi eshikni Minsoni onasi ochdi.

-Keling sizga kim kerak.

Shu payt u miyyasiga kelgan so‘zni qaytishdan qaytdi va aqil bilan yo‘l tutdi.

-Menga Eonwoo kerak edi.

-Ha u bugun uyga kelmadi. Menimcha shaxsiy kvartirasida qolgan.

Ana yashil chiroq Taehyung nim tabassum qildi.

-Manzilini bera olasizmi. Meni esimdan chiqqan edi.

-Albatta.

Ayol zig‘ircha shubhalanmay Taehyunga manzilni aytdi. Minnatdorchilik bildirgancha uydan uzoqlashgan Taehyung mashinaga o‘tirib gaz pedalani bosdi. Manzil unchalik uzoq masofani ko‘rsatmayotgan edi.

30 daqiqaga yetmay manzilga yetgan yigit kerakli qavatga ko‘tarildi.

Eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Uni ustun tomoni Eonwoo uni deyarli tanimas edi. Bir necha bor ko‘rgan ammo hech qachon muloqot qilishmagan.

Eshik ochilgancha ko‘z qorachig‘i kengaygan ko‘zlari atrofida qorq doiralar paydo bo‘lgan ammo shularga qaramay tanasi yetarlicha mushakdor yigit paydo bo‘ldi.

-Nima istaysan ?

Eunwoo

Qo‘pol ohangda berilgan savoldan Taehyung qoshlari chimirildi.

- Ko‘p narsa emas. Bitta narsa aslida bitta inson.

Taehyungni tushurgan mushtini anglay olmay qolgan yigit ichkariga quladi. Ketma ket berilgan zarbalardan esankirab qolgancha o‘zini o‘nglashga uringan yigit Taehyung yo‘l bermadi. Ohiri xushini yuqotganda ichkarilagancha Minsoni qidirdi. Qiz hali ham xushsiz edi. Taehyung uni qo‘llarida ko‘tardi. Eshikdan chiqishdan oldin esa Eonwooga tepki tushurishni ham unutmadi.

Minsoni xafsiz bo‘lgan Jungkookni uyi tomon eltdi.

•••

ITALIYA*

Ana endi qiz haqiqiy qo‘rquvni his qildi. Birin ketin o‘z ko‘ylagi tugmalarini bo‘shatayotgan yigit unga o‘z ajalidek tuyildi go‘yo. Massimo qizni oyoqlaridan tortib o‘z ostiga mahkamlashdan oldim ko‘ylagini xona bo‘ylab uloqtirdi. Qo‘rquvdan titrayotgan qiz hech qachon qarshilik qilishdan to‘xtamadi. To‘g‘ri u ancha zaif va kichkina lekin o‘z ori uchun kurashishi kerak edi. Massomi sabri tugadi.

-Kurashishni bas qilmasang o‘zinga yomon bo‘ladi.

Hae esa uni go‘yoki eshitmadi. Tez xarakatda yotoq yonidagi tortmadan kishan olgan yigit qiz qo‘llarini teppaga qilgancha kishanladi. Qo‘rquvdan ko‘zlari kattargan qiz qo‘llari harakatsiz qolgan uni tepish uchun xarakat qildi. Ammo oyolari ham yotoq chetiga bog‘landi uni xarakatlarini butunlay cheklagan Massimo unga g‘olibona boqdi.

- uzoqdan buyon tatib ko‘rishni xoxlayotgan shirinlikni tanavvul qilish vaqti keldi. Men buni har laxzasidan zavqlanaman...

Yigit Haeni ko‘ylagiga chang solgam mahal xonada to‘pponcha ovozi yangradi va yigit muvozanatini yuqotib yerga quladi. Uni qoq ko‘ksidan otilgan o‘q xayotiga nuqta qo‘yishni taminlagan edi.

-Aslida men sen o‘ylaganchalik ahmoq emas edim.

Yerdagi jasadga hissiz boqqancha Hae tomon kelgan yigit uni qo‘llari va oyoqlarini bo‘shatdi.

Qo‘rquvdan titrayotgan qiz yig‘lab yubordi. Labalaridan bir isim sirg‘alib chiqdi.

-Minso....

Shu vaqt Jungkookni telefoniga xabar keldi. Bu xabar Taehyungdan edi.

-Uni oldim.

Jungkook yengil nafas olgancha Haega yuzlandi.

-U yaxshi...

Hae ohirgi so‘z bilan xushini yuqotdi.

Ertangi kun* KOREYA*

Minso kecha tunda o‘ziga kelgandan buyon Taehyung quloq miyyasini qoqgancha qo‘liga berdi. Yigitni o‘zida ham javob bo‘lmagan savollarga uni yog‘dirdi. Ertalabga yaqin uyquga ilingan ko‘zlar eshik qulfi ochilganlik ovozi bilan qayta ochildi. Minso ichkarida yotoqxonada Taehyung esa yashash xonasida devanda edi. Avval Jungkook uni ketidan esa ko‘rinishi bir ahvol Hae. Nargi oqarib ketgan ko‘z o‘ngida bo‘lgan voqealarni hali xazm qilib ulgurmagan edi. Jungkook Taehyunga qararkan yigit so‘zsiz yotoqxonaga ishora qildi.

Jungkook
Minso

Taehyung yeklasidan qoqib qo‘ygan Jungkook vaqtni boy bermay yotoqxona tomon yo‘naldi. Tinch uxlayotgan Minsoga tabassum bilan boqqancha uni yoniga kirib qizni bag‘riga tortdi o‘ziga tanish ifordan chuqur nafas olgancha hotirjamlik tanasini chulg‘ab ohista ko‘zlarini yumdi.

•••

Shunchaki Taehyung va Hae bir birlariga bir zum so‘zsiz boqishdi ular so‘zlashmadi ammo muhabbatdan yonib turgan ko‘zlar ko‘p narsa xaqida so‘zladi. Hae Taehyung nigohlarida o‘zgarishni payqadi. Oldin ko‘rmagani o‘znigohlarida aks etib turgan muhabbat qiz boshq fursatni boy berishni xoxlamadi. Yigit quchog‘iga kirdi. Qizni kech quchog‘iga kirgizdan Taehyung uni sochlariga yuzini ko‘mdi.

Qalblar birlashdi. Bu yerda nafaqat ikki qalb 4 qalb birlashdi. Inson qalbiga yaqin inson yonida tin oladi degani bejiz emas aslida. Qalbing yarmiga aylangan insoninga doim talpinasan u bilan sen xotirjamlik his qilasan go‘yoki u sening barcha muammolaring dardlaring yechimidek. Uni bag‘riga kirganingda hammasi o‘z o‘zidan yechim topgandek bo‘ladi. Har bir insonga o‘z hotirjamligini topish nasib qilsin.

Taehyung
Hae

•••

-Dengizga boqqanimda seni eslayman.

Yelkasida turgan qiz boshi sochlaridan ohista qiladi yigit.

Taehyung&Hae

-Nega aynan dengiz.

-Unda seni ko‘zlaringdagi hislar aks etadi. Sen xotirjam tursangda ko‘zlaring ichingdagi to‘fonni aks etyiradi xuddi dengiz tubi kabi.

-Mmm... yaxshi gaplar.

-Hae...

Taehyung sekin qizdan uzoqlashgancha u tomon o‘girildi nigohlar duch kelgancha so‘zlarini davom ettirdi.

-Menga turmushga chiq. Meniki bo‘l butunlay. Men Kim xonim boplishingni farzandlarimizni dunyoga keltirishingni. Har lahzada yonimda ekanligingni his etishni. Har bir lahzamni seni sevish va senga munosib ekanligimni isbotlash bilan o‘tkazishni xoxlayman. Xa deb ayt va meni dunyodagi eng baxtli erkakga aylantir va vada beramanki xayoting davomida bu qaroringa bir lahza bo‘lsa ham afsuslanmasligingni yaminlayman.

Hae bir zum Taehyunga shunchaki boqdi va sekin bosh irg‘adi.

-Hae...

Taehyung keng jilmayib qizdan bo‘sa olgancha qo‘liga uzukni taqdi. Haeni nigohlari Taehyung ortidagi insonlarga tushib tabassumi kengaydi.

-Menimcha biz qo‘shaloq to‘y qilamiz.

Ular ortida Jungkook Minsoni dast ko‘targancha aylantirib baqirayotgan edi. Bundan malumki bugun Jungkook ham qiz qo‘lini so‘radi. Va olgan javobi uni telbadek quvontirdi.

Jungkook&Minso

Barchaga ketkizgan vaqti uchun tashakkur. Azizlar bu fanficni ham yakunladik. Sizga ozgina bo‘lsa ham hislar bera olgan bo‘lsam bundan xursandman. Har birimizga sevib sevilib yashash demayman. Haqiqiy erkak qo‘lida sevilish nasib etsin. Etiboringiz uchun raxmat🌷💗