September 19, 2022

Tuman(shahar) hokimliklari bilan axborot texnologiyalari yo'nalishida hamkorlik kengaytirilmoqda

O’zbekston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 avgustda “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357 sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatini axborot texnologiyalari yo’nalishi bo’yicha Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va “IT-Park” MCHJ Qarshi filiali mas’ul rahbar hodimlari tomonidan Qamashi, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’ va Shahrisabz tuman hokimliklariga axborot texnologiyalari yo'nalishida tadbirkorlikni rivojlantirish va ko'paytirish, raqamli ta'limni rivojlantirish, davlat va xo'jalik boshqaruv organlaridagi hodimlar malakasini oshirish hamda tuman(shahar)larda Loyiha menejeri lavozimini joriy etish bo'yicha qator masalalar yuzasidan kelishib olindi.

📸Rasmda: Yakkabog’ tuman hokimi Abdullayev Lutfiddin Djurayevich va Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va
“IT-Park” MCHJ Qarshi filiali mas’ul rahbar hodimlari