July 11, 2025

DARK WEDDING

Writer:Hae part 5

Pov:Hae

Negadir turgan yerimdan qimirlay olmayapman. Shu baqirgan ko‘yim endi ovozim ham chiqmayapti. U yetdi menga ammo men kutgan ishni qilmadi qo‘lidagi pichoq polga tushdi. Baquvvat qo‘llar tomog‘imga o‘ralik siqdi nafas taminotim siqilar ekan quloqlarim ostida uni issiq nafasiyu g‘azabnamoq so‘zlarini his ettim.

-Ukam ostida to‘lg‘onish yoqib qoldimi senga ? Kimniki ekanligingni unutdingmi foxisha*

So‘zlari yakuniga yetarkan u meni polga bosib yeqitdi. Pichoqni qayta qo‘liga oldi. Men esa hali ham xarakatsiz edim go‘yoki o‘zga bir kuch meni bosib turgandek.

-Men seni shunchaki o‘ldirmayman. O‘zga qo‘llar tekkan tanang har bir yerini tilim - tilim maydalayman. Toki olgan zavqing o‘rnini bu og‘riqlar to‘ldirsin.

U tanamga pichoqni suqdi. Men baqirdim....

Yotoqdan sakrab turgancha baqirgan qiz atrofga nigoh tashlagancha qo‘rquv ila boqdi. Xonaga yugurib kirgan Taehyung Haeni axvolini ko‘rib tezda uni bag‘riga bosdi. Biroz shunday turib titrayotgan qiz yuzini ushlab qo‘rquvdan porlayotgan ko‘zlariga qaradi.

-Yomon tush ko‘rdingmi ?

Hae ohista bosh irg‘adi ko‘zlarida yoshlar aylangancha ohista ko‘zlarini pirpiratdi.

-Senga suv olib kelaman.

Taehyung yotoqdan turgan edihamki Hae uni qo‘lini zaif tutib qoldi.

-Ketma....

Kuchsiz shivirlashdan yigit o‘rniga qaytdi qiz boshini ko‘ksiga joylagancha sochlaridan ohista silab unga tinchlantiruvchi so‘zlarni shivirladi.

-Shu yerdaman qo‘rqma... men sen bilanman doim, dunyodagi har bir yomonliklardan seni o‘zim himoya qilaman....

•••

Ertangi kun*

Tong yorug‘i pardalar orqali tusharkan Hae ohista qo‘zg‘aldi ammo yoni bo‘sh Taehyung atrofda ko‘rinmasdi. Qiz ko‘zlari shaxar manzarasiga qaralgancha unga biroz tikildi keyin esa xonadan chiqish yo‘li tomon yurdi. Tushidagi manzara ko‘zlari oldida bir zum gavdalandiyu yuragi noteks urdi. O‘ziga bu shunchaki tush ekanligini aytib yashirin xonadan chiqdi. Yashash xonasida Taehyungni baland ovozlarini tinglagancha bir zum ovozlarni tingladi. U ovozlarni to‘liq eshtib turgandi ammo tushuna olmadi. Chunki talaffus fransuz tilida edi. Taehyungni g‘azablangani esa ovoz tonidan malum. Yigit nigohi bir zum uni kuzatib turgan qizga qadaldiyu so‘ngi so‘z bilan telefon qo‘ng‘irog‘ini yakunlab u tomon qadam bosdi..

-Qachon uyg‘onding ?

-Xozirgina.

- Qachondan buyon meni tinglayapsan..

-Ko‘p bo‘lmadi xavotir olma men fransuzchani bilmayman. Ammo bu kim edi seni bunchalik asabiylashtirdi ?

Taehyung qoshlarini chimirdi.

-Muhim emas...

Qizni sochlaridan silagancha burniga tolalar tutamini olib kelib hidladi..

- mmm... aytishni xoxlamasang majburlamayman. Ammo ishonchimni yuqotib qo‘yma.

