April 24, 2020

Shunchaki Rahmat.....

U 7 yoki 8-sinfda o'qirdi. Maktabda darslarni yaxshi o'zlashtira olmas, doim sochlari to'zg'igan, parishon holda yurardi. Bir kun darsga kechikib keldi. Sinfxonadagi o'zining eng sevimli joyi - oxirgi partaga o'tib borar ekan, kimdir oyog'idan chalib yubordi. Yiqilib tushdi. To'zg'igan sochlari yuzini yopib oldi. Sinfdagilar gur etib kulib yuborishdi. O'girilib qarasa, sinfdagi eng maqtanchoq, o'ziga bino qo'ygan qiz uning oyog'idan chalgandi. Ko'zlarida yosh aylandi-yu yig'lamadi!!! Kamiga o'qituvchisidan ham gap eshitib oldi.....

Uyiga kelganda hamma joy to'zib yotar. Oyisi qo'shni amaki bilan vino ichib o'tirgandi. Qizini vaqtli kelganidan jahli chiqqan ona uni hammomga qamab qo'ydi-da,o'zi xonasiga kirib ketdi! U shunda ham yig'lamadi..... Kir va yirtilgan sumkasidan oq qog'oz qatiga solib qo'yilgan dadasining rasmini oldi. Dadasi uni quchoqlab kulib turardi. Yuragi bir oz taskin olganday chuqur xo'rsindi. Albomini olib surat chiza boshladi. Uning suratlari juda chiroyli edi.....

Oradan yillar o'tdi. Ona ham qarigan, qiz ham maktabni tugatgan edi. Uning xonasi turli tuman suratlar, chizmalar bilan to'lib ketgandi. Har kun chizardi, to'xtamas edi. Bir kun televizordagi rassom va dizaynerlar haqidagi tanlov e'lonini ko'rib qoldi. O'zi eng chiroyli deb hisoblagan rasm va uy dizayniga oid chizmalarini yubordi. Uni omad juda tez qidirib topdi. Tanlovda birinchi o'rinni olgach, u uchun mashhurlikning hamma eshiklari ochildi. Ketma-ket tanlovlarda g'olib bo'lardi. Televizordan ham juda ko'p ko'rsatishdi uni.... Chet eldagi taqdirlash marosimlarini jonli tarzda ko'rsatishardi. Oyisi televizorga qarab, ko'zlaridan yosh tinmasdi. Bir vaqtlar uni yiqitib yuborgan dugonasi ham ko'rib turardi....

Qiz minbarga chiqib faqat bir og'iz gap aytdi:
"MENI QIYINCHILIKLARIMGA, ALAMLARIMGA SABAB BO'LGAN INSONLAR!!! BARCHANGIZDAN MINNATDORMAN!!! MEN SIZLAR UCHUN HAM KUCHLI BÖLISHGA MAJBUR EDIM....."

📝Umida