June 16, 2020

Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni

17-iyun qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni

1995-yil 30-yanvardagi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan (A-RES / 49/114-sonli qaror) taʼsis etilgan Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni, har yili 17 iyun kuni nishonlanadi. Bayram kuni 1994-yil 17-iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining cho‘llanishga qarshi kurash konventsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan tanlandi.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi 2010 yilning yanvar oyidan 2020 yilgacha bo'lgan davrni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'l va Cho'llanishga qarshi kurash o'n yilligi deb e'lon qildi. Uning maqsadi quruq erlarni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko'maklashishdan iborat (2007 yil 62/195-sonli rezolyutsiya).

Jahon Resurslari Institutining «Akveduk tizimidagi suv xavfi atlasi» («ASXA») tomonidan e`lon qilingan hisobotga ko'ra, dunyo aholisining qariyb chorak qismi istiqomat qiluvchi
17 mamlakatda o'tkir darajadagi suv tanqisligi qayd etilgan, suv kranlari qurib qolganda bu yerdagi aholi «kunlik nol» sharoitida yashashga majbur bo'lmoqda.

Butun dunyoda global muommolardan biri bo'lib turgan qurg'oqchilikni oldini olish maqsadida har yili cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash bo'yicha "Cho'lning go'zalligi - cho'llanish muammosi", "Cho'llashish va iqlim o'zgarishi - yagona global muammodir", "Yer va suv resurslarini saqlab qolish - Umumiy kelajagimizni himoya qilish", "Tuproq unumdorligini oshirish orqali hayot sifatini yaxshilash", " "Kelajagimiz qurib qolmasin", "Oziq-ovqat yo'q", "Tuproq salomatligiga investitsiya qilish", " Tuproq tanazzulining oldini olish mavzulariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkaziladi.