March 16, 2022

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomini taʼminlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Mazkur o‘quv-amaliy seminar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga qatʼiy rioya etish va shaxsiy masʼuliyatni yanada oshirgan holda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tashkil etildi.

Seminarda Viloyat Adliya boshqarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlig Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tegishli masʼullar tomonidan Prezidentning PQ-5132-sonli Qarori va hukumat topshiriqlarini rasmiylashtirish hamda ularning ijrosini tashkil etishda AKTdan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.