-Hech qachon qilmayman.

Taehyung

Taehyung Hae peshonasidan bo‘sa bosdi. Endi uni yuziga o‘ynoqi tabassum yugurdi.

-Xo‘sh xotinim qanday uxladi. Kechagi mashg‘ulotlar uni toliqtirib qo‘ymadimi ?

- Ajoyib mazah qilishda davom et. Qayta senga bunga imkoniyat bermayman.

Hae uni turtib yonidan o‘tayotganda Taehyung qiz belidan qo‘lini o‘rab uni joyiga qaytardi.

-Imkoniyat....

Yigit qiz quloqlari ostida shivirlar ekan. Qo‘llari uni belidan pastlab ohista sonlarni silagancha yengil siqib chiqardi. Hae bo‘ynidan bo‘sa bosarkan qiz bildirishni istamasa ham allaqachon anglab ulgurgan qiz tanasidagi titroqdan g‘olibona jilmaygan yigit kecha o‘zi qoldirgan izlardan barmoqlarini yurgizdi.

- Men bu lazzatni his etganimdan so‘ng imkon berishingni kutaman deb o‘ylaysanmi ? Keyin allaqachon meni teginishim senga tasir qilyapti shunday ekan g‘ururli bo‘lishni to‘xtat biz yomon ish qilmayapmiz. Men seni sevyapman sen esa bunga imkon berishing kerak.

Hae sekin undan uzoqlashdi oralariga masofa yaratgancha Taehyunga boqdi.

-Oson emas... lekin harakat qilaman. Meni qayta sindirmi. Singan ishonchimni tiklashga urinayotganimda menga bunday qilma.

-Menga ishon. Faqat menga xar qanday vazyatda sen menga ishonsang men sen qo‘rqqan ish yuz bermaydi vada beraman.

Hae sekin bosh irg‘adi. Sekin lablariga jilmayish tortildi.

-Ishonchimga avval erish.

Qiz dush tomon yurishidan oldin shu so‘zlarni aytgancha dush ichiga g‘oyib bo‘ldi.

Hae

•••
Parijda unutilmas onlarga boy bo‘lgan 1 xafta va ular qaytishdi yana birga Kimlar qo‘rg‘onida yashashni boshlashdi. Taehyung Sunoga ham ancha muloyim bo‘sha vaqlarida u bilan o‘ynardi. Oradan yana 2 oy o‘tdi borgan sayin esa Taehyung ishlari ko‘paydi uyga kam keladigan bazida esa umuman kelmaydigan bo‘ldi Hae uni ko‘p tergashni xoxlamadi. Yigit juda xorg‘in va asabiy kundan kunga esa g‘azabnamok so‘zlari ko‘paydi ammo bu ohang Hae va Sunog kelganda doim yumshatilshga urinilardi. Shunday oqshomlarni birida yarim tun Hae uxlashga urinayotgan bir paytdi xona eshigi yorib ochildi. Ko‘zlari qizargancha unga boqib turgan ko‘zlarga duch keldi qiz. Taehyung bu nigohini avval ko‘rmagan xona xira yorug‘ida uni ko‘zlari olzgacha bir iptidoiy maniklik bilan porlardi. Qiz endi etibor berdi yigit oq ko‘ylagida qon izlari mavjud ko‘ylagini tugmalarini betartib tezlik bilan bir nechtasini bo‘shatgan yigit qiz tomon otildi. Uni lablaridan tashnalik ila bo‘sa olarkan sochlarini deyarli og‘riq bilan siqdi. Lablardan uzoqlashishdan oldin pastki labini tishlari orasiga olib tishladi.

-Meni tinchlantir... nimadir qilmasimdan bu g‘azabni bos. Chunki buni faqat sen qilaolasan.. gapirma savol berma. Senga ozor berishimga yo‘l qo‘yma. Faqat olovni bos yo‘qsa men o‘zim xoxlamaydigan yomon ishlar qilaman....