January 28, 2022

Gerbert Uelsning ''Doktor Moro oroli'' asari

'Menga men hali òqib ulgurmagan kitobni bergan inson men uchun qadrli dòstdir''

Abraham Linkoln

Qadrli kitobsevar dòstim,mabodo hali òqishga ulgurmagan bòlsangiz sizga fantastika qiroli bòlmish,ingliz adibi Gerbert Uelsning ''Doktor Moro oroli'' asarini tavsiya etmoqchiman.

Ushbu kitobda, noma'lum orolda, ''ilm-fanga mukkasidan ketgan'' doktor Moroning ģayri-ilmiy, jirkanch tajribalari qanday qilib uning boshiga falokatlar keltirgani òz aksini topgan.

''Doktor Moro oroli'' asarining bosh qahramoni kema halokatidan omon qolgan, biolog Eduard Prendik bòlib, asar boshidan oxirigacha uning tilidan hikoya qilinadi.

Olloh Taolo butun borliqni, jamiki mavjudotni shunchalik mukammal yaratganki, uni òzgartirishga harakat qilish bu -be'manilik, Yaratganning xohishiga qarshi turishdan boshqa narsa emas. Tabiat qonuniyatlarini anglamaslik, anglaganda ham bunga kòr-kòrona qarshi ish tutish, insonni turli fojialarga olib keladi. Mashhur fantast yozuvchining ushbu asarini òqiganingizda ana shu fikrga kelasiz. Shuhratparastlik, ilmiy qonuniyatlarni, axloqiy qadriyatlarni mensimaslik, mana man degan olimni ham yòldan ozdirishi hechgap emas. Òz sohasining taniqli mutaxassislaridan biri bòlgan Doktor Moro ana shunday fojiaga yuz tutadi. U hayvonlar ustida tadqiqot olib borib ulardan odam yaratmoqchi bòladi. Shu maqsad yòlidagi tajribalarni òta shafqatsizlarcha olib boradi. Turli hayvonlar a'zolarini bir-biridan kòchirib, birlashtirib, ularga dahshatli darajada azob bergan holda, odam yaratishga urinadi. Tabiatda har bir hayvonning yashash qonuniyatlari bor. Doktor Moro sirtlon bilab qoplonni, qashqir bilan tulkini, gòshtxòr hayvonlar bilan òtxòr hayvonlarni tana a'zolarini bir-biriga qorishtiradi. Tajribalaridan kòngli tòlmagan hollarda hayvonlarni vahshiylarcha yoqib yuboradi.

Doktor Moro maqsadi yòlida ba'zi natijalarga erishadi tòrt oyoqli hayvondan ikki oyoqli, yura oladigan maxluq yaratishga muvaffaq bòladi. Masalan: sirtlon bilan qoplon qorishmasidan hosil qilingan ikki oyoqli jonzot, Doktor Moro ularning tabiatiga xos bòlgan gòsht yeyishni ma'lum muddat taqiqlab qòyganiga qaramay yana aynib qon ta'mini tuya boshlaydi.

Xullas odam yaratish yòlidagi boshqa tajribalaridan ham hechnarsaga erishmaydi. Oxir oqibat, Doktor Moroning òzi, tajriba olib borgan hayvonlarining òljasiga aylanadi.

Asardan shunday xulosa anglashiladi, inoson tabiatga qarshi bormasligi kerak. Aks holda òzi fojiaga yuz tutadi.

Kitobxon dòstim, ''Doktor Moro oroli'' sarguzashtlardan iborat ilmiy-fantastik asargina bòlib qolmay, har bir insonni hayotda qanday maqsadlar uchun kurashish keragu, qimmatbaho umrini nimalarga sarf qilmaslik lozimligi haqida chuqur mushohadaga undaydigan asardir.

Òylaymanki bu kitobni òqigan kishi ketgan vaqtiga achinmaydi, adabiyot xazinasining yana bir durdonasidan bahramand bòladi.

Islomova Suģdiyona
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi