"O'zbekiston Pochtasi"AJ Qashqadaryo viloyati filialiga pochta hizmat mashinalari topshirildi
Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-sonli qarori tasdiqlangan.
Tasdiklangan “Yo‘l xarita”siga asosan mahalliy hokimiyat organlari va «O‘zbekiston Pochtasi» AJ oldiga qo‘yidagi, jumladan:
- pochta binolarini qayta qurish va taʼmirlash hamda ulardan unumli foydalanish.
- telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash.
- pochta aloqasi bog‘lamasini moliyaviy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda pochta xizmatlarini ko‘rsatish.
- yangi ish o‘rinlarini yaratish va pochta aloqasi mutaxassislarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Bugungi kunda viloyatdagi barcha aholi maskanlari mavjud 14 ta pochta aloqa bog‘lamasi va 182 ta pochta aloqa bo‘limlari orqali pochta aloqa xizmatlari bilan qamrab olingan.
Pochta xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash, aholiga yaqinlashtirish maqsadida joriy yil Kasbi tuman pochta aloqasi bog‘lamasiga qarashli Mustaqillik, Pandiron hamda Jizza aloqa bo‘limlari va Kitob TPABga qarashli Narimon, Kitob-3 va Surum aloqa bo‘limlari, Shahrisabz TPABga qarashli Guliston, Tanxoz va Bobur aloqa bo‘limlari faoliyati qayta tiklandi.
106 ta pochta aloqasi obyektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda elektron davlat xizmatlari va AT “Aloqabank” bilan hamkorlikda PaySys to‘lov tizimi orqali autsorsing asosida bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Pochta jo‘natmalari va davriy matbuot nashrlarini hamda kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berishni takomillashtirish, “bog‘lama-mijoz” sxemasi asosida pochta jo‘natmalarini olib manzilgacha yetkazib berish amaliyotini joriy etish maqsadida, viloyat filiali 20 ta elektroskuter, 16 ta veloseped, 70 ta mobil qurilma, 180 ta kompyuter jamlanmalari, 170 ta 3x1 MFU printer, 7 ta yengil avtomobillari va mebel jihozlari bilan taʼminlandi.
Pochta aloqa obyektlarida amaldagi pochta aloqasi anʼanaviy xizmatlari, bank, moliya, davlat va elektron tijorat xizmatlari bo‘yicha 489 nafar xodimlarning malakasi oshirildi hamda viloyatdagi barcha pochta aloqasi bog‘lamalarida pochta yetkazib berishni tezlashtirish va ishlov berish jarayonida qo‘l mehnatini qisqartirish maqsadida “Gibrid pochta” xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi.