September 5, 2022

Axborot texnologiyasi sohasi doirasida faoliyat olib borayotgan yosh tadbirkor bilan tanishuv

Joriy yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Aripov tomonidan yosh tadbirkor Saidahmadov Saidmahmud tomonidan tashkil etilgan “Modern school academy” faoliyati bilan tanishildi. Ushbu o’quv markaz faoliyati bilan tanishish jarayonida markazning Mobil dasturlash yo’nalishi bo’yicha o’quvchisi Tirkashev Og’abek bir qancha ijtimoiy va interaktiv turdagi mobil ilovalarini taqdimot qildii. Bundan tashqari asli Qashdaryolik va ushbu markaz hamkori sifatida faoliyat olib borayotgan dasturchi tomonidan jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ishlanmalarni taqdimot qildi( Hozirgi kunda Rossiya federatsiyasida Dasturchi sifatida faoliyat yuritadi).Uchrashuv so'ngida yosh tadbirkor bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda viloyatni raqamlashtirish bo'yicha bir qancha loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi.