Near yet afar/KM
Kareyaga qish kirib kelganigan kòp bòlmagan bòlsa ham u òz hukmini butun shaharga òtkazishga ulgirgan edi .Sovuq shamol va kun bòyi òz qovoqlarini uyub olgan bulutlar huddi shuni takidlayotganday.Ammo shunday bòlsa ham shahar odamlar bilan gavjum hatto yarim tun bòlishiga qaramay mashinalar sadosi va odamlarning ģala-ģovuri butun kòcha va yòllarni tutgan.Huddi bular hech qachon tinmaydigandek gòyo.Bu shaharda yolģiz qolishni hohlovchi odamlar nima qilar ekan-a.
Sovuqdan qòllari qizarishga ulgurgan,lablari qurib rangi òchgan qiz òzi uchun tinch maskan qidiryapti.Huddi shahar kòchalarini bemaqsad kezayotgandek gòyo.Ammo bemaqsadmi òzi? Yòq albatta u òylab olishi kerak va bu masalada unga faqat bitta joy yordam bera oladi holos. U bu yo'llarni hatto ko'zlari yumiq holda ham topa oladi. Unga bu odat siqilsa doim shu bino oldiga keladi. Hozir ham òzi bilmagan holda har doim bino qarshisida tòxtadi.
Oģir xòrsinish~~ u shu binoga kirish uchungina bu shaharga kelgan edi . Ammo nima bòldi u bu bino ostonasidan hatlash u yoqda tursin hatto uning eshik tutqichini ham ushlay olmadi. Alam qilyaptimi ?qiz hozir òzi nima his qilayotgani ham bilmasa kerak. Unda nimadir bor u bu bino oldida huddi haykaldek qotgan . U atrofga alaqlaydi va sòngi nutqa qizning kòz qorachiqlari yana oldidagi binoda qotdi .
Keyingi soniyalarda qizning kòzlari bino qavatlarini òrganishga urunar ekan uning poyoni yòqdek tuyuladi. Yurakiga ishtiyoq degan tuyģu oralargan qiz bugun barcha armonlarini yòqatmoqchilikini tushunadi . U bu binoga kiradi . Kirish u yoqda tursin u uning tomiga chiqishga harakat qiladi.u shuni hohlayapti. U buni qilmoqchi. Qiz òylari bilan bòlib binoning kirish eshiki yonida paydo bolib qolganini sezmay ham qoldi. Oyoqlarining òzi harakatlanyaptimi?
Qiz/ Yòq kanya bu hozir bizga kerak emas
Òziga shivirladi u . Huddi òzini bu ishdan tòxtatmoqchidek.
U òziga òzi endi baqirgudek gapirdi. Agarda hozir uning yonida kimdir bòlsa uni telba deb òylashi aniq edi. Qiz atrofni tekshiradi u ham hohlamaydi uni kimdir eshtib qolishini.Ammo bino shubhali tarzda tinch. U ortga ògiriladi bir ikki qadam va qiz yana binoga qarab xòrsinadi. U bugun 5 yildan beri qòl urmagan narsa tavakkal qilib kòrishni hohlaydi. U bu tuyģuni unitti. Unitti??yòq unittirishdi. U ulģaydi gòyo. Uni yurakini qurshab olgan tuyģu bir bor yana tavakkal qilib kòrish ishtiyoqi uni hech tark etmayapti. Uning yuz ifodasi huddi kim bilandir baxslashayotgan odamnikidan umuman farq qilmaydi. U òzi bilan òzi kurashyapti.
Sòngi qaror " faqat bir marotaba" , " hech kim sezmaydi " , " odamlarga kòrinmay qolish bòyicha mutaxasisman axir".
Eski hotiralar qizni qurshab oldi va uni bu hotiralar yana oldinga undadi . U endi juda tez harakat qilyapti . Muzlab qolgan qòllarini eshik tutqichiga bosar ekan yana hayolat dunyosiga ravona bòldi. Balki fikridan qaytgandir ammo yòq keyingi soniya eshikni ochish uchun biroz kòp kuch sarflagan qizni endi biroz qòrquv va titroq bosdi. "Nima qilyapman òzi" òziga gapirgan qizning qoshlari chimirildi. U buni qilishni hohlaydi ammo qòrqyapti . Eshikdan kirgan bòlsa ham qizning yòlini hech kim tòsmadi nega ? Chunki bu ishni qilish uchun hatto biror odam ham yòq .shubhali shunday mashhur binoda hech kim bòlmasa.
"Nima hech kim yòqmi bu yerda "
Atrofni kuzatgan qiz vahima bilan sòzladi. Huddi tuzoqga tushayotgandek . Buni bòron oldidan bòladigan oz muddatli sokinlikka òqshatsa bòladi . "Nima bòlsa bòldi" òzining jussasiga nisbatan katta tashlanyotgan qadamlar uni juda tez lift oldiga olib keldi.
Yurakini changallagan qiz chuqur nafas olar ekan kòkrak qafasi bir maromda emas juda tez tepaga pastga tushib chiqar edi. U buni qilganiga ishonmaydi. Shunday mashhur binoga yashirincha kirish bu axmoqlik ammo qiz uchun hu huddi biror nima kashf qilish bilan barobar . Mamnunlik tuyģusi! U òz ishidan mamnun . Ammo yana bir narsa bor lift yoki zinalar
Òzini qòlga olgan qiz liftga ògirilib mamnun tarzda lift tugmasini bosishga karakat qiladi lekin bu qòllar havoda muallaqt qoladi. U òyladi "kimdir sezib qolsachi " atrofaga òtir nigohlar bilan qaragan qizni keyin daqiqalarda qòrquv qabrab oladi u buni biladi ammo tayyor emas edi KAMERALAR .
*Jin ursin lanati yoq bòlamaydi liftda ham kameralar bor agar hozir unga chiqsam tezda meni sezib qolishadi va men òzi maqsadimga erisha olmayman .
Qòllarini tushirib yuzlarini berkitgan qizni endi kimdir kòrib qolsa òģirlikka yoki biror odamni tinchitishga kelgan deb òylashadi. Qadamlar zinalar tomon odimlar ekan qiz òzini qarģishdan sira tòxtamadi chunki u biladi bu bino juda baland , baland binolarning albatta juda juda kòp zinalari bòladi. " òzi bu bino nechta qavat "
Zinalar eshikini ochgan qizning birinchi qiladigan ishi zinalar markaziga turish va tepaga qarash bòldi. Zulmatdan boshqa hech narsa emas zinalar hira yoritilgani uchun uni ohirini kòrib bòlmaydi ."jin ursin " bu yerga chiqish uchun butun umrim ham yetmasa kerak . Lanati
*Axir kinolarda juda kòp qotillar zinalarda bòladi .Bazan qurbonlarning jasadi 3-4 kunlab shu yerda qolib ketadi. Yòq yòq kanya bunaqasi ketmaydi yaxshisi liftdan chiqaman nima bòlsa bòldi kamida biroz haqorat eshitasan hohlas . Axir bu kino emas- ku bu yerda qotil nima qiladi . Agar chiqqudek bòlsa mana shu bilan adabini berman .Menga yòliqqanidan afsuslanadi.
Òzining jasoratiga òzi qoyil qolgan qizning yuzida mayin tabassum yoyiladi. Uning maqsadidan faqat manashu zolim zinalar ajratmoqda . Vaxt esa hozirning òzida juda tez òtayotgandek huddi. Qiz barcha òy- hayollardan qutilish maqsadida zinalarni sanab ketishni avzal kòrdi. Qòllariga olib olgan poshnali tuflining olinganiga ancha bòlgani uning biroz eskirib qolganidan bilsa bòladi. Ishdagi yugur yugurlar sabab tuflida juda kòp qoqilgani uchun uning uchlari shilinib chiroyli kòrinishini tirtiqlar qoblagan . Uni boshidan sal pastroq ushlagan va oldinga niqtagan holda harakatlanyotgan qiz har burulishga kelganda huddi palitsiyachilar qurolni qanday ishlatsar u ham huddi shunday oldinga bigiz qiladi qiz òzini kinolarda kòrgan maxfiy agentlardek tutardi . Zinalar tashqarda ham sovuqdek gòyo yoki unday emas balki qiz qòrqayotgani uchun u sovuqqotgandir.
