July 28, 2025

DARK WEDDING

Writer:Hae part 8

-Chanqadim... nimadir xoxlaysanmi ?

Hae o‘rnidan turarkan ko‘zlarini Taehyungdan olib qochdi.

-Viski.

Taehyung oddiy javob berib qiz harakatlariga tikildi..Hae oshxonaga kirarkan tez urayotgan yuragi ustiga qo‘lini qo‘ydi.

-Sen to‘g‘ri qilyapsan. Xozir o‘zimni emas Sunoni o‘ylashim kerak.

Flashback.*

Hae Jaehyunga boqqancha hali ham qotib turardi go‘yoki qarshisida arvoh turgandek rangi o‘chgan qiz so‘zlash uchun lablari harakatsiz qolgandi.

- Tirikman bu tush yoki galyutsunatsiya emas....

Jaehyung Haedan ko‘zlarini olmay o‘tirishga urindi. Bog‘langan qo‘li unga xalaqit berdi ammo epladi.

-Qanday ?

Qiz ovozi titragancha chiqdi.

-Buni yangi eringdan so‘raysan. Agar eplay olsang.

- Sen. To‘g‘rirog‘i sizlar.... kimsizlar o‘zi. ?

-Meni asliyatimni allaqachon ko‘rgansan... ammo Taehyungni aslida kim va qanday inson ekanligiga borgan sayin amin bo‘lasan. Agar ungacha tirik bo‘lsang. Umid qilamanki sendan tez zerikmaydi. Sendan avvalgi ayollar xoliga tushmaysan degan umiddaman. Nima bo‘lsa ham o‘g‘lim onasisan bolam onasiz qolmasin deyman.

-Nimalar deyapsan....?

Hae titroq qo‘llarini yashirishga urinib qo‘llarini siqdi.

-Men seni ogohlantiryapman. Meni mahluq der eding shundaymi.? Sen xozir asil maxluq bilan yashayapsan.

-Senga ishonaman deb o‘ylaysanmi ?

-Men senga ishonishingni aytmadim... tez orada chindan o‘laman. O‘limimdan oldin qadrli sobiq xotinim uchun yaxshilik qilishni xoxladim.

Shu payt tashqaridan kelayotgan qadam tovushlari qizni chalg‘itti Jaehyung talvasaga tushib qolgan qiz nigohlariga duch kelib unga yashirinish uchun joyga ishora qildi. Hae ikkilangancha u aytgan joyga berkindi.

Comeback*

Hae qo‘llari titragancha viski stakaniga qog‘ozchadagi kukunni soldi. Kukun bir zum viski ichida koppirdiyu keyin viskiga butunlay singib ketdi. Chiqishdan oldin qiz chuqur nafas olib oshxonadan chiqdi. O‘ziga suvni olib viskini Taehyunga uzatdi. Taehyung viskini Haedan olib sekin simirdi. Keyin qiz blagidan ushlab o‘ziga tortdi. Hae bir zum muzlab qoldi nahotki u ko‘rgan bo‘lsa. Ammo yigit qizni bag‘riga kirgizib sochlaridan bo‘sa bosganda qiz ko‘ngli biroz tinchlandi.

-Biroz shunday qol...

Taehyung shivirlagancha yana viskini oldi va bu safar ohirgi tomchisi qolguncha uni simirdi.

Bir necha daqiqa Taehyung Haeni ushlab turdi ammo o‘zidagi o‘zgarishlarni anglagan yigit nafasi sayozlashishni boshladi. Peshonasidan ter tomchilar ekan qizni o‘rab turgan qo‘llari kuchsizlandi. Haega ajablanish bilan boqarkan ko‘zlari yumilishidan oldin ohirgi ko‘rgani Hae ko‘zlaridagi yosh eshitgan so‘ngisi esa uni titroq shivirlashi edi.

-Kechir.....

•••

Busan chekka qishlog‘iga kelib joylashganiga bir xafta bo‘lgan qiz allaqachon tirikchilik payiga tushgan shinamgina do‘konchaga ishga kirgandi. Sunoni esa kichik uy bog‘chasiga joylashtirdi. Yonidagi puli allqachon tugagan Taehyung uyidan hech nima olib chiqmagandi. Hatto o‘z taqinchoqlarini ham kiyimlari esa atiga bir nechta ko‘tarish qiyin bo‘lmasligi uchun. Ammo yuragida hadik uy tashqarisidan o‘tgan har bir mashinada qiz bu Taehyung emasmikan degan hadik bilan tun o‘tkizadi. Ishdan charchoq bilan qaytgan qiz Sunoni bog‘chasidan oldi. Eshik eski qulfiga kalitini tiqarkan eshikni ochdi. Ichkarilaganda uy ochiq derazasidan esayotgan shamol pardalarni o‘ynatayotgan edi qiz bir zum muzlab qoldi. Uyga kimdir kirgan degan o‘y bilan atrofga boqdi ammo hammasi tinch. Sunoni qo‘ygancha oshxonga bordi. Kechagi ovqatni isitib bolasi qornini to‘qladi. Ular ovqatlanib bo‘lisharkan kun ancha qorayishga ulgurgandi Suno uyqusirab esnarkan Hae beixtiyor unga qarab tabassum qildi. Bolasini ko‘targancha yotoqxona tomon yurdi. Uni yotqizib biroz yelkasidan urdi jajji peshonasidan o‘pich bosarkan Sunoni allaqachon uyqu qamrab olgan edi.

Oshxonalarni yig‘ib tugatgan qiz qo‘llarini artib endi o‘girilaman deganda baquvvat qo‘llar belidan o‘ralib mushak tanasiga tortdi uni. Hae qo‘rquvdan baqirishga ulgurmay. Og‘zi yopildi. Issiq nafad quloqlarini qitiqlab tanish ovoz shivirladi.

-Baqirma bu men...

Jaehyung

Hae muzlab qoldi kutmagan insoni u Taehyung topishidan hadikda yurganda allaqachon Jaehyungni tuzog‘ida edi.

-Xozir qo‘limni olaman. Sen esa aqilli qizdek baqirmaysan va ikkalamiz gaplashib olamiz.

Hae noiloj bosh silkida Jaehyung uni og‘zini bo‘shatib qizni o‘zi tomon o‘girdi.

- Arzon kiyimlarda ham go‘zal ko‘rinyapsan.

Qizni to‘zg‘igan sochini qulog‘i ortiga o‘tkizarkan yigit yoqimsiz jilmaydi.

-Qanday qochding xudoni balosi. ?

- Tiling shirinlashib qolibdimi ?

Jaehyung Haeni tomog‘ini siqqancha unga egildi.

-Menga bunday ohangda gapira oladigan darajada jasurlashdingmi ?

Hae uni qo‘llarini tomog‘idan olib tashladi.

-Nima istaysan ?

-Nima emas kimni ? Sen va bolamni istayman.

Hae baland ovozda kulib yubordi.

-Ukangni odamlari boshingdan qattiq urib yuborishibdi shekilli miyyang aynib qolibdi.

- Men jiddiy gapiryapman.

Jaehyung bu safar Hae iyagidan ushlab o‘z nigohlariga qizni duchor qildi.

-Seni sog‘indim...

Qiz lablariga yaqin kelgancha shivirladi u.

Hae uni itarib tarsaki tushurdi.

-Bu qadar yuzsiz bo‘lish uchun qay darajada tuban bo‘lish kerak.

-Yaxshi gapni tushunmaysan shundaymi.

Yigit yuzi tundlashib Hae tomon bostirib keldi. Bu safar uni iyagidan og‘riqli siqib oldi.

- Men sen uchun yagona yechimman. Seni undan faqat men qo‘riqlay olaman. U seni topolmaydi deb o‘ylaysanmi. U xozir yo‘ldi bir necha soatdan keyin shu yerda bo‘ladi. Va kelganda senga nima qiladi. Buni hatto tasavvur qilolmaysan. Shunday ekan tanla tanlov qo‘lingda ammo vaqt kam.

-Yaxshisi meni Taehyung o‘ldirsin.. sen bilan yana bo‘lganimdan ko‘ra uni qo‘lida o‘lim topganim afzal.

Jaehyung ko‘zlari nafrat va g‘azab bilan porlarkan. Hae yuziga qattiq tarsaki tortdi.

- Aslida senga insondek muomala qilgan men axmoq..o‘limingni Taehyunga qoldirmayman. Xavotir olma....

Yigit qiz ustiga bostirib kelarkan. Birin ketin qattiq mushtlar qiz tanasiga kelib tushishni boshladi.

2 soatdan so‘ng.

Telefondan ko‘rsatilgan manzil tomon oshiqqan Taehyung nihoyat eski qishloqqa kirib keldi. Ammo manzildagi uy tomon yaqinlasharkan. Mashina rulidagi qo‘llari titrashni boshladi. Ko‘rsatilgan uy alanga ichida o‘t o‘chirish mashinalari va qishloq odamlari bilan atrofi o‘rab olingan. Yigit mashinadan tezlikda tushib o‘zini alanga ichiga otdi ammo paletsiga xodimlari uni to‘xtatib qoldi.

-Janob uy butunlay yonib ketgan. Ichlariga kira olmaysiz.

-Xotinim....bolam..

Taehyung

Yigit titroq shivirladi uni bu xolida hech bir inson ko‘rmagan. Poletsiya xodimi chuqur nafas olgancha qo‘lini Taehyung yelkasiga qo‘ydi.

-Afsusdamiz. Uydan ikkita jasad topildi. Yosh bola va ayol jasadi. Tanalar butunlay kuyib ketgan.