“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2024-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.
Unga ko‘ra, Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik ishlov berish boʻlimi yetakchi maslahatchisi Toshboltayev Turgʻunali Xolmatovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Turgʻunali Xolmatovich 1994-yilda Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2021-yilda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi statisti lavozimidan boshlab, 2022-2024-yillarda Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi katta maslahatchisi, Normativ-huquqiy hujjatlarga texnik ishlov berish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimlarida ish yuritgan.
Hozirgi vaqtda Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik ishlov berish boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Turgʻunali Xolmatovich oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmaning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) tizimi orqali mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy e’lon qilinishida, ularning turkumlashtirilgan hisobi va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari vakillarini va aholining keng qatlamini Lex.uz tizimidan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va qoidalarini jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi Turgʻunali Xolmatovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz