May 27, 2022

Raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti zamonaviy infratuzilmaning asosi – optik tolali aloqa liniyalari orqali bugun mamlakatimizning chekka tumanlaridagi olis qishloq hududlarida ham aks etmoqda.

Buning uchun “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan respublika bo‘ylab aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, kompaniyaning Qashqadaryo filiali Nishon Telekommunikasiya bog'lamasi mutaxassislari tomonidan 2022-yilda viloyatning Nishon tumaniga qarashli bir qancha olis xususan, Jalajin, Paxtazor, Paxtaobod, Samarqand, Ozod hamda Janub mash'ali hududlariga 20 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa kabellari tortildi.

Shuningdek, joriy yil boshidan ayni paytga qadar viloyat bo‘ylab aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi 1050 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan.