«Yoshlar daftari»ga qanday toifadagi yoshlar kiritiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorlariga asosan “Yoshlar daftari”ga quyidagi toifadagi yoshlar kiritilishi belgilangan:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
4. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
5. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
6. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
7. Farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
8. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
9. Ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
10. Yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
11. Zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
12. “Mehribonlik uyi", bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
13. Haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
14. Davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
15. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
16. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
17. Psixologik maslahatga muhtoj;
18. Nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
19. Dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
20. Yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritiladi.