BELIEF AND SCARE
Men seni tanladim, lein taqdir meni zo'rlik bilan boshqa tomonga sudradi
Start chizig'iga yaqinlashayotgan mashinalarni odamlar ko'rib, atrofni o'rab olishdi. Birinchi Soo Hyun, ikkinchi Jungkook, uchinchi Jimin ketma-ketlikda chiziqdan o'tib, g'alaba qozonishdi. 500m narida bir mashinani odamlar o'rab olishgandi hattoki mashina ham ko'rinmadi.
Soo Hyunpov: Birinchi o'rinni egallagan bo'lsamda bu his menga tatimadi yuragim g'ashlandi ilk marta bu sodir bo'lyapti. Yn mashinasini qidirishga tushdim. Yetib kelganimda odamlar shunchaki tomosha qilishardi holos. Mashina to'siqqa uringan ichida esa Yn boshi qonagan va hushsiz edi. Mashina eshigini buzib Ynni chiqarib oldim
Soo Hyun: Yn ko'zingchi och Yn- Soo Hyun qo'llari titrar ko'zlarida qo'rquv. Yn hushiga keltirishga urinar, tez yordam chaqirtirilgandi Soo Hyun buni bilib Ynni ko'tarib zambilga joylashtirdi
Soo Hyunpov: Ynga hech narsa bo'lmasligini kerak kim qilgan bo'lsa birma bir javob beradi.
Jungkook: Ikkinchi o'rin men uchun uyatli men yutishim kerak edi- Jungkook doim yutganiga ikkinchi o'rinni hazm qilolmasdi
Tae: Siqilishdan foyda yo'q undan ko'ra barda o'tirarmiz- Tae gapirishi bilan tez yordam sirenasi ovozi eshitildi. Yonida esa qizlar kulgusi Tae qizlarga nimaga kulayotganiga va gaplariga quloq soldi.
Ye Jin: poygalar hamma qizlargayam tegishli emas ba'zilar hali ham uy bekasiligicha qolgan axax
Hye Soo: Yn bizlarga qarshi chiqish oqibati nimalarga olib kelishini endi tushunadi- Tae bularni eshitib turgach o'sha avariya bo‘lgan tomonga do'stlariga sezdirmay bordi Yn mashinasi avto halokat bo'lganini bilganida yuz ifodasi jiddiylashdi
Jk: Qayerda eding nimadir bo'ldimi?
Tae: Haligi
Jimin: chaynalma gapir- Jimin va Jk jiddiy gap borligini bilib asabiylashishdi
Tae: Jimin haligi Yn mashinasi to'siqqa urilibdi hozir tez yordam olib ketishdi
Jimin: Yn ortidan borishim kerak Ynga biron narsa bo‘lsachi- Jimin bu gaplarni analiz qilolmay sirena ovozi ortidan bordi. Manzilga yetib ketgach bemorni ichkariga olib kirib ketishgandi. Jimin mashinasini joylashtir qabulxonaga bordi
Jimin: Hozir olib kelingan bemor Kim Yn qaysi xonada
Hamshira: 1-qavat 4- aperatsiya bo'limida- Jimin aperatsiya bo'limiga yaqinlasharkan Soo Hyun eshik yonida kutib turganini ko'rdi.
Jimin: Sen qilding Ynni o'ldirmoqchi bo'lgansan jin ursin NEGA U YERGA OLIB BORDING- Jimin Soo Hyun yoqasidan olib siltab gapirardi
Soo Hyun: Aqldan ozdingmi? Men qilgan taqdirimda ham bu usulda qilmasdim bu bir, sen Ynga kimsanki mendan hisob so'raysan? Yn meniki shunday ekan hoziroq yo'qol
Jimin: Ynga biron nima bo‘lsa seni o‘ldiraman uqtingmi?- Soo Hyun yoqasini zarb bilan yuborib undan uzoqlashdi.
