February 1, 2022

Said Ahmadning ,,Ufq,, trilogiyasi

Inson ufqqa tomon boqar ekan chuqur o'yga toladi. Xuddi unda bir olam ma'no bor go'yo. Said Ahmadning ,,Ufq,, trilogiyasi esa o'sha bir olam ma'noning bir bo'lagidir. Asarni o'qigan inson go'yoki o'sha olamning barcha xarakterini o'zida mujassam etadi. Men asarni o'qib shuni bildimki asar haqiqatdan ham o'sha davr insonlari tilidan yozilgan. Urushning shiddatli bo'roni, Katta Farg'ona kanalining qisqa muddatda qazilishi, bularning barchasi inson manaviyatidagi roli bilan ahamiyatli. Asarni o'qigan sari inson kechani va bugunni anglashga yanada chuqurroq izlanishga harakat qiladi. Kitobxon asarni xulosasiga qadar uning qahramonlari bilan birga yashaydi, birga muloqotda bo'ladi go'yo. Yozuvchi tomonidan asar kitobxonlarga juda tushunarli va ravon tarzda yetkazilgan. Asarni o'qigan inson nafaqat manaviyatini boyitadi, shu bilan birga ko'pgina malumotlarga ega bo'ladi, so'zlashish doirasi ham kengayadi. Uch qismdan iborat bu kitob (yani ,,Hijron kunlarida,, ,,45 kun,, ,,Ufq bo'sag'asida,,) o'zbek adabiyotida ham juda muhim o'rin olgan. Kitobsevar do'stlarimizga mashxur yozuvchimiz Said Ahmadning ,,Ufq,, trilogiyasini o'qishni tavsiya etaman.
Saydullayeva Vazira
Qashqadaryo viloyati yuridik xizmat 104-guruh