September 14

Taaffite Months

1- episode

PovAuthor:
Hayot huddi pianinaga õxshaydi, uning klavishlari kabi hayotning ham oq-u qoralari mavjud! Undan taraladigan yoqimli musiqa kabi hayotning ham õz simfoniyasi bor! Bazida shu klavishlar kabi insonlarni ham oq qora kabi farqlaymiz. Chunki biz insonlar hayotga nisbatan har xil nigohlar bilan boqamiz.

Timeskip ➡️
PovAuthor: Qamoxona
Tõrt burchak kichik tergovlar xonasi. Qõlida kishan taqilgan yigit mamnun jilmayardi. Lekin bu Komissar Kangning asabiga ketagardi.
Mr.Kang: Nega mamnunsan ? (dedi Komissar Kang jaĝi qisilib)

X: Mm, balki bu tõrt devor ortidan tez orada chiqib ketishimdandir a !!?? Xaxaxa (deb jarangdor ovozda kulardi.

Mr.Kang: Buni ertaga sud hal qiladi. ) dedi qahr nigohlar bilan. Janob Kang tergov xonasidan chiqib ketar ekan. X unga jilmayib qarab turardi. X ham tergovlar xonasidan chiqdi. Uning oldiga yordamchi Chon keldi.

Song Kang. X ning eng ishonchli yordamchisi. (X kimligi fanficda.)

Song Kang: Janob Jeon sizning advakatingiz tayyor. Ertaga shu yerda bõladi. ) dedi. Jeon ham mamnun holda shaxdam qadamlar bilan yana õsha tõrt devor orasiga kirdi.

Jeon Jungkook 27 yoshda. Eng katta mqfialar boshliĝi. DARK SIDE lar tõdasi boshliĝi. Qora mollar va qurol aslahalar bilan shuĝulanadi. (ff davomida )

Timeskip ➡️
PovAuthor: Erta tong.
Yumshoq õrinda yotgan qiz, quyosh nurlari sabab kõzlarini ochishga urindi. Qiz õrnidan turib, universititga tayyorlana boshladi. Stol ustida turgan xatni kõrib, uni õqidi.

*Xatda*
Men mahkamaga ketdim. Aqlli qiz bõl. Muax qizaloĝim.

*The end*

X: Qani olĝa Kang xonim. ) deya dushga kirib ketdi. Yarim soatdan sõng. Classic uslubda chiqqan qiz, juda ham chiroyli edi.

Kang Jaewon. 19 yosh universitit talabasi. Advakat sohasi bõyicha õqiydi. Onasi palitsiya hodimi. Otasi palitsiya boshliĝi.

• Tim qora ingichka belidan teparoq turgan sochlari, qirmizi ĝuncha kabi lablari, õtkir nigoh ila kõzlar bari mukammal edi.

Timeskip ➡️
PovAuthor: University
Karidor xar hil yoshdagi õquvchilarga tõla edi. Bazilari 16, bazilari esa 30 yoshgacha edi. Hamma Jaewonning qanday qiz ekanligini bilishardi. Bazilar unga havas yoki achchiq hasad bilan qarashardi. Qõnĝiroq ovozi eshitilishi bilan hamma õz sinfiga kirib ketdi. Jaewon ham darsga kirar ekan, õziga tanish chehrani kõrishi bilan u tomon oshiqdi.

Chxve Dahye. 20 yosh. Jaewonning eng yaqin dugonasi. Skripkani sevib chaladi.

Jaewon: Salom dugonajon) deya oldiga õtirdi. Ular endi gap boshlayman deganda xonaga ustoz va uning yonida kelishgan erkak kirib keldi.

All guys: Hayrli tong Ustoz Yang.

Ustoz Yang Soobin.

Soobin: Hayrli bõlsin õquvchilar. Tanishing bu sizning yabgi Algebra ustozingiz Kim Taehyung. Kelishib ketasizlar degan umiddaman. ) deb Taega gapirish un imo qildi.

Kim Taehyung 29 yosh. Dark side lar a'zosi. Bu uning yashirin niqobi.

Taehyung: Hammaga salom. Men Kim Taehyung man. Sizlarning yangi õqtuvchingiz. ) Taehyung õquvchikar ichidan Dahyega kõz qirini tashlab qõydi. Buni payqadi va õzini tutib turolmay.

Dahye: Ustoz Yang endi siz bizga Algebradan dars õtmaysizmi? ) dedi õrnidan turib Jaewon kafti bilan oĝzini yopgancha Dahyeni turtkiladi. Hamma õquvchikar unga tikikib qolishdi hatto Taehyung ham.

Yang: Ha endi sizlarning õqtuvchingiz ham sinf rahbari ham Kim Taehyung. Men endi istefoga chiqmoqchiman. ) dedi Dahye yana gapiraman deganda Jaewon Dahyeni oĝzini kafti bilan yopib joyiga õtirĝizdi.

Jaewon: Ming bor uzr Ustoz Yang sizga salomatlik tilayman. ) deb u ham joyiga õtirdi. Pichirlab (nima bõldi senga ) dedi Dahye ham kõz qiri bilan Taehyunga qaradi.

Maktab oshxonasi

Timeskip ➡️
PovAuthor:
Darslar tugab Jaewon va Dahye karidor bõylab ketishardi. Ikkisi ham maktabdan chiqib sevimli joylariga borishdi.

• Musiqa ovozi sokin va ajoyib tarzda yangrardi. Hech qabday notalardagi xatolarsiz nozik barmoqlar bilan pianino klavishlari chalinardi. Ikki qiz yashirincha õrindiqlardan joy olishdi. Piano klavishlariga bosilgan silliq teri ila barmoqlar uni yanada yurakdan jõsh urib ketardi. Musiqa davomida faqat piano ovozi va klavishlarini his qilgan qiz uni notalar past ovozida yakunladi.

• Ikkala qiz musiqa ovozi bilan bõlib qizni ularni kõrganini sezmay qolishdi. Dahye sekin Jaewonni turtib

Dahye: Qõlga tushdik ) dedi pichirlab

Jaewon: Aa nima ) deyishi bilan sahnaga qarashdi. ) Kel yaxshisi jimgina qochamiz. Dahye opam aytgan ishnu qildik degin ) dedi havotir ohangda

Dahye: Jaewon men seni tanimayman ) deya õrindiqlarda oshib ketmoqchi edi ammo kech. Qiz ularga ĝazab ammo yoqimli qarab turardi.

Kim Minsu 23 yosh Dahye va Jaewonning opasi. Minsu pianoni mahorat bilan chaladi. Hozirda Detektivlik bn ham shuĝulanadi va buni qizlarga ham õrgatadi.

Minsu: Qayoqqa kichkina yaramaslar. ) deya ikklasini yoniga kelib qõllarini ularning yelkasiga qõydi. ) Mm, mushukchani egasini topdingizmi? ) dedi savolli qarab.

Jaewon: Yaaa opa bizga kattaroq ish õrgating. Bular detektivlikga kirmaydiii ) deb lablarini oldinga ishirib aytdi. Dahye nima bulishini kutgandek jim qoldi. Minsu esa Jaewonni boshiga kaftini siqib kechsiz dakki bergandek urib qõydi.

Minsu: Men nima qilyapman unda. Detektivlik shundan boshlanadi. Sabrsizlik bilan bir ishga yondashib bõlmaydida. ) dedi Jaewonga qarab. Jaewon ham sekin boshini ishqalab qõydi.

Dahye: Men mushukchani egasini topdim. Ular Ganggamlik ekan. Hozirda mushukchani qidiruvga berishibdi. ) dedi. Minsu esa Dahyeni sabrligidan xursand bõldi.

Minsu: Yaxshi unda ertaga mushukchani egasiga olib boramiz. ) dedi.

Jaewon: Opa Ari opam kelmadilarmu hali? ) dedi.

Minsu: Uni Italyada yana azgincha ishi bor ekan. Mm, indinga yoki Dushanbada kelishi kerak. ) dedi Minsu pianoni yopib qõygancha. Jaewon va Dahye bosh silkib qõyishdi.

Piano

Timeskip ➡️
PovAuthor: Sud xonasi.
Hamma yiĝilgan. Bir tomonda oqlovchi va yon tomonda qoralovchi, chetroqda esa Advakat õrtda sudlovchi turardi. Xonaga kirib kelgan Janob Kang va Kang xonim õz joylarimi egallashdi va sud õz qarorini bayon qildi.

Sud: Jeon Jungkookni qanday oqlaysiz? ) dedi oqlovchiga

Oqlovchi: Men janob Jeonni ayblayman chunki bu yerda boshqa bir gap bõlishi mumkin. Ya'ni kimdir bu qurollarni janobning bõyniga qõyib õzi qochib ketgan. Dark side lar ozod qilinishini talab qilaman.) dedi bundan Jungkook miyiĝida kuldi ammo Janob Kang jaĝini siqdi.

Sud: Qoralovchi siz nima deyavolasiz? ) Jungkook unga õlik nigoh bilan qaradi bundan qoralovchini dami ichiga tushdi.

Qoralovchi: Men Janob Jeonni qoralay olmayman. ) dedi. Jungkook yana jilmaydi. Kang xonim va Janob ana endi asabiylasha boshladi. Chunki har gal Jungkook tegirmondan quruq chiqib ketishi ularni obrõyiga putr yetkazardi.

Advakat: Demak Janob Jeon yana ozod bõlishi kerak chunki unga qaratilgan dalillat yetarli emas va uning boshiga qõyilgan ayblovlar yõq. Tõĝrimi?? ) dedi. Sud ham bu gaplarni maqulladi. Ammo Janob Kang tilga kirdi.

Janob Kang: Nega doim u qamalmaydi!??? Begunoh insonlarning tõkilayotgan qoni bari Dark side tõdasini deb??? Nega adolat talab qilmaysiz!!??? U qamalishi kerak AHIR?!! ) dedi. Kang xonim ham uni tinchlantirishga harakat qildi. Sudlovchi Janob Kangni juda yaxshi bilardi. Shuning uchun uni gapini ham maqulladi.

Sud: Jeon Jungkook bugungi sudda oqlandi. Ammo u yana shunday ishlarga qõl ursa uni qamoq jazosi bilan jazolansin. Sud qaror qabul qildi. ) sud shunday degancha qõlidagi tayoqqa õxshash narsani taqillatdi. Va shu ovoz bilan Jungkookni ozod qilishdi.Jungkook Janob Kangning yonidan õtib ketayotgan payt ortiga qayrildi va Kangning quloĝiga egilib:

Jungkook: Yana bir urunish samarasiz ketdi. ) deya bu yerni tark etdi.

Kang Suho 48 yosh. Jaewonning otasi. Palitsiya boshliĝi .

Timeskip ➡️
PovAuthor: Qõrĝon.
Tim qora mashinalar qõrĝon oldida tõxtashdi. Tansoqchilar ham Jeonning ortidan kuzatishdi. Qorĝon ichiga kirib õzini yengil his qilgan Jeon õzini divanga yengil otgancha uhh tortib jilmaydi.

Jungkook: Janob Kang meni qamatish sizga emas! Pxaxaxa ) deya jilmaydi. ) Song Kang) dedi jiddiy tortib.

Song Kang: Ha janob ) dedi uning oldiga kelib

Jungkook: Menga Janob Kang haqida barcha ma'lumotlarni yiĝib kel. ) dedi miyiĝida kulib. Song Kang ham maqullab ketdi. ) Janob Kang õyin endi boshlandi.

Timeskip ➡️
Yarim soatdan sõng:

Song Kang: Janob ) deya qõlidan qoĝozlarni uzatdi. Jungkook ham uni qõliga olib tekshira boshladi.

Jungkook: Demak bizning qahramonning yagona qizi bor. 20 yoshda. Uning rasmi bormi? )deb sõradi Song Kang qõlida rasm bn keldi. Uni Jeonga tutqazdi.) Chiroyli qizi bor ekan. Shuning un ham uni bizga kõrsatmaydi. U haqida ham ma'lumot yiĝing. ) deb Jungkook xonasiga chiqib ketdi.

Jungkook

***
Timeskip ➡️
PovAuthor:
Uy ichiga jaxl bilan kirgan erkak qoni qaynab ketardi.

Kang: Nega doim OQLANADI. ??!!!! ) deya õshqirdi. Bu ovozdan keyin Janob Kang oldiga Kang xonim yugurib keldi.

Kang xonim: Suho bas endi. Uni qamatish un ancha harakat qildiz) deya erini oldiga bordi.

