February 1, 2022

Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasi

Assalomu alaykum ! Qadrli, qalbi kitobga oshno zamodosh. Mening sizga ilnmoqchi bo'lganim, men uchun barcha nodir asarlar ichira eng qadrlisi, hatto kitob o'qiyotib meni yig'lashga majbur qilgan kuch -- bu sevimli yozuvchim Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasidir. Bu hikoyani diqqat va mehr bilan o'qigan inson o'zini xuddi shu hikoyaning ichiga tushib qolganday his qiladi.
Voqea shunday bo'ladi.
Saodat aya beva bo'lib, uning ikkita qizi, Dilbar, Qumri va Abdumalik Bo'rixon ismli o'g'llri bo'lib lekin farzandlaridan ham yaqin bo'lgan Qorako'z majnun laqabli olapari bo'ladi. Saodat aya farzandlarini katta qilaman deb hayotda ko'p siqilgan ammo buning evaziga farzandlardan mehr ko'rmagan ayol.
Aya betob bo'lib kasalxonada bir oy yotgan paytida Qorako'z kasalxona oldidan jilmay sovuq izg'irinda Saodat ayani tuzalib chiqishini kutib yotadi. Farzandlari esa haftasiga bir borganmi-yo'qmi. Ayaning Bo'rixon ismli o'g'li Rus davlatiga ketib o'sha yerda rus qizga uylanb xristian dinini qabul qilgan, qizi Qumrining esa haligacha baxti ochilmagan edi. Saodat aya o'g'li Bo'rixonni bag'riga, vataniga qaytib kelishini intizorlik bilan kutar edi. Har zamonda siqilgan kezlari turmushga chiqib ketgan qizi Dilbarnikiga mehmonga borar ammo qizinikida yotib qolmasdi chunki ayaning jon yo'ldoshi va do'sti bo'lmish Qorako'z ko'chada yotardi. Dilbarni uyi to'rtinchi qavatda edi. Saodat aya qizi Dilbarga Qorako'zni hech bo'lmaganda koridorga kiritishini so'rardi ammo qizi qarshilik qilar aya esa hafa bo'lib uyimga ketaman deb yo'lga otlanardi. Saodat aya Qorako'zga majnun deb laqab qo'yganinig sababi Qorako'z yo'lda ketayotib goh u yoqqa, goh bu yoqqa ketib qolaverar va daydib-daydib qaytib kelardi aya esa uni rossa urishardi "sang'imay o'l", "majnun" , "qaylarda eding" degan so'zlar bilan.
Qizi Dilbarnikidan qaytib kelayotib uyiga kirsa, yillar davomida orziqib kutgan o'g'li Bo'rixon qaytib kelgan bo'ladi. Saodat aya quvonib ketib Bo'rixonni bag'riga bosadi, quvonadi. Ertasi kuni tongda Saodat aya Bo'rixonni cho'qinib turganini ko'rib qoladi o'g'li xristian dinini qabul qilganini bilib qoladi natijada kasal bo'lib yotib qoladi va vafot etadi. Qorako'z ayaning vafotidan qattiq siqiladi, uni har joydan qidiradi ammo topa olmaydi. Saodat aya bilan yurgan yo'llarini axtaradi va Dilbarnikiga ketgan bo'lsa kerak deb o'ylab o'sha yoqqa qarab ketadi. Borib to'rtinchi qavatga termulib yotadi birozdan so'ng balkonidan Saodat ayaning ovozi tarala boshlaydi "daydimay o'l majnun", "qayerlarda eding", "qachon aqling kiradi" bu ovozni eshitgan Qorako'z ayani topganidan xursad bo'lib dumini likkillatib tinimsiz hura boshlaydi ko'p qavatli uyda yashovchi qo'shnilar bu qutirgan it bo'lsa kerak deb ovozini o'chirish uchun Qorako'zni otib tashlashadi. Qorako'z esa Saodat ayani ovozini eshitgancha shu yerda jon beradi. Saodat ayani ovozini nevaralari, buvisi ularnikiga mehmonga kelgan paytlarida magnitafonga yozib olishgan edi.
Azizlar bu dunyoda hammamiz g'animatmiz. Ota-onalarimiz ulug' zotdirlar ularni vaqtida qadriga yetish bizning burchimizdir. Oddiygina olaparning sadoqati va mehridan insonlar o'rnak olsa arziydi Xulosa o'zingizdan.

Raximova Muhayyo
Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi