"BIZ KIM TEMUR AVLODLARI"
Amir Temur bu ism har kimning qulog'i ostida turlicha jaranglaydi. Hattoki maktabga ketayotgan 1-sinf bolasidan so'rasangiz ham Amir Temur ismi unga begona emasligini tushunib yetasiz. Lekin har bir zamoning farzandi shunday fikrda deb ayta olmayman. Misol tariqasida men yoshi ulug' insonlardan eshitgan so'zlarimni keltirib o'tmoqchiman:
Biz istiqbolga erishgunimizcha juda ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik, juda ham ko'p sinovlardan o'tdik, ko'z o'ngimizda qanchadan qancha insonlarni xalq dushmani deb e'lon qilindi. Vaholanki ular yurt istiqbolini ko'zlagan fidoyilar "jadidchilar" edi. O'sha vaqtlarda ta'lim dargohlarida taxsil olgan insonlarga buyuk yurt asoschilaridan biri Amir Temur jadidchilar singari dushman sifatida o'rgatib kelindi.
Buning natijasida o'sib kelayotgan yosh avlodning ongida buyuk sohibqiron Amir Temurga nisbatan noto'g'ri bo'lgan fikrlar yuzaga keldi. Buning natijasida bazi bir insonlar Amir Temurga nisbatan tarixda yashab o'tgan salbiy qahramon sifatida qaray boshladi. Bunday fikrlar yoshlar ongida g'oyaviy bo'shliq hosil bo'lishiga olib keldi.
Aziz yurtdoshim endi biroz o'ylab ko'ring hozirgi kunda aksariyat yoshi katta insonlardan so'rasak , ularga shunday ta'lim berilganligi to'g'risida gapiradi. Shunday ekan keling aziz do'stim men sizga sohibqiron Amir Temur haqida ma'lumot berib o'tsam. Men Amir Temurning butun tarixini so'zlab sizlarni zeriktirmoqchi emasman. Sababi hozirgi rivojlangan texnologiya asrida bunday ma'lumotlarni global olamdan topish mumkin. Shuning uchun aynan siz hohlagan va siz uchun kerakli bo'lgan joylarini aytib o'tmoqchiman.
Amir Temur ( to'liq ismi Amir Temur ibn Tarag'ay ibn Amir Barqul ) 1336-yil 9-aprel sanasida Kesh ( hozirgi Shahrisabz ) yerlarida dunyoga keladi. Amir Temur ziyolilar oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Amir Tarag'ay o'z qavmining e'tiborli kishilaridan biri edi. Onasi Takinabegim esa asli Buxorolik bo'lib ziyoli oqila ayol edi. Amir Temur 7 yoshga to'lganda otasi uni o'qishga beradi. O'sha davrlarda Amir Temur murabbiy qo'l ostida maxsus jang sanati jumladan kamondan o'q uzish qilichbozlik va chavandozlikni o'rganadi. Uning juda ham keng fikrlash qobilyati ziyrakligi yoshlik chog'idanoq namoyon bo'ladi. Uning samimiylikni farqlay olish qobilyati Amir Temur atrofida sodiq do'stlarning yig'ilishiga sabab bo'ladi.
Amir Temur harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Amir Temur o'zining g'oyalarida kuchli va qudratli markazlashgan davlat tuzishni va unda adolatli siyosat yuritishni maqsad qiladi. Amir Temur ko'p janglar olib borish natijadida o'z maqsadiga yetadi ya'ni Movarounnahr degan kuchli va qudratli davlatga asos soladi.
Tarixdan bizga ma'lumki ba'zi bir hukmdorlar olib borgan urushdan so'ng u yerlar bosqinchilar tomonidan talanish oqibatida xarobaga aylanib ketadi. Amir Temur g'oyalarida esa bunday qarash bo'lmagan. Amir Temur yurishlarida inson e'tiborini o'ziga tortadigan jihatlari shundaki u qayerni bosib oladigan bo'lsa u yerni xalqini madaniyatini ijobiy tomonlarini o'zlashtirib u yerni o'z adolatli siyosati bilan yanada obod qiladi.
Amir Temurni "Usmoniylar" bilan bo'lgan urushi ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak. Usmoniylar hukmdori Boyazid endigina uyg'onish davri boshlangan Yevropani bosib olishni maqsad qiladi. Amir Temur esa Boyazidni bu yo'lidan qaytarishaga urinadi. Boyazid uning bu taklifini qabul qilmaslik natijasida Usmoniylar bilan bo'lgan urush yuzaga keladi. Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butkul bosib olish niyatida bo'lmaydi , chunki u Yevropa davlatlarining yaqin sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini juda yaxshi tushunar edi. Shuning uchun Amir Temur "Usmoniylar" ni mag'lub etgan bo'lsada ularning davlatini saqlab qoladi. Amir Temur Boyazidning vorislariga muruvvat qo'lini cho'zadi. Shunday bo'lsada Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI , Angliya qiroli Genrix IV tabriklab unga maxsus maktub yuboradi. Shu orqali Amir Temur Yevropa xaloskori sifatida tarixda qoladi.
Aziz vatandosh Amir Temur haqida ma'lumot juda ham ko'p lekin men sizga Amir Temur siymosini tanishingiz uchun asosiy joylarini keltirib o'tdim. Yuqoridagi ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki Amir Temur buyuk yurt asoschisi bo'libgina qolmay o'zining teran aqli kuchli va adolatli siyosati yordamida xalq mehrini qozongan buyuk shaxs sifatida tarixda qoladi. Hozirgi davrda davlatimizda Amir Temur nomini abadiylashtirish maqsadida ko'p islohatlar olib borilmoqda jumladan "Temuriylar davlat muzeyi" tashkil etilishi 1996-yil "Amir Temur yili" deb e'lon qilinishi Toshkent shahar markazida Amir Temur haykalining o'rnatilishi "Temurbeklar maktabi" ning tashkil etilishi bu gaplarimga yaqqol dalil bo'la oladi. Men istiqilol farzandi sifatida shuni aytishim mumkin men shu yurtda tug'ilganimdan hamda sohibqiron Amir Temur avlodi ekanligimdan faxrlanaman.
uzbekistan