Qarshi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boyicha davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiyasi rahbarlari tomonidan hamkorlikda 2022 yil 9 noyabr kuni navbatdagi sayyor qabul viloyatning Qarshi tumanida o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabulda viloyatdagi soha korxonalari va mobil aloqa operatorlari rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholi vakillaridan mobil aloqa va Internet qamrovini kengaytirishga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushdi hamda bir qator murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qabul kunida tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi, shuningdek, qolgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilishi hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi alohida nazoratga olindi.
fb.com/Kashmitc
instagram.com/kashkadarya_mitc
teletype.in/@kashmitcuz