February 27

𝓑𝓲𝓵𝓵𝓲𝓸𝓷𝓮𝓻 𝓶𝓪𝓯𝓲𝓪

𝐖𝐫𝐢𝐭𝐞𝐫: 𝐉𝐢𝐡𝐲𝐞𝐞
𝟓- 𝐞𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝𝐞

Sara qoqilib tushayotgan edi, ammo kimdir belidan mahkam ushlab qoldi. Yuragi shiddat bilan urardi. Ko‘zlarini asta ochganda, uning oldida bir yigit turganini ko‘rdi. Yaltirab turgan ko‘zlari, sirli jilmayishi va kuchli qo‘llari uni hayratga soldi.

— Yaxshimisiz? — yigit past ovozda so‘radi.

Sara tezda orqaga tisarildi, lekin hansirab turgani sezilib turardi. U bu yigitni ilgari hech qachon ko‘rmagan edi, lekin qaysidir jihatdan tanishdek tuyulardi.

— Ha, men… yaxshi, — u ovozini tiklashga harakat qildi.

Yigit kulib qo‘ydi va mayinlik bilan dedi:

— Xavotir olmang, men shunchaki yordam bermoqchi edim.

— Rahmat… — Sara o‘zini tartibga solishga urindi. Uning boshi biroz aylanardi. Atrofdagi yorug‘ chiroqlar, musiqa va gavjum odamlar orasida u buni tushunarsiz his qilardi.

— Siz bu yerda yolg‘izmisiz? — yigit qiziqsinib so‘radi.

— Yo‘q, men… — Sara atrofga ko‘z yugurtirdi. Jihyee va Soyeon allaqachon yo‘qolib qolishgandi.

— Agar xohlasangiz, sizni do‘stlaringizga qaytarib qo‘yishim mumkin, — dedi u.

— Yo‘q, kerak emas… o‘zim topaman, — Sara shoshilib javob berdi va ortga yurdi. Biroq, yigitning nigohi undan ketmasdi.

— Ajoyib… Ko‘rishguncha, Sara, — yigit jilmayib, sekin ortga tisarildi.

Sara beixtiyor to‘xtab qoldi. Unga hech qachon o‘z ismini aytmagan edi. “U kim?” – deb o‘yladi u, yuragi yana shiddat bilan urib ketdi.

Sara klubdan chiqqach, uzoq nafas oldi. Yuragi hamon tez urardi. “U yigit kim edi?” – deb o‘ziga savol berdi. U shunchaki tasodifiy odam bo‘lishi mumkin edi, lekin qanday qilib uning ismini bilardi?

Telefonini chiqarib, Jihyeega qo‘ng‘iroq qildi.

— Jihyee! Qayerdasan?

— Sara? Biz seni qidirdik! Sen qayerdasan o‘zi?

— Hozirgina tashqariga chiqdim.

— Kut, hozir boramiz.

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Jihyee va Soyeon yugurib kelishdi.

— Qayerga g‘oyib bo‘lding? — so‘radi Soyeon.

Sara biroz ikkilanib turdi, so‘ng:

— Shunchaki… ozgina yo‘qoldim, — dedi.

U hech qanday tushuntirish bermaslikka qaror qildi. Negadir, ich-ichidan bu sirni o‘zi uchun saqlamoqchi edi.

Lekin, u o‘ylagandan ham tezroq haqiqat bilan yuzlashishi kerak edi.

Chunki kechasi u yotoqda yotganda, telefoniga noma’lum raqamdan xabar keldi:

"Yo‘qolib qolma, Sara. Hali oldinda qiziq narsalar bor."

Xabarni o‘qigan zahoti yuragi shuv etib ketdi. Bu kim bo‘lishi mumkin? Va eng asosiysi… u nimani nazarda tutgandi?


Sara telefon ekraniga tikilib qoldi. Yuragi yana tez urishni boshladi. Bu noma’lum xabarni jo‘natgan odam kim? Nega aynan unga yozmoqda?

— Sara, nima bo‘ldi? — deb so‘radi Jihyee, uning g‘alati rang o‘chgan yuziga qarab.

Sara shoshib telefonini o‘chirib qo‘ydi va jilmayishga harakat qildi.

— Hech narsa, shunchaki biroz charchadim.

Lekin Jihyee uni juda yaxshi bilar edi. U darrov shubhalandi.

— Hech narsa emas? Sara, men seni shuncha yildan beri bilaman. Sen yolg‘on gapirganda ko‘zlaring qochadi, hozir ham xuddi shunday bo‘lyapti.

Sara yutindi. Jihyeedan hech narsa yashira olmasligini bilardi. Lekin hozir hamma narsani aytishga ham tayyor emasdi.

— Ertaga gaplashamiz, xo‘pmi? Hozir charchadim.

Jihyee unga qarab turdi, lekin yana qistashni istamadi.

— Xo‘p, lekin biror narsa bo‘lsa, menga ayt.

Sara bosh irg‘ab, xona tomon yo‘l oldi. Lekin yuragidagi g‘alati sezgi uni tinch qo‘ymasdi.

Ertasi kuni

Darsdan keyin qizlar kafeda yig‘ildilar. Sara ancha yaxshiroq ko‘rinsa ham, hamon o‘sha kechada bo‘lgan voqealar haqida o‘ylardi.

— Bugun kechqurun yana klubga boramizmi? — deb so‘radi Soyeon hayajon bilan.

Jihyee bosh chayqadi.

— Yo‘q, men ertaga juda muhim uchrashuvim bor.

— Sara-chi? — deb so‘radi Soyeon unga qarab.

Sara bir muddat ikkilanib turdi. U klubga borishni istamayotgandi. Ammo o‘sha sirli yigit... agar u yana paydo bo‘lsa-chi?

— Bilmayman… — dedi u sekin.

— Sen bilan biror narsa bo‘ldi, shundaymi? — deb so‘radi Soyeon, uning o‘zgarib qolganini sezib.

Sara uzoq nafas oldi va ularga qaradi.

— Kecha kimdir menga xabar yubordi…

Jihyee va Soyeon bir-birlariga qarab qo‘yishdi.

— Kim? — so‘radi Jihyee.

— Bilmayman. Xabar noma’lum raqamdan edi.

Soyeon yelka qisdi.

— Ehtimol, shunchaki bir notanish odam bo‘lsa kerak.

— Yo‘q, — Sara bosh chayqadi. U mening ismini bilar edi… va “Yo‘qolib qolma” deb yozdi.

Jihyeenining ko‘zlari kattalashdi.

— Bu juda g‘alati. Kimdir seni kuzatyapti bo‘lishi mumkin.

— Aynan shundan qo‘rqyapman, — Sara past ovozda dedi.

Ular bir-birlariga jiddiy qarab turishardi. Lekin hech kim bu o‘yinni boshlagan odam kimligini bilmasdi.

Va aynan o‘sha damda, kafening burchagida o‘tirgan yigit asta jilmayib qo‘ydi.

Jimin.


Sara qo‘lidagi kofe finjonini mahkam ushlagancha, kafening eshigiga tez-tez qarardi. Yuragi hamon notinch edi. O‘sha noma’lum xabarni kim yuborganini bilish unga tinchlik bermayotgandi.

Jihyee ham buni sezdi. U ohista so‘radi:

— Hali ham o‘sha xabar haqida o‘ylayapsanmi?

— Ha... — dedi Sara sekin. Nega menga yozishdi? Kim edi u?

Soyeon yelka qisdi.

— Ehtimol, kimdir sen bilan shunchaki o‘ynashgandir?

Lekin Sara buni hazil deb o‘ylamasdi. Yuragining tubida qandaydir notanish tuyg‘u bor edi. Xuddi kimdir uni kuzatayotganday…

Shu payt...

Kafening eshigi ochildi. Ichkariga uzoq qora plash kiygan yigit kirdi. Uning nigohlari jiddiy va sirli edi. U atrofga qarab, to‘g‘ri ularning stoli tomon yura boshladi.

Sara nafasini ichiga yutdi. Yuragi tez ura boshladi.

Jihyee va Soyeon ham yigitga qarashdi. U juda tanish edi. Lekin qayerdandir…

Jimin.

U sekin kulib qo‘ydi va Sara qarshisida to‘xtadi.

— Anchadan beri ko‘rishmadik, Sara.

Sara hayratdan ko‘zlarini keng ochdi.

— S-sen?!

Jihyee va Soyeon bir-birlariga qarab qo‘yishdi.

— Siz bir-biringizni taniysizmi? — deb so‘radi Soyeon.

Sara bir so‘z ham aytolmadi. Uning xotiralari chaqmoqdek harakatlana boshladi.

Jimin o‘tirib, xotirjam holda qahva buyurtma berdi. So‘ng, yana Sara tomon qaradi.

— Seni ko‘rishni istagandim, — dedi u yumshoq ovozda.

Sara nima deyishini bilmay, shunchaki unga tikildi.

— Necha yil bo‘ldi? — deb so‘radi Jimin sekin. Besh? Olti?

Sara biroz qotib qoldi.

— Sen... qanday qilib meni topding?

Jimin kulib qo‘ydi.

— Kimdir yo‘qolsa ham, uni topish har doim mumkin. Ayniqsa, agar u kim uchundir juda muhim bo‘lsa.

Uning so‘zlari juda sirli edi. Jihyee va Soyeon ham hamon hech narsani tushunmayotgandi.

— Sara, bu kim? — deb so‘radi Jihyee.

Sara chuqur nafas oldi va nihoyat javob berdi.

— Bu... bu mening o‘tmishim.

Jimin jilmaydi.

— Yo‘q, Sara. Men sening o‘tmishing emasman. Men – kelajagingman.

𝐋𝐮𝐧𝐞𝐬 𝐦𝐚𝐧𝐚 𝐬𝐢𝐥𝐚𝐠𝐚 𝐟𝐟 𝟓- 𝐞𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝𝐞 𝐲𝐨𝐪𝐚𝐝 𝐝𝐛 𝐨𝐲𝐥𝐢𝐦𝐚𝐧🥲

𝐁𝐢𝐥𝐚𝐦𝐚𝐧 𝐤𝐚𝐦 𝐛𝐨𝐩 𝐪𝐨𝐥𝐚𝐝 𝐥𝐤𝐧 𝐤𝐞𝐲𝐢𝐧𝐠𝐢 𝐬𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐤𝐨𝐩𝐫𝐨 𝐲𝐨𝐳𝐚𝐦𝐚𝐧