Janob Kang: Jaewon qayerda ?! ) gapni boshqa tomonga burib

Kang xonim: Janob Kimning qiz Minsu va Dahye bilan birga. Bugun ular bilan qolaman degandi. ) dedi. Janob Kang horĝin divanga õtirgancha qõlini asabiy qirsillatdi.

Janob Kang: Jaewonni himoya qilishni kuchaytirish kerak. Jungkook uni allaqachon iziga tushgan bõlsa kerak. Uni Italya yoki Fransiyaga yuborish kerakmi deb õylayaman. ) dedi. Kang xonim bu gapdan ketin õylanib qoldi.

Kang xonim: Buni hali yana õylab kõramiz. Hozircha uni qõlga olish haqida õylash kerak. Jaewon õzini himoya qila oladi. ) dedi.

Kang SooYeon xonim 40 yosh.

Timeskip ➡️
PovAuthor: Erta tong 5:37
Salqin havo. Quyosh õz nurlarini kuchsiz taratardi. Kechqurun yomĝir yoĝgan kõrinadi, deraza ortidagi daraxtlarning barglari hõl va yer nam edi. Hammadan oldin uyĝongan Minsu bu ikki qizning xonasiga kirib ularni no'odatiy tarzda uhlab yotganini kõrib yuziga kulgu yugurdi. Minsu borib pardalar ikki tomonga yiĝar ekan, yoruĝlik honaga kirib ikki qizni kõzini ochishga majbur qildi. Dahye kõzlarini sekin ochib atrofga qaradi. Endi boshini yostiqdan uzoqlashtirib turaman desa, Jaewon uning oyoqlari ustiga boshini qõygan holda, Dahye esa unga teskari holda yotishardi. Minsu bu ikkisini kuzatar ekan, ohiri tilga kirdi.

Minsu: Sizlardek chiroyli uhlaydigan qizlarni anniq qizil kitobga kiritishardi. ) dedi kulib Dahye ham esnab kulib yubordi.

Dahye: Menku yaxshi uhladim ammo mana bu qiz uhlashini qarang ) deya Jaewonga qaradi.

Minsu: Rasmga olib qõyamn shoshma ) deya telefonini qõliga olib, Jaewonni rasmga tushurishdi. ) Estalik un buni Ariga tashlash kerak. Dahye Jaewonni ham uyĝot bugun yakshanba õqish yoq. Sizlar topgan mushukchani egasiga eltib beramiz) deb xonadan chiqib ketdi. Dahye ham Jaewonni turtib uyĝonata boshladi. Jaewon ham kõzlarini ishqalab.

Jaewon: Azgina, yana uhlayy... ) deb yana uhlay boshladi.

Dahye: Jaewon tur dedim. Jaewoooon, Jaewooonn, Jaewon bugun Jackie Chan fan meetingi bular ekan. ) bu gapni eshitgan Jaewon tok urgandek sakrab turdi.

Jaewon: Rostanmi!?? ) dedi kõzlari chaqnagancha.

Dahye: Yoq hazillashdim) dedi va õrnidan turib dushga kirib ketdi.

Jaewon: Yo hudo nega men teskari uhlab yotibman. ) deya peshonasiga kafti bilan yengil urib qõydi.

Jaewon

Timeskip ➡️
PovAuthor:
Eshik oldida kelib tõxtagan qizlar qõnĝiroq tugmasini bosishdi. Dahye qõldigi mushukchani silab turar ekan, eshik ochilib qari ayol chiqdi.

Ayol: Hush kelinsizlar! Nima xizmat ) dedi mayin ovozda.

Minsu: Bu yõqolgan mushuk sizlarniki ekan. Shuni topib olgan edik. Shuni olib keldik ) deb Dahyeni mushukni kõrsatdi. Ayol endi gapiraman degan yugurib kelgan chamasi 9 yoki 10 yoshli qizcha mushukni kõrib, "Momiqcham" deb Dahyeni qõlidan mushukni sekin oldi va baĝriga bosdi. Ayol ham tabassum bilan

Ayol: Katta rahmat sizlarga. Yordam uchun. ) deb biroz egilib aytdi.

Minsu: Yordamimiz tekganidan xursanmiz. ) deb ular ham tazim qilib qõyishdi.

