September 15, 2022

Jizzax viloyati bilan hamkorlik

Joriy yilning 9 sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hodimi xizmati safari Jizzax viloyatida bo’ldi. Xizmat safari davomida Vazirlikning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “IT-Park” Jizzax viloyati filiali faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda bir nechta rezidentlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi jumladan “Codevision”, “Alitech Website Solutions” va boshqalar. Tashkil etilgan BPO kompaniyalari yaqindan hamkorlik qilish va Qashqadaryo viloyatida ham BPO kompaniya faoliyatini yo’lga qo’yish yuzasidan “IT-Park” Jizzax viloyati filiali rahbariyati bilan suhbatlashildi.Uchrashuv yakunida Jizzax viloyati va Qashqadaryo viloyati o’zaro axborot texnologiyalari sohasi doirasida tajriba almashishga kelishib olindi.