Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Otabek Badalovning “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida oktabr oyida amalga oshirgan ishlari yuzasidan HISOBOTI
Bugun soliq idoralari xodimlari “Soliqchi—tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat olib borishmoqda. Bu jarayonda ular xo‘jalik yurituvchi subyektlariga soliq rejimini tanlashdan boshlab faoliyatlarida duch kelayotgan savollariga ham javoblar berib kelmoqda. Mavjud muammolarni hal etishga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Xususan joriy yilning oktyabr oyida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 172 nafar tadbirkorlik sub’yektining muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 155 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.
Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 21 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.
Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 15 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Mazkur fuqarolar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ulardan 15 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida 42 ta korxonadagi 48 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.
Joriy yilning oktyabr oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali Qarshi tumonidada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 22 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 22 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tushuntirilib, kelgusida takrorlamasliklari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bitta. U ham bo‘lsa tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish, ularni muammosiz faoliyat olib borishlariga amaliy yordam berishdan iboratdir.
Otabek Badalov, Qarshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i