Oradan 1soat o‘tgach, doktorlar chiqishdi ikki yigit ham ulardan javob kutardi holos
Doktor: Bemorni ahvoli yaxshi jiddiy jarohat olmagan boshi lat yegan tezda tuzaladi sog‘ayib ketsin- Doktor ketgach Jimin Ynni ko‘rish uchun honaga kirdi Soo hyun esa kasalxonani tark etdi
Soo Hyunpov: Hammasi javob beradi Ynga mendan boshqa hech kim qo‘lini ham tekkizishga haqqi yo‘q. Hye Soo mashinani atayin ishdan chiqazgan boshida turgan Ye Jin. Ular odatda kechki payt Hye Soo uyida bo‘lishadi. To‘g‘ri Hye Soo uyiga bor tezlikda mashinani haydadim. Shu qadar asabiylashyapmanki kimnidir o‘ldirishim tayin edi. Hye Soo uyiga borgach eshikni bor kuchim bilan tepdim ichkaridagi kulgu ovozlari birdan tindi ichkariga kirganimda Hye Soo tomog‘idan olib davorga tiradim
Hye Soo: Telba NIMA QILYAPSAN QO‘YVOR HOY- Ye Jin Soo Hyunni itarar lekin u hattoki siljimasdi ham.
Soo Hyun: Sen foxsha Ynni o‘ldirmoqchi bo‘lgansan sen ham o‘lishi shart- Soo Hyun ko‘zlari g‘azabdan qizargan edi. Hye Soo esa nafas ololmay qizarib ketgan tinmay tipirchilardi. Soo Hyun oxirgi soniyalarda qo‘lini oldi Hye Soo devorga suyanib chuqur nafar olardi holos
Ye Jin: Nima yalangoyoq Yn deb bizga qarshi chiqyapsanmi necha yillik do‘stlaringgaya- Ye Jin Soo Hyun bunday o‘ylamagandi ham
Soo Hyun: qulog‘ingga quyib ol Ye Jin agar Yn atrofida o‘ralashganingni ko‘rsam ayab o‘tirmayman meni bilasan- Soo Hyun uydan chiqib ketdi. Mashinasiga o‘tirib yo‘lga tushdi biroz yurgach mashinasini chetga olib to‘xtatdi
Soo Hyunpov: Yn azoblanganda men go‘yoki yo‘qotishdan qo‘rqdim Nega? Men hech qachon hech kimni sevib qolmayman hech qachon Yn shunchaki rejamni bir qismi Soo Hyun o‘zingga kel.
Soo Hyun hayol surib o‘sha joyda qoldi.
Jimin Yn oldida o‘tirar bir so‘z demay kuzatardi. Go‘yoki ichki ovozda gaplashayotgandek Yn qo‘lini mahkam ushlab oldi va boshini qo‘lini ustiga qo‘ydi tongga yaqin uxlab qoldi
Yn ko‘zlarini sekin ochdi.
Ynpov: Qayerdaman? Menga nima bo‘ldi? Aah boshim og‘riyapti. Qo‘limda qandaydir og‘irlik sezib u tomonga qaradim. Jimin boshini qo‘yib uxlayotgandi. Jiminni uxlashi ham yoqimtoy kecha meni Jimin qutqardimi?- Yn qo‘lini olishga uringanda Jimin uyg‘ondi.
Jimin: Yn ahvoling yaxshimi? Boshing og‘rimayaptimi? Hozir doktor chaqiraman
Yn: Jimin men yaxshiman doktor chaqirishing kerakmas. Kecha sen meni qutqardingmi?- Yn past ovozda
Jimin: Ha men qutqardim hozir bularni o‘ylama sen dam olishing kerak. Men doktor chaqiraman- Jimin eshikdan chiqqanida Soo Hyun kelayotganini ko‘rdi.
Soo Hyun: Nega bu xonadan chiqyapsan?- Soo Hyun jahl qilib gapirar Jimin esa parvo ham qilmay doktor xonasiga kirib ketdi.
Jimin palataga kirib Yn yoniga keldi.
Jimin: Doktordan ruxsat oldim. Hozir ketsak bo‘larkan yura olasanmi?- deya Jimin Soo Hyun borligigayam e‘tibor qilmay.
Yn: Men o‘zim boraman sizlar ketinglar meni urush chiqarishingizni hoxlamayman xonadan chiqinglar- Yn o‘rnidan turib. Ikki yigit xonadan chiqib kutib turishdi. Tinmay bir-biriga o‘qrayib qarardi.
Yn: Men bo‘ldim- Yn yigitlarga qaramay tezroq ketishni hoxladi sababi odamlar ikki kelishgan zabardast yigitlar Ynga ergashardi. Yn bularni sezib yurishni tezlatdi. Yn taksi yurarkan yigitlar uni to‘xtatdi
Jimin: Yn Kim xonimga tushuntirishimiz o‘zing borolmaysan shunday ekan men bilan ketasan
Yn: iltimos men o‘zim boraman sizlarga yosh bola emasman. Soo Hyun seni mashinang chap tarafda Jimin seniki o‘ng tarafda qani ikkilangiz ham boringlar- Yn jiddiy gapirib taksiga o‘tirdi
Ertasi kuni
Yn xonaga kirib darsga tayyorlandi
Suna: Yn kecha qo‘ng‘iroqlarimga javob bermading kamida Kim xonim ham telefon qilib seni so‘radi
Yn: Nima deding
Suna: Havotir olmang Yn menikida dedim nima bo‘lganini ayt
Ustoz: Bolalar sizlarga yangiligim bor. Ertaga 3kunga Jeju oroliga sayohat qilamiz
Bolalar: OOH YESS
Ustoz: Tinchlaning sizlarga yuqori kurs o‘quvchilari sizlarga hamroh bo‘ladi
Qizlar: Nahotki o‘zimizga juft topilarkanda
Qiz: Albatta u menga qaraydi- O‘quvchilar hursand bo‘lishgani sezilardi
Suna: Yn yuqori kurslaridan dedi lekin qaysi biri qiziq?
Seo: Bu sir bo‘lsa kerak. Ertaga ma‘lum bo‘ladi. Meni ichim qizib ketyapti qaysi guruh ekan?- O‘quvchilarda shu savol qiynardi.
Ertasi kuni soat 8da barcha o‘quvchilar darvoza oldida yig‘ilishdi. Lekin yuqori kurs o‘quvchilar hali kelishmagandi yarim soat o‘tgach yuqori kursdagilar kelishdi.
Suna: Bu axir Jimin guruhidagilarku
Yn: Rostanmi? Ular yo‘q demak sen adashding Sunosh
Suna: Ana qara Jimin Jungkook Taehyung ham kelyapti- Soo Hyun ham orqadan kuzatib turib Ynni qo‘lidan tortib o‘ziga yaqinlashtirdi
Soo Hyun: bir qadam ham yonimdan ketmaysan
Yn: Men Sunosh bilan bo‘laman qo‘limni qo‘yib yubor og‘rityapsan- hamma yig‘ilib avtobusga o‘tirishdi kurs sardori Jimin bo‘ldi. Avtobusda ham Soo Hyun Ynni yoniga o‘tirg‘izdi. Yn Soo Hyundan nari bo‘lish uchun oyna tarafga juda yaqin joylashdi.
O‘quvchilar qo‘shiq kuylashar birga o‘ynashardi o‘yinlar ham o‘ynashdilar. Seo Jimindan, Jimin esa Yndan ko‘z uzmasdi. Yn esa oynaga boshini boshini suyagancha uxlab qoldi. Soo Hyun paytdan foydalanib Yn boshini yelkasiga qo‘ydi. 2soat deganida Jeju oroliga yetib kelishdi.
Jeju orolida 2qavatli hovli uy, kichik ko‘l, tog‘lar, ko‘p daraxtlar, tepaliklar, tepalikda esa sharshara mavjud edi
Suna: Chiroyli joylar ekana Seo yur o‘zimizga joy olishimiz kerak.
Seo: To‘g‘ri yo‘qsa qolmaydi qani kettik
Suna: Lekin Ynchi o‘zimiz bilan olishimiz kerak- Suna oldindagi Yn bilan Soo Hyunga ishora qilib
Seo: O‘zi keladi hozir band ko‘rmayapsanmi yuraqol
Jungkook: Jimin vaqti keladi menga qo‘yib ber. Hozir ketishimiz kerak ishkal bo‘lmasin yur-Jungkook Jiminni sekin pichirlab holatni tushuntirdi. Ye Jin, Hye Soo birga tusharkan Ynga jirkanchli nigohlarda qarab ketdi.
Soo Hyun: Yn uyg‘on Yn- Yn uyg‘onavermagach, Yn boshini deraza tomon uloqtirdi. Yn bundan yuzini burishtirib uyg‘onarkan
Yn: Hhm Nega to‘xtadik? Keldikmi?- Yn uyqisirab yosh bolalar kabi gapirardi. Soo Hyun Yn qilig‘iga kulgisi kelsada, o‘zini bosib oldi
Soo Hyun: Nima yelkam senga yostiqmi biram og‘irsanki endi yelkam og‘riyapti tez tush- Soo Hyun gapni boshqa yoqqa burib o‘zini olib qochdi.
Yn: Tovba men unga tegmadim hamku- Yn hali ham uyqisiragancha
Oradan vaqt o‘tib guruh bo‘lib joylashib olgandi. Ustoz hammani pastga mahmonxonaga yig‘dirdi.
Ustoz: Hamma diqqat qilsin! Sizlar 40tasizlar men 4ta guruhga bo‘lmoqchiman.
O‘quvchilar: Ustoooz shu yerda hech bo‘lmasa erkinlik bering
Ustoz: Yo‘q tartib doim muhim- Ustoz tartib bopyicha guruhga ajratdi.
Jimin Jungkookka asabiy qararkan Jungkook shunchaki ko‘z qisib qo‘ydi.
Guruhda kimlar bo‘lishi e‘lon qilindi
1-guruhda: Jimin, Jungkook, Taehyung, Seo Yn va boshqalar bo‘lishdi
2-guruhda: Soo Hyun, Ye Jin, Suna va boshqalar. Qolganlar ham shunday bo‘linishdi.
Soo Hyun: Men qarshiman boshqattan ajrating- Jiddiy ohangda bu ajratish albatta yoqmagandi
Ustoz: Yo‘q hech kim o‘zgartirilmaydi ayniqsa seni guruhingdagilar. Seni doim janjal chiqarasan. Qolganlar tushlikdan so‘ng tepalikka chiqamiz tayyorlansin.
Jimin: qizlar sizlarga xonani ko‘rsataman ortimdan yuring- Jimin guruh sardori sifatida vazifasini bajardi.
Soo Hyun: Ye Jin Seo nimadir qilishi kerak tushunyapsanmi?- Ye Jin bilan yolg‘iz qolganidan foydalanib rehani pishitardi
Ye Jin: Tushundim yetkazaman menda yaxshi g‘oya bor- Ye Jin sovuq iljayib
O‘quvchilar ba‘zilar tushlik qilishar ba‘zilar esa o‘yin o‘ynashardi boshqalar dam olishni ma‘qul ko‘rishdi.
Tushlikdan so‘ng: Tepalikka chiqishni boshlashdi
Writer Park Younjung
5.1-qism tugadi
Soo Hyun: Yn hech qayerda yo‘q
Seo: Jimin ham yo‘q tepalikda adashib qolishgan
Suna: Yomg‘ir yog‘yapti hademay kech tushadi Jungkook sen tekshirib chiqdingmi?
Jungkook: Ularni topolmadim yomg‘ir kuchaydi qaytishimiz kerak