Kartografiya miloddan avvalgi milodiy davrlarda.
Kartografiya yunoncha (kharto — xarita, grapho — chizmoq) — xaritagrafik asarlarni oʻrganish, yaratish va foydalanish bilan shugʻullanuvchi fan.
Kartografiya tarixi qadimgi davrlardan mavjud bo’lib. Uning dastlabki tipik ko’rinishi miloddan avvalgi 16500 yilga borib taqaladi. Bunda ya’ni osmodagi yulduzlar joylashuvining qadimgi insonlar tomonidan yerga chizilgan ko’rinishi aks ettirilgan.
Kartografiyaning fan sifatida rivojlanib borishida esa qadimgi yunon olimlari Anaksimandr, Erastofen, Apolloniy, Gipparxlarning o’rni beqiyosdir. Ular birinchilardan bo'lib tasvirlash asosida matematik usullarni qo’llab, meridian va parallel to’rlardan foydalanishgan.
Erastofen birinchi boʻlib xaritaga gradus toʻrlarini tushirib, yerning meridian aylanasi uzunligini hisoblagan.
Erastofen tuzgan dunyoning ilk xaritasi. (mil.av. III asr)
Anaksimandr tomonidan (mil. av. 610— 546 yillar) yerning ilk kartografik tasvirini yaratilgan.
Anaksimandr tuzgan dunyo xaritasi. (mil.av. VII asr)
Ptolemey karotografiya proyeksiyalarini yaratish usullari bayonini oʻz ichiga olgan 8 kitobdan iborat "Geografiyadan qoʻllanma" (qisqacha "Geografiya") asarini yozdi. U oʻsha davrda maʼlum boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib 90 dan ortiq xarita tuzdi va bizgacha yetib kelgan geografik xaritalarning eng birinchi sistemali toʻplamini yaratdi.
Klavdiy Ptolemey tuzgan dunyo xaritasi. ( milodiy II asr )