August 9, 2022

Pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqarolar diqqatiga

Pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi maʼlumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim.

Agarda yo‘qolgan pasportlar yangi pasport berilganidan keyin topilgan taqdirda, fuqarolar topilgan pasportlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim.

Pasportlar o‘g‘irlangan hollarda bu haqdagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga maʼlumotnomalar beriladi va ular maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaganlik oqibatida yo‘qotib quyish O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasi 1-qismi talabiga ko‘ra, maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.

Qarshi tumani IIB MvaFRB

boshlig‘i B.Sh.Suvonov