Gòyo havo ham unga qarshidek sovuq òzi nayzalarini qizning yalang tufli ushlab olgan qòllariga sanchardi "sovuq" shu sòzni hayolidan chiqara olmagan qiz zinalar hisobida adashib ketti. Endigi vazifa bòlsa zinalarning tutqichlariga suyangan holda tepaga qarab oz qolganmi yòqmi shuni bilish. Hafsalasi pir bòlgan qiz òzini sekin harakat qilayotgan toshbaqaga òxshatti . Oyoq kiyimi yòq bòlgani uchun oyoqlari biroz sovuq yegan qiz qòlidani yerga qòyib uni oyoqlariga kiyib oldi va issiqlik va qulaylikni his qildi. Endi butun bir zinalar bòlimida sukunatni qizning oyoq kiyimining poshlari yerga yurilgandagi sadosi buzadi. U butun zinalar bòylab aks sado beradi.
Yana òsha tuyģu kimdir kuzatyapti u buni har doim uyida ,ishda hatto uyquga ketayotganda ham his qiladi .Hira yoritilgan miltilab yonayotgan chiroqlar uning qòrquv hissini yanada kuchaytiradi. Yan bir poģona va yakun boshini tepaga kòtargan qiz eshik oldida turganini kòrib òzi orzu qilgan narsaga erishgan odamdek shodlanadi^^yosh bolalardek
Boshini zinlardan pastga qaratgan qiz huddi tubi kòrinmaydigan chuqurlikka qaragandek bòldi . Juda baland va juda kòp zinalar u bunga ishonmaydi shuncha zinalardan chiqa olganiga ishona olmaydi. Eshik dastakini pastga bosgan qiz uni ochish uchun òziga tortadi va umidlar puchga chiqadi berk . Hozir qizning ichidan nimalar òtayotgani nomalum ammo aniq buni barini jahl deb atash mumkin
Yo hudoyim shuncha harakatim befoyda ketti. Faqat tolliqqanim qoldi holos bu nimasi ahir . Nima tomda qimmatbaho narsa bormi uni qulflaysan .tentaklar
Alam bilan eshikni tepayotgan qiz shunda ham hovuridan tushmadi u maksimal darajada jahlda. Balanda ovozda pastga qarab baqirgan qiz òzining bu hovurni shu yòl bilan bosmoqchi bòldi . Ertangi ishdagi oģir kunni òylagan qiz yanada òzini koyishda davom etti "yana hato qaror uyga borishim kerak edi" uning kòzlari yan pastga talpindi zinalarni òrganadi. Ular hozir qizning ashaddiy dushmanidek kòrinar ekan yana bir bor òzini lanatlaydi.
*Bundan ham battari bòlmaydi .senga aytgandim yosh bola bòlma, kerak emas degandim . Nimaga ega bòlding tentak qiz sen hech ham hato qilishdan tòxtay olmayapsan . Sen biroz òylab olishing kerak edi hohlos hatolaring haqida ularni òylash òriga unga yana bir hato qòshding .
U hech qachon afsuslanmagan ammo hozir u juda afsusda .
Zinalar va yana zinalar ular huddi xòjayinimga òqshaydi meni azoblab hursand bòlyapti huzurlanyapti
Keyingi daqiqada bom bòsh zinlarni qizning dardli yiģisi qopladi . Bu ancha yillik kòz yoshlar" men omadsizman " " har bir qarorim ... meni yanada botqoqlikka tortadi ." Yiģi sabab yutilib aytilayotgan sòzlar aks sado beradi .
*Nega men , ne..ga a..yna.n men
Eshikka suyanib olgan qiz yiģlashdan tòxtamas edi.Ha bu yer yiģlab olish uchun yaxshi joy ammo bu sòzlar bugungi ishlar uchun emas òtmishdagilar uchun aytilayotgani aniq . Yiģi ovozi balandlasa balandladi ammo hech pasaymasdi. Lekin yana nimadir bor kimdir bor , uni kuzatyapti!!Qòrqinchli sukunat qizning hayollarini bòldi va bir ovoz . U buni aniq eshitti nimadir chirq etti .
*bu ni..ma edi
Qòrquv aralash atroga saraklagan qiz òrnidan turish uchun eshik tutqichini ushladi u qòrqyapti qòrquv bu tabiy hol ahir bu zimiston bòshliq ichida undan bòlak hech kim yòq deb òylaganida unday bòlib chiqmasa ." Qotil"òyladi u
*Kim bor bu yerda
Chaqir qiz uning ovozi balanda emas titroq bilan qichdi .Ammo javob yòq
*Ketish kerak bu yerdan
Òrindan turish uchun bir harakat u nima bòlganini fahmalamasdan yon tomonga siljidi .Yiqilishdan òzini arang ushlab qolgan qiz hayrat bilan bir eshik tutqichiga bir orqasiga qara ekan keyin daqiqalarda butun tomni qizning baqiriqi qobladi .Bu hursandchilik alam va qaysidir manoda ģazab namoyishi edi.
*yo hudo nega har doim men yiģlab olishim nolib olishim kerak.Nega men yiģlashim kerak biror narsa sodir bòlishi uchun . Lanati
Ammo u buni sinab kòrgandi eshik qulf edi unda bu qanday bòldi u òylandi lekin vahtini bunga sarflashni hohlamaydi . Asabiylik bilan eshik tutqichini qòyib yubordi " bu ģalati " takidladi u
Hira yoritilgan bino , bòm bòsh yòlaklar , qoronģu zinalar huddi tubsiz quduqqa òqshaydi, kameralar honasidan zayif eshitlayotgan ovozlar va sukunat bilan baland bino tomida tizzalarini quchib olgan qiz
*Men kimman òzi. Nima uchun yashayapman . Axir qandaydir sabab bilan dunyoga kelgandirman axir har kim nima uchundir tuģuladiku yoki menni qismatim shumi
Yana tomchi yoshlar gòzal yuzlarni yuvar ekan kòzlar pastga tomon intildi u biroz yiģlab olishi kerak.
*Nega men jim turishim kerak har doim .Odamlar nega buncha tuban nega orzular orzuligicha qoladi.
Osmon òpar bino ustida pastga qaragan qizning kòzlaridan tomchilagan yoshlar bòshliq tomon yònaladi .Qizning kòzlari uning marvarid misoli tovlangan yoshlarining qanday gòyib bòlishini kuzatadi . U tasirchanmi yòq u hech qachon his tuyģularini boshqalar oldiga namoyish etmagan . Ammo yolģiz qolganda uning asl yuzi ochiladi u odamalar uchun doim maģrur va qatiyatli qiz niqobini taqadi . U huddi 11 yoshli qizdek beģubor va sodda ammo uni hech qachon kòrsatmaydi . Kareyaga kelganiga ancha bòlgan qiz chet ellik bòlgani uchun ancha qiynaldi . Katta orzular bilan bosilgan ilk qadam hammasi u hammasi yaxshi bòlishiga ishondi . Shunday bòldimi .Albatta yòq har doim ham sen òylagan narsa bòlavermaydi .
Lekin qiz hech qachon yengilmadi va hozir ham kurashmoqda . Endi ortga yòl yòq qiz ortga yòllarini shunday berkitdiki hatto hohlasa ham endi ularni ocha olmaydi. Ota onasi yaqinlaridan ajaratgan bu yòldan u hech afsuslanmadi u qancha qiynalsa ham afsusdaman sòzini na diliga na tiliga chiqardi. U mamnun u mustaqil odam hamma narsani òzi reja qila oladi , òzi kurashadi, òzi uchun yashaydi òzi qaror qabul qiladi bazida ular notòģri bòlib chiqsa ham uni tòg‘irlashni yòllarini qidiradi va tòģirlaydi hulosa qiladi bilasizmi odam yolģiz bòlsa hamma unga qarshidek hech kimga keraksiz odamdek his qiladi. U hayotni tushunishga urinyapti. U kuchli ammo odamlarga òzlaridan kuchli idamlar hech qachon yoqmagan . Shuning uchun ham u odamlar oldida kuchini yashiradi
*baxt nima òzi? Orzularimni qayerga yòqattim ? Òzligimni qayerga yòqottim ?
