SAYLOV BO'YICHA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA.
Qorako'l tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi tashkilotlarda saylovoldi huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. 2024-yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lishi belgilangan.
Qorako'l tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, saylov tartibi, tizimga doir yangi huquqiy va qonun hujjatlar bilan aholini tanishtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qorako'l tuman 8-umumta'lim maktabida ishchi xodimlar hamda yuqori sinf o'quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirilib, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida ham ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
QORAKO'L TUMAN ADLIYA BO'LIMI YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI