Ko'kdala tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Raqamli texnologiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy sho'basi va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boyicha davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy sho'basi rahbarlari tomonidan hamkorlikda 2023 yil 1 avgust kuni navbatdagi sayyor qabul viloyatning Ko'kdala tumanida o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabulda viloyatdagi soha korxonalari va mobil aloqa operatorlari rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholi vakillaridan mobil aloqa va Internet qamrovini kengaytirishga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushdi hamda bir qator murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qabul kunida tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi, shuningdek, qolgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilishi hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi alohida nazoratga olindi.
fb.com/Kashmitc
instagram.com/kashkadarya_mitc
teletype.in/@kashmitcuz