Qizaloq: Raxmat sizlarga. ) deb tazim qilib qõydi. Qizlar ham unga qarab tabassum qilishdi.

Jaewon: Qizaloq isming nima ? ) dedi yoqimli ovozda.

Qizaloq: Chunja ) dedi.

Jaewon: Chunja sen bahorning qizisan. Eng chiroyli va õzgacha qiz. Shunday ekan. Hech kimga õzingni xafa qildirib qõyma!. Keyin mushukchangni boshqa yoqotib qõyma? Kelishdikmi ) deb kaftini siqib kichkina barmoĝini Chunjaga chõzdi Chunja ham barmoĝini birlashtirib

Chunja: Kelishdik ) deb kuldi.

Chunja

***
Timeskip ➡️
PovAuthor:
Muzlatgich eshigini ochib, uning ichidan yaxna suvni olgancha ikki burab uning yopiq qopĝoni ochar ekan. Uni lablari tomon yõnaltirdi. Erkak uyda yolĝiz nima qilishni bilmagan holda yurar ekan, divanga õtirib TVni yoqdi. Oradan vaqt õtgan sayn negadir uyda oyoq ovozlari kelardi. Erkak bunga etibor bermay TV kõrar edi. Birdan bõyniga kelib turilagan tiĝli õtkir narsadan gangib qolgan erkak tipirchilashga ham qõrqib qoldi.

Erkak: K..i..m.s.n. ) dedi duduqlanib gapirdi

X: Seni u dunyoga rovona qilguvchi ajal farishtang ) deb quloĝiga qõrqinchli holda picgirladi. Erkakning tanasi muzlab ketdi.

*
Timeskip ➡️
PovAuthor:
Hamma yerni palitsiya qurshab olgan va insonlarning qiy chuvi.Yer tõlaning semon zinasi ustida ĝayritabiiy bõlib qolgan, ich kiyimda, bir oyiĝida domashniy ( endi nm deyishni bilmadim) oyoq kiyim, ikkinchi oyoĝidagi oyoq kiyim pastki zinada tõnkarilib yotardi. Õng qõli tagida qolgan, negadir musht bõlib tugilga chap qõli zinaga osilib turardi. Detektiv qiz yerga chõkkaladi. Yelkasidan tortib, sekin aĝdargan edi, erkakning oĝzidan qon sizib chiqib, bõyniga oqdi. Shunda, ikki Detektiv yordamchilari uning bilagidan tilinib ketganini, tirsagidan kaftining orqasigacha qora qonga belangan ekanini payqashdi.

Minsu: Yarim tunda sodir bõlgan va erkak allaqachon õlib ham bõligan. ) dedi. Minsu õrnidan turib buni aniqlashtirishga harakat qildi. Erkakni zanbilga yotqizishdi. Minsu erkakdan kõzini uzmas ekan, unda bir belgi borligini payqadi.

Dahye: Uni bilaklari tiĝli natsa bilan kesilgan) davom etdi

Jaewon: Uni uy derazasidan itarib yuborishgan yoki u nimadandir qochish uchun derazadan pastga sakragan ) dedi. Minsu bu gaplarni maqulladi.

Minsu: Jinayotchi õzidan iz qoldirgan bõlishi kerak va u shunday qilgan ) deya zanbil ustida yotgan erkakning bilagining orqasida chizilga qonli sõz bunga dalil edi. ) U biz uni topishimizni xohlaydi.

Dahye: Buni unga nima keragi, insonlarni õldirib nima foyda topadi Jinursin!! ) deya yer tepindi. Birdan Jaewonga qõnĝiroq bõldi.

***
Jaewon: Eshitaman ) dedi. ) Aloo ... Nega gapirmayapsiz ) dedi aloqa ortidagi inson raqam uniki ekanligiga ishoch hosil qilib qizil tugmani bosdi.

Dahye/ Minsu: Kim ekan. ) deyishdi

Jaewon: Bilmayman gapirmay qizil tugmani bosib qõydi ) dedi. Minsuning shubxasi yana ortdi.

Minsu

1- episode tugadi.

Writer: Ms.Jeon
Sizlarga yoqadi degan umiddaman. Õz fikringizni ayamang. Agar fanfic faol bõlishini hohlasangiz siz faol bõling.❤️💗.
Yoqimli mutolaa 💝