January 29, 2022

Gi De Mopassanning "Azizim" romani


Assalomu alaykum kitobsevar do'stlarim va tengdoshlarim. Men jaxon adabiyotidan ijtimoiy- maishiy realistik romanni yani Fransuz adibi Gi De Mopassan(Anri Rele Al ber Gi) qalamiga mansub 'Azizim' romanini sevib oqidim. Unda XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiyada yuz bergan voqealar tasvirlangan. Asarda osha davrda mansab, boylik uchun hech narsadan qaytmaydigan odamlarning qiyofasi tasvirlangan. Unda asosiy qaxramon qilib Jorj Dyurua ismli noshud qolidan hech vaqo kelmaydigan inson gavdalantirilgan. Ammo u shu holiga qaramasdan asilzodalar qatorida bolgisi kelar va buning uchun hech narsadan qaytmaydigan hozirgi uslubda aytsak, Egoist bir odam bolib romanda hayotlantirilgan. Men bu asarni oqib shu qadar ozimga kuch g'ayrat oldimki hatto asar ichida yashadim desam hato bolmaydi. Obraz haqida gapiradigan bolsam, Dyurua mo'ylovli kozlari otkir odam. U kambag'algina yashar hatto hammadan qarz bo'lib yurar uning ishlab topgan oyligini bir yilga hisoblasa bir yarim ming frank bolardi holos. U kochada ketayotgan kezida yonidan bir kibor otayotgandi. U tikilib qarab u Jazoirda birga hizmat qilgan dostini tanib qoldi.iyya bu Forestening ozikuuu dedi. Va quvonib yelkasiga qolini tuwurdi. Yigit orqasiga qarab hizmat afandim dedi. Dyurua kulib meni tanimadingmi dedi. Men osha Jorj Dyurua oltinchi gusar polkidan dedi. Foreste uni tanidi. Va ular uzoq suhbat qurishdi. Dyurua unga axvolini hayot tarzini sozladi. Foreste ham hozir yaxshi yashayotganini Fransuz gazetasida muhbirligini oila qurganini aytdi. Va Dyuruani ozining Uyiga taklif qildi. Unga ish topib berishini aytib ertaga boladigan ziyofatga taklif qildi. Dyurua shu zaylda dostining yonida ishlay boshladi. Hayotida ham qilib kormagan ishlarni, na bir narsaga yaraydigan tili endi butunlay so'zamon bolib Foreste buyurgan ishlarni bajarar edi. U ayollarga suyaksizroq edi. Forestening hotinining dugonasi De Marel honim bilan tanishib Oilali bolishiga qaramasdan unga jazman bolib qolgandi. Voqealar shu tarzda davom etdi. Shu orada Foreste kasal bolib o'pkasi chiqib ketgudek yotaladigan bolib qoldi. Ular oilasi bilan Kann qishlog'iga parijdan ancha issiqroq bolgan joyga kochib ketishdi. Dyurua shu qadar pastkash ediki hatto dostining hotiniga Foreste honimga koz olaytirishga ulgurgan edi. Uning esa taxririyatda lavozimi ko'tarilgandi. Uning boshlig'i uni Hurmat qilardi. Janob valter bilan ziyofatdan qaytayotganda nega unda doimo jiddiy bolib yurishini sorashga urindi Dyurua. Shunda unga men o'lim bilan yashayapman. Deb javob berdi. Va shu so'zlarni aytdi. Umr tog'. Men 30 yoshimda yosh edim. Hozirche meni 15 yildan beri o'lim taqib qilib kelmoqda. O'lim qahhordir. Yemoq ichmoq nafas olmoq orzu qilmoq bu o'limga bormoqdir. Yashamoqning asl manosi ham o'lmoqdir!
Bu sozlar meni etimni junjuktirdi. Lekin uning sozlari haqiqat edi. Bu hayotda mavqeizdan yashash tarzizdan qatiiy nazar baribir bir kuni o'lamiz va bu hayotni abadiyatga muhrlaymiz. Oradan oylar o'tib Foreste honimdan ko'k xat keldi. Hatda shunday yozilgandi. Forestening axvoli og'ir kelmasang bolmaydi. Manzil yozilgan. Dyurua ertasi kuniyoq Kannga jonab ketdi. Haqiqatdan ham Forestening axvoli og'ir edi. Va u bir kun o'tib jon berdi. O'likning boshida o'tirgan Dyurua va marhumning hotini kun yorishay deganda kozi ilinib ketdi. Dyurua xizmatkorning ovozidan cho'chib uyg'ondi Foreste xonim ham. Va o'likni ko'rib qo'rqib ketishdi. Unda tiriklikning alomati bor edi. Soqoli yuzini qamrab olgandi. Uni lahatga qo'ymay turib Dyurua bevani o'zi uchun xotin qilishini aytdi. Qanchalar yuzsizlik u shu gapni aytdi. Beva ham unga Parijga qaytganidan keyin javob berishini aytdi. Ular va nihoyat to'y qilishdi. Orsiz Dyurua bevani istagi bilan ismini ham o'zgartirdi. Dyu Rua de kantel. U o'zining ismiga tug'ulib o'sgan yerini nomini qo'ydi. U o'zini o'ylaydigan va unga uylangani uchun baxtiyor odam deb his qilardi. Men bu romanda ko'rgan eng ablah odam Dyurua bo'ldi. Nega u shu darajada hudbin deb o'yga tolasan kishi? Aziz o'quvchi do'stlarim bu asarda sizni teran fikrlashga undaydigan sizni qiziqtiradigan joylari juda ham ko'p.

Siz ham bir o'qib Dyurua o'zining ko'zlagan maqsadiga erisha oladimi yo'qmi bilib oling. Asarni o'qib o'zingiz hulosa qilasiz. Axir to'g'ri yo'lni bugundan qo'yishimiz kerak. Zero inson kelajak uchun bugundan poydevor qurishi kerak. Axir bizga bu kabi insofsizlik orsizlik yod tuwuncha emas. Har birimiz Hayotga o'z o'rnimizni to'g'ri yo'ldan qurishimiz kerak. Qadrli kitobxon do'stlarim!

G'anijonova Aziza Bahrom qizi
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi