July 26, 2025

DARK WEDDING

Writer:Hae part 7

Uzoq uyqisizlik qiz ko‘zlariga uyqu kelmadi. Taehyungni chuqur uyqudaligidan foydalanib sekin uni quchog‘idan chiqdi sokin va ovozsiz qadamlar bilan xonadan chiqarkan Taehyung ish kabenitiga kirdi. Ish stoli tokchalarini birin ketin ketshirar ekan faqat kompaniyaga bog‘liq qog‘ozlar bor edi. Xavfsalasi pir bo‘lgan qiz ko‘zi stol ustidagi kompyuterga tushdi. Ichida kezib yurgan gumonlarga barham berish u uchun kerak edi. Taehyung aslida kim ? Bu savolga unda javob yo‘q. Ammo javob olishi zarur. Hae kompyuterni ochdi yoqish tugmasini bosganda ekranda yorug‘lik tarqaldi. Ammo kod so‘ralganda qiz ko‘zlarini og‘ir yumdi. Bir nechta befoyda urinishlar so‘ngisi qoldi. U tavakkal qilishga qaror qildi. O‘z tug‘ulgan sanasi. Kompyuter paroldan ochildi. Biroz yengil nafas olgach uni tekshirishni boshladi. Alohida qilingan fayl. "DARK" nomi bilan saqlangan. Fayl ichiga kirarkan Hae nafasi ushlanib qo‘llari titrashni boshladi. Bazibir jinoyatlar dalillari va o‘lgan insonlar suratlari eng qo‘rqinchilisi esa barchasi vaxshiylarcha o‘ldirilgan. Bu ishlar esa poletsiya qo‘liga yetib bormay yopilgan. Ohirgi faylga kirganida esa qiz qo‘rquvi ikki barobar oshdi. Hatto soyasidan ham taniy oladigan insoni tashlandiq kulbada saqlaniyotgani surati.

-Jeahyung....

Qiz titroq shivirladi. Xonaga yaqinlashib kelayotgan ovozlarni eshtarkan titragancha kompyuterni yopdi. O‘zini tartibga olishga urinarkan noteks urayotgan yuragini hech tinchlantira olmasdi. Eshik ochildi. Hae ko‘zlarida balqib turgan qo‘rquv bilan eshikka boqdi. Taehyung deb o‘ylagan insoni Sunoning enagasi edi.

-Xonim shu yerda edingizmi. Suno negadir bezovta bo‘lyapti.

-X..xozir.. boraman..

Hae

Qiz so‘zlarida tutilgancha javob berdi.

-Axvolingiz yaxshimi.

Enaga Haega tashvish bilan boqdi.

-Yaxshiman.. xozir boraman dedim boraver.

Hae hammasini qayta o‘z xoliga keltirib Sunoni xonasiga bordi. Uni jajji qo‘lchasidan tutib lablariga olib kelib o‘pdi. Bolasino bag‘riga olib ko‘zlarini yumdi ammo yuragidagi notinchlik unga taskin olishiga yo‘l qo‘ymadi. Ayniqsa fayldagi suratlar va eng yomoni qora dori savdosi bilan bog‘liq oldi sottilar. Taehyung aytgan noqonuniy ishlar aynan shular edi. Endi Hae u bilan tinch yashay oladimi.To‘g‘rirog‘i Taehyung uni qo‘yib yuboradimi. Keyingi voqealar talqinini o‘ylagancha qiz ko‘zlari uyquga ilindi.

•••

Ertangi kun*

Taehyung yolg‘iz uyg‘ondi Hae yo‘qligini payqagach qoshlarini chimirib yotoqdan turdi. Sunoni xonasi eshigi yarim ochiqligini ko‘rib ichkariga nazar tashladi. Sunoni bag‘riga olgancha uxlayotgan qizni ko‘rib biroz yengillashdi..ularg yaqinlashib Hae peshonasidan o‘pishdan oldin. Sunoni yuzidan bo‘sa bosdi.

30 daqiqada tayyor bo‘lib mashinasidan joy olgancha chiqib ketdi. Mashina shaxardan uzoqlasharkan shaxar tashqarisida joylashgan o‘rmon tomon xatakatlandi tashlandik kulba qarshisida to‘xtagancha Taehyung mashinadan tushdi.

Taehyung

Ichkarilarkan odamlariga sovuq nigohlarini tikdi va chiqishga ishora qildi. Yelkasida qon izlari bilan o‘tirgan akasi tomon yaqinlasharkan sigarasini tutangancha u tomon egilib yuziga tutinni pufladi.

-Ko‘rinishing yaxshi aka odamlarim senga anchagina mehr berishibdi.

Akasi nigohlari u tomon ko‘tarilgancha Taehyung unga sovuq jilmayish xadya etdi.

- Nega meni bu yerda ushlab turibsan nima xotinimni sendan qaytarib olishimdan qo‘rqyapsanmi ? Chunki bilasanki bu men uchun juda oson. Xo‘sh mendan qolgan sarqit tami senga yoqdimi.

Jeahyung

Akasini so‘zlari bilan Taehyung yuzi tundlashdi. Uni yoqasidan tutgancha yuzini o‘zi tomon yaqinlashtirib g‘azab bilan shivirladi.

-Tilinga ehtiyot bo‘l. Uni sarqit deyishga jurat etma..u sen tilinga olishing uchun ancha soflik qiladi.

-Soflik?..

Jeahyung yuz ifodasi o‘zgarmay xazilsiz kuldi.

-Uni sofligini yillar oldin buzib tashlaganman. Bilasanmi u yoshli ko‘zlari bilan menga boqib to‘xtashimni yolvorgan. Uni sofligini buzganimdagi ovozlar meni yertqich xolga keltirgan....

Jeahyung so‘zlari yakun topmasidan yuziga kelib urilgan mushtdan yerga yiqildi.

-Shukur qilki akamsan..

Taehyung uni ichiga qattiq tepgancha g‘azab bilan kulbadan chiqib ketdi.

Mashina tezlikda kulbadan uzoqlashar ekan darxtlar ortida yashiringan jussa kulba tomon yaqinlashdi..Taehyung odamlari ko‘zlaridan qochishni eplagancha ichkariladi Hae qay sabab bu yerga keldi bu savolga o‘zida ham javob yo‘q. Balki chindan Jaehyungni ko‘rishi kerak. U chindan o‘lganiga umid qilib ichkarilaganda hali ham qo‘li bog‘liq xolda yerda yotgan insonni ko‘rib batamom muzlab qoldi. Sharpani anglagan erkak boshini ko‘tardi yuzida iblisona tabassum bilan qiz nigohlariga duch keldi.

-Salom xotinjon... yoki kelin.

•••

Ikki xaftadan so‘ng.

Yashash xonasida Taehyungni ko‘ksiga boshini qo‘ygancha film tomosha qilayotgan Hae ko‘zlari ekranda bo‘lsa ham xayolida boshqa o‘ylar kezib yurardi. Taehyung anchadan buyon unga vaqt ajratishga urinar va bugun buni eplagandi. Hae boshi ustidan vaqti vaqti bilan bo‘sa bosib turarkan sochlarini ohista silardi.

-Taehyung...

-Xa sevgilim.

-Sendan bir narsani so‘rayman. Faqat rostini ayt.

-Nimani so‘raysan. Agar yana ishimga bog‘liq savol bo‘lsa javob bermayman.

Hae yigit ko‘ksidan sal uzoqlashib ko‘zlariga tikildi.

-Agar qachondir xayotingdan yo‘q bo‘lib qolsam nima qilasan ?

Hae sokin so‘zlaridan Taehyung qoshlarini chimirdi.

-Bu axmoqona savol qanday miyyanga keldi.

-Shunchaki javob berish qiyinmi ?

-Dunyoni ostun ustun qilib bo‘lsa ham seni topaman.

-Men topishingni istamasamchi ?

-Hae sen chindan yaxshi emassan. Film senga yomon tasir qilibdi. Kel yaxshisi boshqa narsalarni gaplashamiz.

-Javob kutyapman.

Taehyung bir zum Haega tikildi va yuz ifodssi jiddiylashib qiz yuzini kaftlari orasiga oldi.

-Meni tingla.. balki bu xudbinlikdir yoki boshqa xoxlaganingcha tushun. Men senga yetganimda mendan uzoqlashishinga imkon bermayman..xatto o‘ylab ham ko‘rma..agar urinib ko‘rsang seni zo‘rlik bilan yonimda olib qolaman. Har qanday zo‘rlik hoh jismoniy hoh ruhiy. Shunday ekan sevgilim keraksiz fikrlarni o‘ylama.

-Bazida sevging meni qo‘rqitadi.

-Nafaqat sen bazida o‘zimni ham bu ishq vahimaga soladi.