July 31, 2025

DARK WEDDING

Writer:Hae part 9

2 yildan so‘ng*

-Demak ularni hali ham izlayapsan.

Stol narigi tomonida o‘tirgan yigit do‘sti hikoyasini eshtarkan allaqachon nigohlarida achinish balqishni boshlagandi. Taehyung unga qaramasdan nigohlarini qo‘lidagi viski stakaniga tikdi.

-Aslida bunda meni ham aybim yetarli unga aytishim kerak edi. U o‘zi ko‘rgan narsalarga ishondi bolasini himoya qilishni istadi. Meni qotil va narkabaron deb o‘yladi. Kompyuterda ko‘rgan malumotlarni menga tegishli deb o‘yladi aslida ular Jaehyungni qing‘ir ishlari edi. Jaehyung esa vaziyatdan foydalandi uni bu qo‘rquvini yanada alanga olishiga hissa qo‘shdi...

-Aytganingdek undan yashirmasliging kerak edi. Men seni bu darajada oshiq qilgan biri borligini boshqasidan eshitsam ishonmasdim.

-O‘z tilimdan eshtib turibsan. Men shu qadar oshiq bo‘ldimki o‘zligimni unutdim. U uchun dunyoni yoqib yuborishga tayyor edim xozir ham shunday. Ammo u siz uni iforisiz yetarlicha aqildan ozyapman. Yaxshiyamki kelding Yoongi.

Yoongi Taehyunga nim tabassum hadya etdi.

-ularni birga topamiz. Jasadlar ularga tegishli bo‘lmasa va Jaehyung ham qochgan bo‘lsa katta ehtimol bilan u ularni ushlab turibdi.

-Katta ehtimol bilan shunday.

-Aytgancha xotining ismini aytmading. Surati bo‘lsa ko‘rsat men ham senga yordamlashay Seulda ko‘p bo‘lmayman ammo ketgunimga qadar yordamim teksin.

Taehyung telefonini olib Haeni surati o‘rnatilgan ekranni yoqdi uni Yoongi tomon uzatayotganda telefoniga bo‘lgan chaqiruvdan qo‘llari havoda to‘xtab unga javob berdi.

-Yaxshi xabar ayt Beakhyung.

-Jeahyungni topdik. Sizga manzil jo‘natdim.

Taehyung ko‘zlarini Yoongiga tikdi.

-Borishim kerak.

Ortiqcha so‘zsiz eshikdan otilib chiqqan yigit ko‘rsatilgan manzilga qarab telefonni qattiq siqdi.

2 soatdan so‘ng*

-Yaxshilikcha aytmaysanmi aka gapir ularni qayerga berkitding. Allaqachon ikkinchi o‘yiningdan ham xabardorman ahir sen soxta o‘lim saxnalashtirish bo‘yicha profeseonalsan o‘z o‘limingni soxtalashtirib meni hammasiga javobgar qilishga uringaning kabi...ammo men anoyi emasman otam bilan o‘yningizni vaqtida payqadim. Ikkinchi saxnani esa xotinim va bolamga nisbatan qo‘llading. Ular tirik ekanligini bilaman va sen xozir menga ularni qayerda ekanliklarini aytasan.

Taehyung yuzi qon bilan bo‘yalgan akasi sochlaridan siqimlagancha yuziga qaratdi.

-Ogohlantirib qo‘yay men xozir aqildan ozganman. Seni kiprik qoqmay o‘ldiraman bu gal akam ekan deb ayamayman.

-Yana aytyapman xudo xaqqi bilmayman.

Jaehyung qon tupurgancha kuchsiz shivirladi.

-MENI ALDASHNI TO‘XTAT.

Taehyung qattiq mushti uni yuziga urilarkan muvozanatni yuqotib yerga quladi. Taehyung to‘pponchani uni boshiga tiradi.

-Gapirish uchun ohirgi imkoniyat.

-Chindan bilmayman... ularni olib ketganimdan keyin Hae 1 oy o‘tib qochib ketdi. Men ham sendek ularni izlayotgan edim..

-Duo qil so‘zlaring rost bo‘lsin. Yo‘qsa seni o‘z qoninga cho‘ktiraman.

Yarim tun. Taehyung balkonda sigara chekkancha oyga tikildi.

-Meni eshityapsanmi sevgilim... meni qochqoq sevgilim mendan qochib qayerlarda yuribsan. Seni telbalardek sog‘indim xozir men bilan bo‘lsangu bo‘yninga yuzimni ko‘msam meni mast qiladigan iforingdan to‘yib hidlasamu seni bag‘rimga bossam xozir bunga juda muhtojman....

Taehyung

Xona derazasidan oyga tikilib turgan qiz ko‘zidan beihtiyor yosh oqib tushdi ichkarida uxlayotgan bolasiga bir nigohini tikkancha qo‘lidagi kichik suratga tikildi.

-Seni bu qadar sog‘inaman deb o‘ylamagan edim. Mening yovuz qaxramonim.

Hae

Alamli jilmayarkan Hae suratni shimi chopntagiga qayta soldi. Sekin eshikni ochilishi bilan ortiga qaradi. Tanish inson yuzini ko‘rib ohista jilmaydi.

-Yarim tun lekin sen mendan xabar olishni hech qachon unutma. Xozir keldingmi ?

-Xozir.

Yigit Sunoga yaqinlashib peshonasidan o‘parkan ko‘rpachasini to‘g‘irladi.

-To‘palonchi bugun seni charchatmadimi ?

-Seni so‘rab quloqlarimni charchatganini hisobga olmasak hammasi yaxshi.

Yigit ohista jilmayib Haega yaqinlashdi.

-Menimcha u mensiz zerikib qolgan.

-U senga juda o‘rganib qoldi Suno seni yaxshi ko‘radi.

-Senchi ?

Yigitni to‘satdan savoli qizni esankiratib qo‘ydi Hae unga xayron nigohlarini tikarkan asabiy labini tishladi.

-Bu haqida gaplashganmiz. Men ham seni yaxshi ko‘raman..sen juda yaxshi do‘stsan.

Qiz nigohlarini undan olib qochyotganini payqagan yigit uni yuzini tutdi.

-Hammasi yaxshi seni hech nimaga majburlamayman. Ammo qachondir fikring o‘zgarsa men doim shu yerdaman.

-Qachon germaniyaga qaytamiz ?

Haeni to‘satdan mavzu o‘zgartirishidan yigit sekin qoshlarini uchurdi.

-Menimcha bu yerda biroz qolamiz. Ishlarim biroz ko‘paygan.

-Men tezroq ketmoqchiman. Bizni jo‘natib yubor sen ortimizdan boraverasan.

-Bu haqida o‘ylab ko‘raman. Bugun esa juda charchadim.

Yigit undan yuz o‘girib ohista kostyumi tugmalarini bo‘shatib xonadan chiqishga chog‘landi.

-Yoongi...

O‘z ismini eshtib yo‘ldan to‘xtadi. Va ortga o‘girildi.

-Hammasi uchun raxmat.