👨💻Yetuk malakali kadrlar va elektron taʼlim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda
📌Joriy yilning 6 aprel kuni Qarshi shahridagi Karshi IT-Technopark binosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali bitiruvchi bosqich talabalari bandligini taʼminlash maqsadida, “Umumtaʼlim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan taʼminlash va elektron taʼlim resurslarini joriy etish” mavzusida davra suhbati va “Bo’sh ish o’rinlar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK, “IT-Park” Qashqadaryo viloyati filiali, TATU Qarshi filiali, Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda filial bitiruvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida “IT-Park” Qashqadaryo viloyati filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamda Qarshi Davlat Universiteti huzuridagi Koson Agrotexnologiyalar texnikumi bilan o’zaro hamkorli Memorandumi imzolandi.
☑️Shundan so‘ng, xalq taʼlimi bo‘limi masʼul xodimlari umumtaʼlim maktablaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan talaba-yoshlarni tanishtirdi.
👉 fb.com/Kashmitc
👉 instagram.com/kashkadarya_mitc
👉teletype.in/@kashmitcuz