April 28, 2022

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Bugun 28-aprel kuni Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryoviloyati hududiy boshqarmasi boshchiligida “Madaniyat markazi”da soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridiks haxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida Sayyor qabul bolib otdi. Unda 70 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul ishtirokchilariga viloyatda shu jumladan, tumanda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniya, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmi, sifati va narxi kabi masalalar yuzasidan  fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va mobil aloqa sifati yaxshilash yuzasidan  kelib tushgan 3ta murojaatni joyida o‘rganish maqsadida,  Qashqadaryo EMMX xodimlariga  radiomonitoring o‘lchov ishlarini amalga oshirish topshirig‘i berildi.