July 1, 2020

Samarqand viloyati Madaniy meros obyektlari jamlanmasi.

Samarqand viloyati madaniy meros obyektlari xaritalari jamlanmasi Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan 2016 yilda “O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi bilan hamkorlida ishlab chiqilgan.

Ushbu xaritalari jamlanmasida Samarqand viloyatida mavjud 966 ta arxeologiya, 286 ta arxitektura, 16 ta monumental sanʼat yodgorliklari y'ani Bulung‘ur tumanidagi 19 ta arxeologiya, 3 ta arxitektura, Ishtihon tumanidagi 47 ta arxeologiya, 10 ta arxitektura, Jomboy tumanidagi 36 ta arxeologiya, 5 ta arxitektura, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 32 ta arxeologiya, 54 ta arxitektura, Narpay tumanidagi 26 ta arxeologiya, 12 ta arxitektura, Nurobod tumanidagi 45 ta arxeologiya, 5 ta arxitektura, Oqdaryo tumanidagi 65 ta arxeologiya, 8 ta arxitektura, Pastdarg‘om tumanidagi 147 ta arxeologiya, 3 ta arxitektura, Paxtachi tumanidagi 30 ta arxeologiya, 9 ta arxitektura, Payariq tumanidagi 88 ta arxeologiya, 6 ta arxitektura, Qo‘shrabot tumanidagi 41 ta arxeologiya, 3 ta arxitektura, Samarqand tumanidagi 97 ta arxeologiya, 32 ta arxitektura, Toyloq tumanidagi 58 ta arxeologiya, 15 ta arxitektura, Urgut tumanidagi 233 ta arxeologiya, 58 ta arxitektura, Samarqand shahrida 2 ta arxeologiya, 63 ta arxitektura yodgorliklari jami 1268 ta madaniy meros obyetlarining joylashuvi aks etgan.

Samarqand viloyati madaniy meros obyektlari xaritalari jamlanmasida nafaqat madaniy meros obyektlarining joylashuvi balki eng e’tiborga sazovor bo’lgan obyektlarning fotosuratlari va ular to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan.

Madaniy meros obyektlari xaritalari jamlanmasi xududlardagi madaniy meros obyektlarining joylashuvi va ular to’g'risidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi.