January 26, 2022

O`TKIR HOSHIMOV “IKKI ESHIK ORASI” ASARI.

Asar voqealariga qaraydigan bo`lsak,urush maydonlaridan urushdan necha kilometr uzoqdagi insonlari taqdiri tasvirlangan.Inson hayotga bir marotaba keladi.Shu hayotini qanday o`tkazishi o`z qo`lidadir.Voqealardagi turli vaziyatlarda ishtirok etarkansiz,qahramon bilan hayajonga to`lasiz yo bo`lmasa ma`noda muallif aytganidek ikkita eng holis va beshafqat hakam-kitobxon va vaqt sinovidan o`tgan haqiqiy asardir.O‘zbek mentalitetini ochib bera olgan, insoniy qarashlarga, mehr madaniyatiga ega bo‘lgan oliyjanob o‘zbek xalqining turmush tarzini, nasriy chizgilar bilan ko‘z oldimizda jonlanishiga sabab bo‘lgan asar. Asarda to‘qqiz qahramonning tilidan yozuvchi davr qiyinchiliklarini yengib o‘tayotgan xalqning o‘tmishini, provardida urushni qoralab yorita oladi. Asar so‘ngidagi baxtsiz tasodif tufayli, sut bir akasini yaxshi ko‘rib xato qilib qo‘ygan qiz taqdiri. O‘z sevgisini jilovlay olmagan yigitning, o‘z singlisini yoqtirishi tasvirlanadi. Ikki yosh to‘ydan avval gunoh qilib qo‘yishgani, va bu gunohning badali og‘ir bo‘lishini bilishmas edilar. Lekin baribir bosh aybdor urush bo‘lgani bilan, ikkinchisi ularning shoshqoloqliklari edi.Asar so‘ngida qahramonlar ikki eshik orasida qolib ketishadi. Uylanmaslikka iloj yo‘q, uylanay desa sut bir singlisi… Ikki eshik orasi.Ummuman har bir taqdir, bir qahramonni shu eshiklar orasida bo‘ladigan taqdiri.Kirishdan chiqishgacha bosajak yo‘li va o‘sha yo‘ldagi umri…Muzaffar menda bebosh qahramon tassurotini qoldirgan. To‘g‘ri yoqimtoy, lekin bezori. Munavvar esa taqdir Muzaffarga yo‘liqtirgan qiz sifatida tassurot qoldirdi. Asarda menga eng yoqqan qahramonlar Kimsan va Ochilboy edi O‘z ahdiga sobit qolib, qahramonlarcha halok bo‘lishganlari,(Albatta halok bo‘lishganlari yoqmadi.) va sof o‘zbek yigitlarining ahdi, shijoati va muhabbatini yoqtirdim. O‘zbek onasi obrazida, Qora amma va Robiyani ko‘rdim. Ular o‘zbek ayoli nomiga munosib insonlar bo‘lib xotiramda qoldi. Umar Zakunchi va Raʼnolar bir birlariga munosib qilib yaratildi. Zakunchi shu ayolga ilakishib o‘z amalidan judo bo‘lgan bo‘lsa, Raʼno ahdga xiyonati tufayli, zolim erning qo‘lida umr kechirdi.Orif oqsoqqol va Duma chol,Orifboy, Komil tabib, Lazakat xola, Fotima Zuhra kelinlar, Xolposh xola… Umumman asar qahramonlari har biri qahramonlarga o‘zgacha konstrast berib turibdi. Shomurot esa urushdan bitmagan yaralarini tan va qalbda ko‘tarib yurgan yagona tirik qahramon…Ikki eshik orasini ikkinchi bor o‘qishim. O‘tkir Hoshimov asarlari o‘zbekona lutfga burkanganligi va insonni tarbiyalay olish kabi qudratga ega bo‘lgan, asrlar oshishi mumkun bo‘lgan asarlardir. Asarni o‘qigach o‘z taningizda bir o‘ylab ko‘ring. Urish bo‘lmagan zamonda ikki eshik orasida biz umrimizga qanday dasxat yozib ketmoqdamiz….Men shuni bildimki,inson umrini qanday o`tkazishi o`z qo`lida ekanligini.Hayot bir marta beriladi,qanday yashash o`z qo`limizda.Xulosa qilib aytganda,insonlar bir biriga mehribon bo`lishiniz kerak.E`tibor berganmisiz ,har kuni ertalab quyosh kulib,charaqlab chiqadi.So`ngra quyosh kech kirib botishga kelganda ma`yus,so`nib botadi.Nega?O`ylashimcha,quyosh kun davomida dunyodagi razilliklarni,eng yomon ishlarni ko`rib qayg`urib so`nib qoladi.Shu sababli bu kitobni o`qib chiqishingizni tavasiya qilgan bo`lardim.Chunki,o`zligimizni yashab turgan hayotimizni qadruga yetishni o`rganardik deb o`ylayman .

Raximova Anajon Otabek qizi

Xorazm viloyati yuridik

texnikumning 1-bosqich talabasi