April 8, 2025

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2025-yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati bosh maslahatchisi Shambayev Muradulla Karimovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Murodulla Karimovich 1970-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi boʻyicha filolog.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2021-yilda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

Hozirgi vaqtda Markazning “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati bosh maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Murodulla Karimovich oʻzi faoliyat yurituvchi tarkibiy boʻlinmaning zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy, ilmiy jurnalining belgilangan tartibda chop etilishi hamda obunachilar e’tiboriga yetkazilishini ta’minlashda, xususan ushbu davriy nashr orqali Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning maqsad-mohiyatini targʻib qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Adliya vazirligi tizimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish, jumladan, fuqarolarning murojaatlari boʻyicha koʻrilgan choralar, adliya xodimlarining joylardagi sayyor qabuli natijalari, turli huquqiy tadbirlar, adliya faxriylari bilan suhbatlar, huquqiy savol-javoblar kabi mavzularni muntazam yoritib borish, sud-huquq islohotlarining ustuvor yoʻnalishlarini, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti muammolarini keng yoritib borish, normativ-huquqiy hujjatlarning maqsad-mohiyati, amaliy-nazariy va siyosiy-huquqiy jihatlarini tadqiq va targʻib qilishga qaratilgan ilmiy-yuridik-tahliliy materiallar tayyorlash va chop etishda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi Murodulla Karimovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.