DARK WEDDING
Kechga yaqin ishlarini yakunlagan Taehyung uyiga kirdi uyda anqib turgan tanish sigari iforini his qilarkan xo‘rsingancha ichkariladi.
-Anchadan buyon ko‘rishmagandik.
-Yashash xonasida o‘rindiqda o‘tirgan erkak tomon nigohlarini tikarkan uni yonidan mini bar tomon yo‘naldi. O‘ziga stakanda viski quygancha otasiga ko‘zini tikdi.
-Keling taxmin qilaman. Bu safar qadirli o‘g‘lingizni topolmay qoldingiz shu sabab qarshimdasiz. Doim ham siz mendan oldinlab ketolmaysiz Janob Kim.!!
Yigit istexzo ila otasiga tikilarkan janob Kim sovuq ifodasi o‘zgarishsiz turardi.
-Bu uchun menga bitta arzirli sabab ayting.
Yigit otasi tomon qadam tashladi uni qarshisidagi o‘rindiqdan joy olarkan tirsagini tizzalariga tiragancha otasidan javob kutdi.
-Menchi ? Men ham sizni o‘g‘lingiz edim. Siz nima qildingiz hech o‘ylamay meni chirkinlik tomon uloqtirdingiz. Bilmaydi deb o‘ylagandingizmi eng boshidan hammasidan habarim bor edi. O‘g‘lingiz jinoyatlarini yashirib narkobiznesdan chiqarib ketishda meni qurol sifatida ishlatdingiz. Soxta o‘lim soxta dafin hammasini uyushtirdingiz.
-Bas ota ohirigacha tinglang meni. Bilasizmi manashu ruhiy hasta og‘lingiz necha bor Hae va o‘g‘lini o‘ldirishga urindi. Men uni tutganimda o‘ldirmadim. Chunki sizlarchalik tuban emasman. Uni davolatdim o‘ziga kelganida esa qochdi. Bunda esa sizni qo‘lingiz bor unga yordam berdingiz natijada esa meni sevgan ayolimdan ayirdi. Endi yaxshi bo‘lmayman. Sizlarga sizlarni usulingiz bilan javob qaytaraman.
Janob Kim bir zum Taehyunga tikilib turdi keyin esa o‘rnidan turib u tomon keldi.
-Xoziroq akangni qo‘yib yuborasan uni chet elga olib ketaman boshqa senga daxl qilmaydi.
Yigit keskin javob berdi. So‘zlari yakuniga yetganda yuzida qattiq tarsaki va qizishni his qildi.
-Qilmasang men seni o‘ldiraman. Uni qo‘yib yubor va o‘z yo‘lingda ket.
Qonli ko‘zlari bilan otasiga tikilarkan qo‘llarini musht qilib tuggan Taehyung lablarini qattiq tishladi.
Janob Kim ortga burilib ketayotganda bog‘zidagi tugun bilan yigit bo‘g‘iq ovozi yangradi.
-Onam o‘limida men aybdor bo‘lmagan.... bu qadar nafratga loyiq emasman... men ham ota ona mehrini hohlaganman. Doim menga nafrat bilan aybdordek boqishingizni bilmayman deb o‘ylaysizmi... onam o‘limida hali ham meni aybdor deb o‘ylaysiz.
Taehyung ovozi borgan sari buzilishni xoxladi Janob Kim ortga o‘girilmay gapirdi.
-Ertagacha Jaehyung yonimda bo‘lsin.
Ohirgi gap bilan erkak uyni tark etdi.
U ketishi bilan butkul buzulgan Taehyung viski stakanini devorga uloqtirdi butun yashash xonasini ostin ustun qilgancha hamma narsani olib uyoqdan buyoqqa uloqtirdi.
G‘azab bilan yuqoriga xonasiga chiqqanda qo‘llari titrab yuvinish xona shkafidan nimadir qidirishni boshladi kichik dori qutisini toparkan sirg‘alib polga o‘tirib qoldi.
-Boshqa qilmaslikka qasam ichgandim....
Qo‘liga tabletkadan ikkta olarkan kaftidagi tabletkani siqimladi. Ko‘zlaridagi yoshlar yuzini namlagan lablari titragancha o‘ziga o‘zi shivirladi.
-Sen yo‘q ekansan majburman... chunki meni yagona tinchlantiruvchim eding..
Tabletkalarni og‘ziga solgan Taehyung suvsiz ularni yutib yubordi.
Boshini egib o‘tirgan yigit ongiga allaqachon narkotik o‘z tasirini o‘tkizishni boshlagan tanasi bo‘shashgan edi. Eshik ochilish ovozi bilan u boshini ko‘tardi. Hae sokin qadamlar bilan unga yaqinlashib yonida cho‘kkalab oldi ohista uni yuzini kaftlari orasiga oldi lablarino birlashtirishdan oldin shivirladi.
-Shu yerdaman. Sen uchun keldim....
Biroz qiya ochiq eshikdan ichkaridagi manzarani kuzatayotgan qiz yuzini ko‘z yoshlari bo‘yagan edi. Taehyung boshqa qiz bilan yotoqda aloqa qilayotgan edi.
Begona qiz sochlarini silagancha unga zarba berayotgan yigit lablarni birlashtirdi. Bu esa Haeni ohirgi nuqtasi edi. Boshqa sabri dosh bermadi eshikdan uzoqlashgancha uydan yugurib chiqib ketdi.
Salqin xavo yuziga urilar ekan yuragidagi olov unga zid tarizda daqiqa sayin alangalanar qizni yoqib kul qilish bilan taxdid qilardi.
Uni har bir bosgan qadami uchun kuchli eroda talab qilinar tanasi o‘ziga bo‘y sinmas yiqilishga shay edi. Qayta qayta ko‘rgan manzarasi ko‘z o‘ngida gavdalanarkan ko‘z yoshlardan xiralashgan ko‘zlari yo‘lni ko‘rolmasdi. Mashina yo‘lidan o‘tayotgan qiz mashinalar qatnoviyu ular signallariga etiborsiz yo‘lida davom etdi ammo tezlikda kelayotgan mashina tormoz berishga ulgurolmay qoldi Hae o‘zini mashina ostiga ko‘rishga shaylanganda baquvvat qo‘llar uni tortib o‘z tanasiga maxkamladi.
Yoongi unga bor ovozida baqirdi.
Hae bir zum unga tikilib turib uni qattiq quchoqlab oldi.
-Sen aytgan chin sevgiga guvoh bo‘lib kelyapman....
Yoongi taqillatmasdan xonaga kirdi Hae sarosima bilan unga boqdi.
-Kim Taehyung senga bu ism tanishmi ?
Hae bir zum ismni eshtib muzlab qoldi keyin esa sekin bosh silkidi.
- Meni unga berib yuborasan deb o‘yladim... tanishganimiz ikkinchi oyida seni Taehyung bilan telefonda gaplashganingni eshtib qolgandim.. xudbinlik qildim. Chunki sen bo‘lmaganingda ko‘chada qolardim yoki Jaehyung yana meni topardi.
Yoongi Hae qo‘llarini tutib uni divanga yoniga o‘tirg‘izdi. Ohistalik bilan u hammasini Haega aytib berdi.
-Hammasi eshitding u seni chindan sevadi. Hammasini sen uchun qilgan eng boshidan... sevging yoniga bor u seni kutyapti.
-Meni olib ket... qaytib ketaylik....
Kuchli bosh og‘rig‘i bilan uyg‘ongam yigit ko‘zlarini ochganda yonida yotgan qizni ko‘rib o‘rnidan turib ketdi.
Taehyung qizni turtgancha uyg‘otdi. Qiz g‘inshigancha unga yaqinlashishga urindi Taehyung uni o‘zidan itardi. Bu xol bo‘lishi mumkinmas bu qiz qachon qanday bu yerga keldi. Hae ketgandan buyon Taehyung tanasi ozodlik xoxlasa ham hech qachon o‘zga ayolga tegishni hatto o‘ylab ko‘rmagan edi.
Qiz noz karashma bilan uni ko‘ksiga tegmoqchi bo‘ldi. O‘zidan va qarshisidagi qizdan jirkangan Taehyung unga baqirdi.
-Xoziroq yuqol yo‘qsa o‘lik jasadingni bu yerdan sudrab ketishadi.
Qiz uni nigohlaridagi g‘azabdan cho‘chib tezda kiyimlarini yig‘ib chiqib ketdi.
Taehyung asabiy sochlaridan barmoqlarini o‘tkizarkan barchasi kechagi dori tasirida ekanligini anglab turgandi. Boshqa noo‘rin ish qilmaganligiga ishonch xosil qilish uchun yigit tezda tungi stolidagi kompyuterini oldi. Kechagi tasvirlarni yoqarkan ko‘zlari quvonch va xayratdan kattalashdi.
Yigit qiz uyga kirayotgan tasviridan muzladi keyingisi esa uni yuragini parchaladi. U boshqa qiz bilan bo‘lgan aloqasini ko‘rgan Hae Taehyung qizni ko‘z yoshlar bilan bo‘yalgan yuzini uydan yugurib chiqib ketishini ko‘rarkan yuragi nimta nimta bo‘lib ketganini his qildi.
Shu payt Taehyungni telefoni baland ovozda jiringlab uni xayollar ummonidan olib chiqdi titroq qo‘llari bilan telefonga javob berarkan. Yordamchisi gaplaridan u nafas olishni unutdi.
-Janob Kim... morkga kelishingiz kerak Hae xonim jasadi topilgan....