Òziga berlayotgan savollar huddi mazmunsizdek. Ammo qiz bilmoqchi nima uchun yashayotganini . Sovuq shamol yuzini silar ekan oldin yoqimli tuyulgan bu his endilikda sovuqqotish va yomon hotiralarni uyģotadi.
*Odamlarga tepadan qarasha maroqli .hamma menga shunday qaraydi .men ham ularga shunday mayda odam bòlib kòrinsam kerak .Odamlar hech tinim bilmaydigan mashinalarga òqshaydilar. Ular buncha qayerga shoshiladilar . Ularni shunchalik kutadigan odamlari bormi yoki.
Pastga maqsadsiz temuladi mashilarni tez harakatlangani uchun uladan faqatgina yorug‘liq izi qolmoqda . Ajoyib manzara uning hayollari chalkash u fikirlash qobilyatini yòqotgandek boshini tepaga kòtaradi yulduzlar bilan qoplanga osmonga chaqnoq kòzlari bilan qaraydi.
U qòlini chòzadi unga huddi yetgandek ammo unday emas u juda olis. Osmonda yulduz nurlaridan boshqa narsa yòqdek uning kòzlari nur sochayotgan oyni kòrmayotgandek . Eski hotiralar qurshovida qolgan qizning yuzida jilmayish paydo bòldi.
*Tentak bòlgan ekanman . Uni meni sevib qolishiga ishongan tenchak qizcha
Yana jilmayish u endi aniq kulyapti lekin tom uning kulgu ovozini yutib yuborganday u faqat qizning òziga eshtildi.
*U kelaman degandi harakat qilaman degandi .
Tushunarsiz sòzlar shamol sabab tòzģigan sochlarni yiģishni boshlagan qizning kòzlari chiqish eshiki ustidagi qizil nuqtaga tushadi
*bu nima endi?
Òrnidan qòzģalgan qiz òzida biroz oģiriq his qildi u òylar bilan bòlib vaht hisobini yòqotgandi salkam 1 yarim soat qimirlamay bir joyda òtirish sabab qizning qòl va oyoqlari uvushib qolgan edi. Òzini qòlga olib yana bir bor gòzal manzaraga nigoh tashlagan qiz endi boshqa bunday gòzalik kòrmasligini tahmin qildi
U hòrsindi . Oldinga bosilgan qadamalar u bilishi kerak bu nima ekanini. Eshikka yaqinlashgan sari qòrquv va hayrat qizni bandi qildi .Kameraa
Lanati qaysi tentak tomga kamera qòyadi endi nima qilaman . Meni qamashadimi?yòq yòq qamashmaydi ahir hech nima qilmadim . Ahir bu yerga beruhsat kirdim unda jarimga tortishadi
. Jin ursin undan kòra qamashgani yaxshi emasmi .
Shoshilgan qiz bu yerdan tezroq ketishni hohladi sòngi qavat eshikini ochib atrofga mòralagan qiz hech kim yòqligiga ishonch hosil qilib oldi va tògri lift tomon yugurdi . Kamerlarga tushib qolishni hohlamaydi yuzini berkitadi.lift tugmasini bosgan qiz lift huddi tòxtab qolganek his qildi u sekin harakat qilayotgandek . Biroz muddat va eshiklar ochiladi shoshilinch ichkarga kirgan qiz 1-qavat tugmasini bosadi.
Yana kamera yuzini yanada yopgan qiz òzini kimlikini aniqlashlarini hohlmaydi .bu aniq muammo bòladi . Shoshilish va tomdagi òylar sabab telefoniga qaramagna qiz uni yoqadi 4 ta òqilmagan xabar . Soat tungi 2 :45 qiz kòzini oģir ochib yumadi va xabarlar kimdan ekanini aniqlaydi.
NOMALUM RAQAM 4 TA SMS
1 Nega u yerdasan .tomda nima qilyapsan ?
2 Yiģlama seni bunday ahvolda kòrish menga yoqmaydi
Qizni qòrquv qamradi. U yolģiz bòmagan , yana u 1 oydan beri unga taziq òtkazayotgan odam uni hatto òzi uyida qòrqitadi.
*Ya..na u
Qòllari qaltiragan qiz hozir qayerda ekanligini unitti. U bu odamni hatto kòrmagan tanimaydi ham, ammo u qizni taniydi u soya kabi taqib qiladi. Qiz yndan qòraqdimi ?albatta qòrqadi . U majburan titroq lablari bilan qolgan habarlarni òqir ekan endi uni titrayotganini yaqqol kòrish mumkin . Rangi oq matoday oqarib ketgan qizning bir sòz deyishga ham kechi qolmagandek .uni hamma kuchini shu 4 da habar sòrib olgandek.
3/ Men vadamda turdim men shu yerdaman . Biroz sabr qilm men sening qaeshinda turish uchun harakat qilyapman .
4/ Men sening baxting bòla olaman sevgilim
Ki...mmm òzi bu
Qòrquvni daxahatli darajasi . Liftni tezroq ochilishini kutadi ammo u ham qiz bilan òynashgandek manzilga yeta olmayapti .Liftda ayolning baqiriqi va ulaoqtirilgan telefon .
U asabiylashyapti chunki u òzi tanimagan odam tomonidan qòrqitilyapti va taqib qilinyapti.Va yana xabar ammo òqilmadi qizni .Qizning buni òqish uchun kuchi yòqdek shunchaki yerda yotgan telfonga hissis boqadi. Liftda yoģon ovoz aks sado berdi begona erkak ovozi . U buni qanday qilyapti ?
X/mendan qòrqyapasanmi sevgilim ?
Qizning hayollari buzildi , yalt etib kamerga qaragan qizning qorachiqlari shu yerda qotti. U endi tushundi uni qanday kòra olyotganini tomoda va zinalarda .U titroq tizzalarigacha borar ekan yiqilmaslik uchun liftning sovuq devorlariga suyandi.
U bilishi kerak bu sirli odam kimligini
X/Meni tanimadingmi sevgilim
U boshi aylanganini sezadi u endi eshitmayapti . Shu kungacha hatyo erkak dòsti bòmagan ammo bu odam uni sevgilim deb atayapti va uni tanishini takidlayapti .Kim òzi u ?
*Aniq gapir meni qayerdan tanisan va nega meni kuzatyapsan
Qiz òzini qòlga olishga harakat qiladi. Ammo u sezyapti yana 1-2 daqiqa shu asnosada qolsa u hushidan ketadi.Lekin baxtga qarshi u qòrqqan narsa sodir bòldi 2 qavatva lift shu yerda qotib qoldi.
*Nima ni...malar bòlyapti .
U daxshtli tush kòryotganiga òzini sishontirish bilan band . Lift eshiki tomon talpindi ammo oyoqlariga huddi oģir yuk boģlanganday harakatlari cheklandi. U javob olmadi.
*NIMA HOHLAYSAN MENDAN LANATI ?pul kerakmi menda pul yòq hato manzil tanlabsan .
Qizning baqiriqi liftda aks sado berdi.
*GAPIR ABLAH NIMA KERAK SENGA ?
Va uning baqiriqni yògon ammo yoqimli ovoz bosadi .u hotirjamlik bilan javob beradi yana jumboqli javob
X/Kanya men shunchaki senga bergan vadamni bajaryapaman. Mendan qòrqishni bas qilsang men senga kimligimni aytaman . Ammo sen mendan qòrqishda davom etyapsan sevgilim .
Vada u qanday vada haqida gapiryapti va keyingi soniyalar qiz òzini yerda kòrdi.Erkak ovozi qiz uni gaplarini tiniq eshita olamadi kòzlari yumilishidan oldin u lift eshiki ochilganini va kimfir liftga kirib u tomonga kelayotganini kòrdi .
Kim òzi u .Men bu yerga yana qaytaman . Mening hikoyam aynan shu yerdan boshlanadi