November 18, 2022

Muqaddasdir vatan bayrog'i

#Davlat_ramzi

Bugun davlatimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biri. 18-noyabr Mustaqil va erkinligimizning ramzi bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kundir.

Joriy yilning 17 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan soha tashkiloti vakillari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, “O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasi bilan hamkorlikda "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida targ'ibot ishlari olib borildi.