February 1, 2022

Mark Menson "Beparvolikning nozik san'ati" asari

"Mashaqqat va omadsizliklar insonni chiniqtirish, muvaffaqiyatli qilish uchun zarur va foydaliligi kunday ravshanlashdi".

Mark Menson "Beparvolikning nozik san'ati" asari

Assalomu aleykum Azizlar! Sizlarga bir kitob haqida gapirib beraman. Sizlarga gapirib beradigan kitobim "Beparvolikning nozik san'ati".
Asar haqiqatdan ham ajoyib. Mark Menson bu asarida insonga har doim ham omadli va alohida hislatli ekanligini tinimsiz uqtirishning oqibatlari, biz aslida qanchalik noto'g'ri o'ylaganimizni ochib beradi.
Asar to'liq beparvolik haqida. Xo'sh beparvolik o'zi nima? Biz beparvolikni haqiqatdan o'z ma'nosida tushunamizmi? Mana shu savollarga muallif keltirgan javoblarni keltirib o'tmoqchiman:
• Beparvo odam deganda ko'pchilik hayotdagi g'ala - g'ovurlarni pisand qilmaydigan sokin insonni tasavvur qiladi. Ularning ko'z o'ngida tepsa - tebranmas, dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydigan odam gavdalanadi.
• Beparvolik befarq bo'lishni anglatmaydi. Bu o'zgacha bo'lishdan qanoat hosil qilishni ifodalaydi.
• Befarqlikda hech qanday fazilat yoki yaxshiligi yo'q. Befarq insonlar nekbinlikdan yiroq, tushkun yaratiqdir.

Asarda diqqatimni tortgan yana bir gapni keltirsam:
• Maqsad muammodan qochish emas, o'zingizga yoqadigan muammoni topishdir.

Bir jihatni aytib o'tsam... Bugun do'stining eng so'nggi rusumli telefon ushlashi-yu, sevgilisi unga har kuni gul olib keladigan dugonasining munosabatlari yoki otasi tug'ilgan kuniga eng so'nggi rusumdagi mashina sovg'a qilgan do'stining tug'ilgan kunida o'tirib unga havasi kelib siqiladigan dunyoda yashaymiz. Axir ko'zingizni ochsangiz sizdan boshqa hamma baxtiyor. Instagram, Telegram tarmoqlarida o'zining qanchalik baxtiyor ekanini maqtanayotganlarning sur'atlari ostida qolib ketsangiz o'zingizni boshqa qanday ham his qila olardingiz. Ammo ishoning "Siz o'zgacha emassiz" - xuddi o'zini hayotidan mamnun ko'rsatayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda erining unga e'tibori haqida tinmay "Story" olayotganlar kabi.
Haqiqiy baxtiyor inson o'zining baxtligi haqida gapirmaydi. Chunki unda o'zining baxtliligini aytish uchun vaqtning o'zi yo'q. Shunday ekan hozir oramizda muammosi yo'q insonlar yo'q... Shunchaki yaxshi muommosi ko'p insonlar bor...
Ajoyib asar, O'qing!

"Hayot shunaqa. Hech narsani aniq bilmayman, deb qo'l qovushtirib o'tirish yaramaydi. Butun hayot davomida shunday. U hech qachon o'zgarmaydi. Hattoki baxtli bo'lsangiz ham. Hattoki qo'rsangiz ham... Bu haqida unitmang va bundan qo'rqmang".

Mark Menson "Beparvolikning nozik san'ati"

Ablayeva Laylo
SamDu Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti O‘zbek tili va adabiyot yo'nalishi talabasi